Transport vositalari muhandisligi


Moylarning asosiy xossalari


Download 50.24 Kb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi50.24 Kb.
#1770875
1   2   3   4
Bog'liq
MAQOLA ROSSIYA 2023 25-OKTABR

Moylarning asosiy xossalari.
Qovushqoqlik.Moylarning eng muxim xarakteristikalaridan biridir. Turli uzellarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni sovitish, zichlikni ta’minlash, oso‘ngina yurgizib yuborish qovushqoqlikka bog‘liqbo‘ladi. Moy qalamining mustaxkamligi ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (temperatura, bosim, sirtlarning o‘zaroharakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi bilan belgidanadi. Qovushqoqligi qancha yuqori bo‘lsa, moy pardasining ishonchliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi bilan moy qatlamlarining harakatga keltirish uchun kuch ko‘proq sarflanadi, ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortadi, quvvat esa kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori temperaturada suyuqlikli ishqalanishni ta’minlaydigan va qishda past temperaturada dvigatelni oson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega bo‘lishi kerak.Ishqalanish rejimlari moy pardasining mustaxkamliligiga qarab 3 xil bo‘ladi [6]:
-suyuqlikli ishqalanish rejimi - bunda detallar yeyilmaydichegaraviy rejim; bunda ishqalanuvchi detallar bir-birining juda yupqa moypardasi bilan ajratilgan bo‘ladi. Bu rejim beqaror bo‘lib, detallarni yemirilishiga olib keladi.quruq ishqalanish rejimi detallar yemiriladi.Moylarning temperatura ta’siriga chidamlilik hossalari.
Normalsharoitlardamineralmoylaruzoqmuddatoksidlanmaydi.Lekin 50-600C dan boshlab kislorod moydagi uglevodorodlar bilan reaksiyaga kirishadi, 130-150 0C temperaturada esa oksidlanish jarayoni juda keskin kechadi. Dvigatelning yuqori temperaturali zonalarida oksidlanish va termik parchalanish natijasida moylar tarkibida avval uchramagan kislotalar, smolalar, asfalt moddalari xosil bo‘ladi.
Moyning tashqi ko‘rinishi xiralashibgina qolmasdan, uning fizik- kimyoviy xosslari xam o‘zgaradi, natijada porshen va xalqalarida lak-qurum xosil bo‘lishiga olib keladi.Oksidlanish jarayoni boshlanishida moyda erigan xolatdagi birikmalar (smolalar, kislotalar) xosil bo‘ladi. Keyinchalik ular erimaydigan moddalarga aylanadi.Moyning oksidlanish maxsullari va iflosliklarini erimagan xolatda tutib, dvigatel detallarining kerakli tozaligini ta’minlash qobiliyati uning yuvish xosslari deb ataladi.Moy ko‘p fraksiyali suyuqlik bo‘lganligi sababli muayyan temperaturada suv kabi muzlamaydi, balki sekin-asta quyuqlashadi. Moyning harakatlanish qobiliyati yoqoladigan temperatura qotish temperaturasi deyiladi. Qotish temperaturasi moyning sifatini bildiruvchi muxim ko‘rsatkichhisoblanib. moy yurgizib yuborish hossalarini baholaydi.
Zararli omillarning moyga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab 2 xil rejim farq qiladi:

      • yuqori temperaturali (+130 - +1500S);

      • past temperaturali (+30 - +400S).

Moy baland temperaturali ish rejimida ishlatilganda silindrlar guruhiga mansub qismlarni qurum bosadi, koks (moydagi qattiq zarralar) va lak pardasi qoplaydi, lak pardasi yupqa va juda pishiq bo‘lib, porshen xalqalari zonasi va porshenning yo‘naltiruvchi yuzasini qoplab, porshen xalqalarining kuyib-qorayishiga sabab bo‘ladi.Moy past temperaturali rejimda xam yomon ishlaydi, chunki sovuq dvigatelda Yonilg‘ining yonish jarayoni yomonlashadi, chala yonish maxsullari (Yonilg‘ining og‘ir fraksiyalari) miqdori ko‘payadi. Suv bugi, kristalli birikmalar paydo bo‘ladi. Natijada moyning ifloslanishi tezlashadi, moyga aralashgan suv moydagi iflosliklarni quyulib, quyqa xolida cho‘kishiga imkon yaratadi [7] .
Moylarning yeyilishga va korrozion yeyilishga qarshi xossalari. Ishqalanuvchi sirtlarni yeyilishdan saqlash xar qanday moylash materialaining asosiy vazifalaridan biridir. Moylarning bu xossalari uning bir nechta sifat ko ‘rsatgichlari: moy pardasi, mustaxkamligi, qovushqoqligi, qovushqoqlik indeksi, obraziv mexanik aralashmalarning yo‘qligi bilan baxolanadi. Yeyilishni kamaytiruvchi prisadkalar sifatida: fosfor, oltingugurt , xlorli organik birikmalardan foydalaniladi. Ular 1500C temperaturagacha ishqalanish sirtida elektr kuchlari hisobiga mustaxkam parda xosil qiladi. Bu parda detal sirtini yeyilishining, tirnalishdan, qirilish va yemirilishdan saqlaydi. Korrozion yeyilish tezligiga kislotalar va suv katta tasirko‘rsatadi.
Qovushoqlik indeksi – qovushoqlikning temperaturaga qa-rab o‘zgarishini baholovchi ko‘rsatkich. U sinalayotgan moyni ikkita etalon moy bilan taqqoslab aniqlanadi. Etalon moylardan birining qovushoqligi temperatura ta’sirida eng kam, boshqasiniki esa eng ko‘p o‘zgaradigan bo‘ladi. Temperaturaga bog‘liq ravishda qovushoqlik qancha kam o‘zgarsa, qovushoqlik ko‘rsatkichi shuncha yuqoribo‘ladi.[8]
Kislota miqdori –moyning IED detallarini korroziyalashga moyilligi. U kislota soni bilan ifodalanadi. Kislota soni esa 1 kgmoynibatamom neytrallash uchun zarur bo‘lgan (ON) miqdoridan iborat bo‘ladi. Motor moylari tayyorlash uchun asos qilib olinadigan moylarning joiz eng katta kislota soni qatiy tarzda belgilab qoyiladi. Tayyor moylarda suvda eriydigan kislotalar bo‘lmasligi va ularning korroziyalash xususiyatlari qatiy cheklangan bo‘lishi kerak. IED ishlayo‘tganda yuqori harorat va havo kislorodi ta’sirida moyda kislotali birikmalar toplanib, uning agressivligini kuchaytiradi. Bujihatdan, oltingugurtli Yonilg‘ilarning oksidlanish mahsullari ta’siri ayniqsa nomaqbul hodisadir. Hosil bo‘lgan oltingugurtli birikmalar (ayniqsa nam ishtirokida) podshipnik qotishmalarining hamda tarkibida Cd, Zn, Su lar bo‘lgan boshqa materiallarning yemirilishiga sabab bo‘ladi. Mazkur moddalarning korroziyalash ta’sirining oldini olish maqsadida tayyor yangi moylar muayyan ishqor soni zapasi bilan yetkazib beriladi. Ishqor soni 1 g moyga to‘g‘ri keluvchi (ON) miqdorida (mg) ifodalanadi. Ishqor sonining joiz eng kichik miqdori standartlarda belgilab qo‘yiladi va maxsus qo‘shilmalar qo‘shish orqalita’minlanadi.[9]
Oksidlanishga qarshi turgunlik – temperatura va kislorod miqdori yuqori bo‘ladigan sharoitda moyning o‘zida erimaydi-gan yuqori molekulyar birikmalar hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyati. Hosil bo‘lgansmolalar, loklar, shlam va soxta IYoD ni ifloslantiradi, porshen halqalarining kuyi-shi va moy filtrlarining teshiklari berkilib qolishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun moylarga maxsus qo‘shilmalar qo‘shiladi .
Kul hosil kilish va kokslanuvchanlik – moyning yonishi natijasida yoki qizib turgan gazlarga tegishi natijasida qattiq cho‘kindilar hosil qilish xossasi. Maxsus qo‘shilmalar qo‘shilmagan yangi moyning kul hosil qilishi juda kam bo‘ladi va foizning mingdan bir ulushida olchanadi. Qovushoqroq moylarning mazkur xossasi yuqoriroq bo‘ladi. Qo‘shilmalar qoshilgan moylar ko‘p roq kul hosil qiladi. Moyda Yonilg‘ining parchalanish va oksidlanish mahsullari, chang hamda boshqa iflosliklartoplanishinatijasida uning kul hosil qilish va kokslanish darajasi ortadi. IYoD kul hosil qilish va koks-lanish darajasi yuqori bo‘lgan moyda ishlaganda yonish kamera-sida soxta hosil bo‘lib, u issiqlikning devorlarga o‘tishini buzadi, siqish darajasini oshiradi, klapanlar berkilishining zichligini kamaytiradi, porshen halqalari va gilzaning yeyi-lishini kuchaytiradi. Uchqundan ot oldiriladigan IYoD larda soxta detonatsiyaga, kalil alanganish sodir bo‘lishiga, normal ot olishning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Chaqnash temperaturasi – yuqori temperaturada moyning o‘z-o‘zidan alangalanishga moyilligi. Moyning u yoki bu navi uchun chaqnash temperaturasi uning buglanuvchanligi bilan uzviy bog-liq bo‘ladi, shuning uchun fraksion tarkibi o‘xshash bo‘lgan moylar uchun u moyning kuyindiga isrof bo‘lishga moyilligini ifodalaydi (garchi bu isroflar IYoD bilan bog‘liqbo‘lgan konstruktiv va texnologik omillar bilan belgilansada). Odatda, qovushoqligi lastroq moylarning fraksion tarkibi yengilroq bo‘lgani holda chaqnash temperaturasi ham pastroq bo‘ladi. Moyga uning qovushoqligini oshiruvchi va qovushoqlik-temperatura xarakteristikalarini yaxshilovchi quyultirgichlar qoshilganda odatda uning katta yuklanishda ishlovchi IYoD larda kuyindiga isrof bo‘lishi kamaymaydi va bu moy ushbu ko‘rsatkich jihatidan tabiiy qovushoqligi yuqoriroq bo‘lgan moydan orqadaqoladi.
Mexanik qo‘shilmalar organik (yonadigan) va noorganik (yon-maydigan) xillarga bo‘linadi. Yangi moylarda bunday qo‘shilmalar miqdori 0,0150/0 dan oshmasligi kerak, aks holda ular kul hosil bo‘lishini ko‘paytiradi, detallarning yeyilishini ku-chaytiradi, shlamlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Ishlatilgan gazlarda ularning miqdori 0,5 10/0 ga yetadi, buning asosiy (700/0 gacha) qismini organik mahsullar (koks, qurum va ho-kazo) tashkiletadi.

Download 50.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling