Transport vositalariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayonlarining ko’rsatkichlarini hisoblash
Detallarning tozalash sifatini tekshirish va
Download 228.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
1.2. Detallarning tozalash sifatini tekshirish va
ularni balansirovkalash Detallarni tozalash sifati qoldiq ifloslantiruvchilarning miqdori bilan xarakterlanadi. Uni aniqlash og’irlik, tashqi nazorat, lyuminesstent usullarida olib borilishi mumkin. Og’irlik usuli ifloslangan va toza detallarni (yoki namunani) massasini aniqlashdan iborat. Qoldiq ifloslantiruvchilar miqdori mg/sm 2 quyidagi ifodadan aniqlanadi: K=(M 1 -M 2 )/S, bunda M 1 va M 2 — detalning tozalashdan oldingi va keyingi massalari, mg; S— detal sirtining maydoni, sm 2 . Tashqi nazorat usulida detal sirtidagi qoldiq ifloslantiruvchilar shartli shkala yoki tozalash sifatini baholovchi (besh olti razryadli) shablon bilan solishtiriladi. Lyuminesstent usuli ultrabinafsha nurlar ta’sirida moyni yorig’lantirish (fluoresstirostastiya) xususiyatiga asoslangan. Nurlanuvchi dog’larnining o’lchamiga qarab sirtni ifloslanganligi to’g’risida mulohaza yuritish mumkin. Detallardagi qoldiq neft maxsulotlari bilan ifloslanganliklarini ulchash uchun PLKD-2 asbobidan foydalaniladi. Balansirovkani yuqori aylanish chastotasiga ega bo’lgan mexanizmlardan foydalanilganda detallarni va yig’ma birliklarni komplektlash jarayonida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Statik balansirovkalanmagan jisimning og’irlik markazi aylanish o’qiga nisbatan siljigan bo’ladi. Statik blansirovkalanmagan jisim o’qi bo’yicha erkin burilganda, u har doim muayyan holatda og’ir tomoni pastga yo’nalgan holatda to’xtaydi. Statik balansirovkalanmagan jisim aylanganda, unda muvozanatlashmagan markazdan qochma kuch hosil bo’ladi, uning qiymati quyidagi ifodadan aniqlanadi: R st =Qω 2 /g, N bunda Q — og’irlik kuchi, N; r — jisimning og’irlik markazini uning aylanish o’qiga nisbatan siljishi, m, ω- jisimning aylanish burchak tezligi, s -1 , g – erkin tushish tezlanishi, m/s 2 . Statik balansirovkalash uchun detal gorizontal prizmalarga yoki tayanchlaridagi ishqalanish qarshiligi kam bo’lgan roliklarga o’rnatiladi. Balansirovkalanmagan massa detalning og’ir tomonidan metall olish yoki qarama-qarshi engil tomonidan teshish yoki yuk osish bilan bartaraf etiladi. Detalni balansirovkalashning aniqligi u bilan prizmalar o’rtasidagi ishqalanish kuchiga bog’liq. Dinamik balansirovkalanmaganda jisimga L masofada bir-biriga nisbatan va aylanish o’qidan r masofada ikki birxil massaga ega bo’lgan yuk qo’yiladi. Ushbu holda jisim statik bansirovkalangan bo’lib, ammo aylanish paytida juft kuchlardan muvozanatlashtirilmagan moment hosil bo’ladi, ya’ni M =Qω 2 L/g, Nm bunda L-juft kuchlarning elkasi, m. Dinamik balansirovkani odatda turli sxemadagi maxsus stendlarda olib boriladi. Ularda biri dumalovchi tayanchli stenddir. Agar massa statik bansirovkalangandan so’ng yuk bilan muvozanatlashtirilganda, u aylanganda aylantiruvchi markazdan qochma kuch hosil bo’ladi. Buning natijasida val va uning tangchlari qo’shimcha yuklanish qabul qiladi, bu esa ishlayotgan mashinani tebranishiga olib keladi. Ko’rib chiqilgan misolda ikki t 1 = t 2 bo’lgan massalar qo’yilishi lozim, ular aylanganda F 1 L momentga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi r 1 l momentini hosil qiladi va uni muvozanatlashtiradi: r 1 l = F 1 L . (6.15) Dinamik balansirovkalashda detal mashinaning maxsus tayanchlarga joylashtiriladi, ular detallarr aylanganda muvozanalashtirilmagan kuch ta’sirida tebranadi. Tayanchlarning tebranish amplitudasi hosil bo’ladigan makazdan qochma inerstiya kuchlarining va ularning momentlarini miqdorini ko’rsatadi. Bunda detal statik muvozatnatlashtirlgandek metallni olib tashlash, teshish plastinalar qo’yish, eritib qoplash bilan muvozanatlashtiriladi. Dinamik muvozanatsizlikning sabablari: ilashish muftasi va tirsakli val tanlanganda ularning o’qdosh emasligi; dvigatel shatunlar komplekti pastgi kallak massalarida katta miqdorda farq qilishi; dvigatelning issiqlik holatini buzilishi. Download 228.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling