Transport vositalarini loyihalash va hisoblash


II.4. Avtomobil konstruksiyalarini rivojlanishini bashorat qilish


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/107
Sana27.08.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1670566
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107
Bog'liq
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash

II.4. Avtomobil konstruksiyalarini rivojlanishini bashorat qilish
Avtomobilning yangi modelini ishlab chiqishga kirishishdan oldin 
konstruktor avtomobil konstruksiyasini rivojlantirish yo‘llarini o‘rganib 
chiqishi kerak. Buning uchun loyihalanayotgan avtomobilning texnik 
darajasi ko‘rsatkichlari asos qilib olinadi.
Avtomobilsozlikda bashorat qilishning vazifasi avtomobilning 
quyidagi sifat ko‘rsatkichlarining mumkin bo‘lgan qiymatlarini aniq- 
lashdan iborat:
- kompanovka sxemasi;
- yuk ko‘tarish qobiliyati va massasi;
- tezlik va tormoz xususiyatlari;
- ishonchlilik ko‘rsatkichlari;
- ergonomik, ekologik, estetik ko‘rsatkichlari va b.
Bashorat qilish qisqa muddatli (5-10 yilga mo‘ljallangan), o‘rta 
muddatli (10-20 yilga) va uzoq muddatli (20-^0 yilga) boiishi mumkin. 
Tadqiqotli bashorat qilish va me’yoriy bashorat qilish qoilaniladi. 
Tadqiqotli bashorat qilishda avtotransport vositalarining rivojlanish 
qonuniyatlari, orttirilgan tajriba tahlil qiiinadi va ilmiy-texnik rivoj- 
lanishning yangi imkoniyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari shakllantiriladi. 
Me’yoriy bashorat qilish tadqiqotli bashorat qilishga asoslanadi va 
istiqboldagi xalq xo‘jaligining hajmi va tarkibi,. ilmiy-texnik rivoj- 
lanishning darajasi aniqlanadi.
Me’yoriy bashorat qilish asosan uzoq muddatli bashorat qilishda 
qoilaniladi. Uning asosi b o iib dasturiy-maqsadli bashorat qilish
bashorat nazariyasi, texnik kibemetika, modellashtirish nazariyasi va b. 
hisoblanadi.
Yakuniy bashorat qilish uchun asosiy va yordamchi usullarda 
qilingan bashorat natijalari tahlil qiiinadi. Asosiy bashorat qilishda 
quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi: respublika va xalqaro


malar materiallari; patent hujjatlari va litsenziyalar; konstruktorlik va 
texnologik hujjatlar va b.
Qo‘shimcha bashorat qilishda maxsus adabiyotlarda keltirilgan 
ma’lumotlar dan foydalaniladi.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling