I. AVTOMOBILNI LOYIHALASH ASO SLAM
Yangi avtomobil yaratish - murakkab va ko‘p
qirrali jarayon
bo‘lib, unda konstruktor va texnologlarning ijodiy ishi ishlab chiqarish
jarayoni va ilmiy izlanishlar bilan mustahkam aloqada boiishi kerak.
Avtomobillami loyihalash deb yangi avtomobillarni hamda uning
agregat va tizimlari
konstruksiyalarini yaratish, shuningdek mavjud
avtomobillaming sifatini oshirish maqsadida unga o‘zgartirishlar kiritish
jarayoniga aytiladi.
Konstruksiyalash
loyihalashning asosiy qismi bo‘lib, avtomo
bilning tajriba nusxasini yaratish uchun zarur bo'lgan ishchi chizmalarni
va texnik
hujjatlarni ishlab chiqish, avtomobilning kompanovka
sxemasini tanlash, avtomobilning agregat va uzellarini joylashtirish kabi
ishlami o ‘z ichiga oladi.
Maxsus loyiha ishlariga
statistik ma’lumotlami
tahlil qilish,
nazariy va tajriba ishlarini amalga oshirish, maketlar bilan ishlash,
avtomobilning tajriba nusxasida nazorat sinovlarini o‘tkazish kabi
ishlar
kiradi, Bu ishlar ixtisoslashgan loyiha bo‘linmalarida bajariladi,
1.1. Loyihalashning tayanch asoslari
Loyihalashning tayanch asoslari deb, avtomobilni loyihalash
chog‘ida hosil bo‘ladigan masalalami yechishning ilg‘or
usullari
majmuasiga aytiladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Loyihalashning ilmiy asoslari
2. Loyihalashning texnik asoslari
3. Loyihalashning iqtisodiy asoslari
4. Loyihalashning tashkiliy asoslari
5. Loyihalashning badiiy asoslari
Loyihalashning ilmiy asoslari
deb, loyihalash jarayoniga ijodiy
yondashish,
ya’ni
ilm-fanning
oxirgi
yutuqlaridan
foydalanib
avtomobilni loyihalashda uchraydigan masalalarning
optimal yechim-
larini eng qisqa muddatlarda topishga aytiladi. Loyihalashning ilmiy,
usullaridan foydalanish avtomobilsozlikning rivojlanishini bashorat
qilish, jahon andozalariga javob beradigan
avtomobil modellarini
yaratish va ularning sifatini boshqarish imkonini beradi. Loyihalashning
ilmiy usullaridan foydalanishga avtomobil agregat va tizimlaridagi ish
jarayonini tadqiq qilish, har xil nosozliklaming paydo bo‘lish sabablarini
aniqlash, avtomobilni hisoblashning
aniq usullarini ishlab chiqish,
avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlarini agregat va tizimlaming
konstruktiv xususiyat va xarakteristikalarga bog‘liqligini aniqlash kabi
ishlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: