Transport vosit
Download 0.99 Mb.
|
MAXSUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli savol
- Mavjud vaziyat
Muammoli savol: avtomobillarga qaysi hollarda kafolat berilmaydi? Kafolatni buzilishiga nimalar sabab bo’ladi?
Mavjud vaziyat Avtomobillar servisida quyidagi me’yoriy hujjatlar mavjud: Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha qator davlat standartlari ishlab chiqilgan. O’zbekiston Respublikasining O’zDSt 1049:2003 standartida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha umumiy talablar keltirilgan. Ushbu standart avtomototransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha xizmat ko’rsatishga bo’lgan umumiy talablarni o’rnatadi, belgilangan muddatlarda va yetarli sifatli xizmatlarga foydalanishga, xizmatlar va ularni bajaruvchilar haqida ma’lumotlarni olishga foydalanuvchilarning huquqlarini o’rnatadi. Muammoli savol: Avtoservis tarmog’i bo’yicha ishlab chiqilgan qaysi Nizomlar asosida servis xizmati amalga oshirladi? Avtomobilsozlik kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda qo’llanilayotgan qanday me’yoriy hujjatlarni keltirish mumkin? Avtoservis korxonalari faoliyati bo’yicha qaysi me’yoriy hujjatlarni keltirish mumkin? Mavjud vaziyat Firma usulida xizmat ko’rsatish – bu avtomobil ishlab chiqaruvchi firmaning o’z avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdir. Har qaysi avtomobil ishlab chiqaruvchi firma yoki kompaniya o’z avtomobillarini sotish va ularga servis xizmati ko’rsatish uchun “Diler” yoki “Distribyutor” bilan savdo shartnomasi tuzadi. Amalda avtomobilsozlik kompaniyalari firma usulida xizmatni tashkil etishning bir yoki bir necha variantlardan iborat kombinatsiyalarni qo’llaydilar. Masalan, Frantsiyaning “Reno” firmasiga qarashli avtomobillarga firma usulida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda 13 ming atrofida “Dilerlar” faoliyat ko’rsatadi, Italiyaning “Fiat” kompaniyasida esa, ularning soni 11 mingni tashkil etadi. O’zbekistonda ham firma usulida xizmat ko’rsatish shakllangan va oxirgi vaqtda tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling