Transport vosit
Download 0.99 Mb.
|
MAXSUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli savol
- Mavjud vaziyat
Muammoli savol: avtoservis nechta davrga bo’linadi va bu davrlar mazmunini tushintirib bering.
Mavjud vaziyat Avtomobillarga servis xizmati ko’rsatish avtomobilsozlik kompaniyalarning distribyuterlari yoki dilerlari tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, “Djeneral Motors Uzbekistan” (qisqacha “DJM Uz”) yopiq aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun “Kafolat siyosati va amallar bo’yicha Yo’riqnoma”sida distribyuterlar yoki to’g’ridan-to’g’ri “DJM Uz”ga bo’ysinuvchi dilerlar tomonidan bajariladi. Muammoli savol: avtomobillarga servis xizmati ko’rsatishda distribyuterlar yoki dillerlar uchun qanday asosiy ko’rsatmalar keltirilgan? Mavjud vaziyat Avtomobil zavodining kafolat majburiyatlari “Avtomobillarga kafolatli texnik xizmat ko’rsatish Nizomi”da va uning servis kitobchasida keltirilgan bo’lib, avtomobilning texnik soz holatini ta’minlash bo’yicha bajariladigan amallar majmuasidan iborat. Avtomobil zavodlari kafolatli texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlariga katta ahamiyat beradilar, chunki bu ularning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, dunyo bozoridagi mavqeyini belgilaydi. Kafolat davri avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan, oylarda yoki avtomobilning bosib o’tgan masofasi bilan belgilanadi. Misol uchun, “DJM Uz” avtomobillari uchun kafolat davri 12 oy yoki 20 ming km belgilanib, ulardan qaysi biri oldin tugasa, bunda kafolat davri tugagan hisoblanadi. Ammo kafolat davri avtomobil zavodidan jo’natilgan sanadan boshlab 18 oydan oshmasligi lozim. Muammoli savol: avtomobilsozlik zavodlari tomonidan avtomobillarni qaysi agregat va qismlariga kafolat beriladi va qaysilariga kafolat berilmaydi? Avtomobillarni qaysi agregat va qismlari avtomobillar ehtiyot qismlari sirasiga kirmaydi? Kafolat davrida avtomobilga nechta xizmat ko’rstaish turi o’tkaziladi va ular qaysilar? Kafolat davrida avtomobil ustida texnik servisda bajariladigan amllar. Mavjud vaziyat “DGM Uz” avtomobillari uchun kafolat davrida navbatdagi texnik xizmat ko’rsatish davriyligi me’yorda belgilangandan 250 kmdan yoki 7 kundan oshmasligi lozim. Kafolat davrida o’tkaziladigan texnik xizmat ko’rsatishning profilaktik ishlaridan tashqari agregat, tizim va uzellarni texnik holati ham tekshiriladi, uchragan nosozliklar bartaraf etiladi. Bu nosozliklarni bartaraf etish kafolatli ta’mirlash yo’li bilan bajariladi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan ekspluatatsiya qoidalari buzilmagan taqdirda kafolatli ta’mirlash zavod hisobidan, aks holda mijoz hisobidan amalga oshiriladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling