Transport vositalariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash jarayonlarining ko’rsatkichlarini hisoblash
TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH JARAYONLARINING
Download 228.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH JARAYONLARINING KO’RSATKICHLARINI HISOBLASH 1.1. Servis korxonasida bajariladigan texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash jarayonining ish hajmi Texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash jarayonining ish hajmi mashina - traktor pakida foydalaniladigan mashinalar bo’yicha berilgan dastlabki ma’lumotlarga asoslanib traktorlarning o’rtacha tortish sinfi, avtomobillarni o’rtacha yuk ko’taruvchanligi, kombaynlarning o’rtacha ish unumi aniqlanadi. Ushbu jarayon mashina - traktor pakida traktorlar misolida quyidagi ketma- ketlikda aniqlanadi: 3 2 1 3 3 2 2 1 1 N N N P N P N Р N P т т т т kN. Hisoblangan o’rtacha tortish tortish kuchiga yaqin bo’lgan traktor tanlanadi. Keyingi hisoblar esa tanlangan traktor ko’rsatgichlari bo’yicha olib boriladi. Traktorning texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash davriyligi traktor parkining yangilik darajasiga, ulardan foydalanish iqlim sharoitiga bog’liq. Traktorlardan foydalanish ko’rsatmasiga muvofiq ularning texnik xizmat ko’rsatish davriyligi: TXK-1 da 125 moto-soatni, TXK-2 da 500 moto-soatni, TXK-3 da 1000 moto-soatni va joriy ta’mirlashda esa 1920 moto-soatni tashkil qiladi. Kapital ta’mirlashda davriyligi traktorning konstruktiv xusiyatlariga asoslanib me’yoriy hujjatlardan aniqlanadi. Traktor parkining yangilik darajasiga, ulardan foydalanish iqlim sharoitiga bog’liq bo’lgan holda texnik xizmat ko’rsatish va t’mirlash davriyligi quyidagi formuladan aniqlanadi: iТТХК i i П К К П Bunda K-mashinaning texnik holatini hisobga oluvchi koeffistient, agar mashinadan kapital ta’mirlashdan so’ng foydalanilayotgan bo’lsa K=0,9 (Yangi va kapital ta’mirlashdan o’tmagan mashinalar uchun K=1); K i -ishlatishdagi iqlim sharoitini hisobga oluvchi koeffistient, issiq iqlim sharoiti uchun K i =0,95; P iTXKT -ko’zda tutilgan TXK va ta’mirlashning davriyligi. Hisoblangan TXK va ta’mirlash davriyliklari bir-birlariga nisbatan karali qilib yaxlitlanadi. Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash davriyligini bo’yicha hisoblangan ma’lumotlarga asoslanib mashinaning oxirgi TXK va ta’mirlashdan keyingi ishlagan soatlari aniqlanadi. Rejalashtirilayotgan yilga har bir kapital ta’mirlashdan o’tgan va o’tmagan mashinalar uchun TXK va ta’mirlashlar sonini aniqlanadi, bunda mashinaning bir yillik ishlagan vaqti korxonaning mashinadan foydalanish vaqtidan aniqlanadi. Mashinaga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun mehnat sarfi quyidagi ifodadan aniqlanadi: T TXK,t =N TXK,t t TXK,t , bunda N TXK,t - texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarining yillik soni; t TXK,t - bir mashinaga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini uchun sarflangan mehnat sarfi me’yori, ishchi- soat. Traktoriga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash uchun mehnat sarfi me’yori ko’rsatma ma’lumotlaridan olinadi. Servis xizmat ko’rsatish ustaxonalari odatda TXK va JT dan tashqari o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish ishlarini va asosiy ishlab chiqarishning buyurtmalarini ham bajaradi. Bunday ishlar TXK va JT ishlari hajmining 16-24% ni tashkil qiladi. Joriy ta’mirlashdagi ushbu mehnat sarfi qo’shimcha ravishda quyidagi ishlarni bajarishga sarflanadi, jumladan elektrotexnik ishlari uchun 25%; mexanik (dastgohda bajariladigan) ishlar 10%; chilangarlik (agregat) 30%; temirchilik 2%; payvandlash 15%; tunkachilik 8%; durodgorlik 10%. Download 228.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling