Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
II.2. Eskiz loyiba
Avtomobilning asosiy parametrlari va ko‘rsatkichlarmi aniqlash, uning estetik va ergonomik ko‘rsatkichlarini belgildsh, konstraksiya- ning asosiy sxemalarini qabul qilish eskiz loyihada amalga oshiriladi. Eskiz loyihaning konstruktorlik hujjatlarini bajarishga talablar GOST 2.119-73da ko‘rsatilgan. Unga asosan eskiz loyihada quyids* / masalalar yechiladi: 14 1) avtomobilning asosiy agregat va uzeilarini o ‘zaro joylashu- vining eng raaqbul variantini tanlash , haydovchi va yoMovchilaming avtomobilda joylashtirishni bir nechta variantlarini ishlab chiqish; 2) texnik topshiriqda ko‘rsatilgan talablarni bajarish imkoniyatlarini tahlil qilish, kerak bo‘lsa qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish; 3) texnik topshiriqda ko‘rsatilgan ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi texnik qarorlar qabul qilish; 4) estetik va ergonomik talablarni bajarilishi bo‘yicha avtomobilni baholash, shu maqsadda avtomobilning maketini tayyorlash; 5) agregat, uzel va detallar bo‘yicha maqsadga muvofiq boMgan unifikatsiya darajasini aniqlash; 6) maxsus korxonalarda tayyorlanadigan agregat va uzellarga texnik talablar ishlab chiqish, shuningdek qoMlanilishi moMjallana- yotgan yangi materiallarga ham talablar ishlab chiqish. Eskiz loyiha avtomobilning umumiy chizmasi va izohnomadan tashkil topgan. Umumiy chizmada avtomobilning kuch agregati (dvigatel, ilashish mexanizmi va uzatmalar qutisi) va yetakchi ko‘priklaming dastlabki gabarit va ulanuvchi oMchamlari yordamida avtomobilning umumiy chizmasi chiziladi. Chizmada asosiy agregat va uzellaming gabarit, ulanuvchi va o ‘matiluvchi oMchamlari, ressora- langan va ressoralanmagan qismlar orasidagi oMchamlar, kardan vallarining o ‘matilish burchaklari, ko‘priklar va yoM orasidagi masofalar kiritiladi. Chizma yordamida avtomobilning umumiy gabarit oMcham lari, kompanovka sxemalari aniqlanadi va avtomobil o‘qlariga to‘g‘ri keladigan massalar dastlabki tahlil qiiinadi. Chizmada avtomobilning yonidan va yuqoridan ko‘rinishi, kerakli qirqimlar ko‘rsatiladi. yengil va yuk avtomobillar chapga, avtobuslar esa o‘ngga qarab (eshiklarini ko'rsatish uchun) harakatlanayotgani ko‘rsatiladi. Avtomobil toMa yuklangan holatda ko‘rsatiladi. Chizma YESKD talablari bo‘yicha 1:5 yoki 1:10 masshtablar da chiziladi. Agregat va uzellar kontur chiziqiarda ko‘rsatiladi. Eskiz loyihaning izohnomasida quyidagi boMimlar boMishi kerak: loyihalanayotgan avtomobilning vazifasi va ishlatilish sohasi; texnik tasnifi; qabul qilinayotgan kompanovka qarorlarining asoslanishi; hisob- kitoblar; agar maket tayyorlangan boMsa, uning fotorasmlari; tajriba natijalari. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling