Transport vositalarini loyihalash va hisoblash


II.3. Texnik loyiha


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/107
Sana27.08.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1670566
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107
Bog'liq
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash

15


II.3. Texnik loyiha
Texnik loyihada avtomobil va uning agregat va uzellarini 
kompanovkasini to‘liq aks ettiradigan so‘nggi texnik qarov qabul 
qilinadi va loyihalanayotgan avtomobilning texnik topshiriqqa muvo- 
fiqligi tahlil qilinadi.
Texnik loyihaga talablar GOST 2.120-73 da ko‘rsatilgan. Texnik 
loyihada quyidagi masalalar yechiladi:
1) avtomobilning hamma agregat va uzellarining konstruksiyalari 
ishlab chiqiladi, ularning texnik tasniflari, o‘lchamlari va massalari 
aniqlashtiriladi;
2) avtomobilda agregat va uzellarni joylashtirish imkoniyatlari 
tekshiriladi;
3) avtomobil agregat va uzellari yuritmalarining konstruksiyalari 
ishlab chiqiladi;
4) haydovchining o ‘mi, o ‘rindiqlar, pedallar, boshqarish richaglari 
va asboblami joylashtirish aniqlashtiriladi;
5) avtomobil tizimlari (tormoz, elektr jihozlari, gidravlik qurilma 
va boshqalar) ning printsipial sxemalari ishlab chiqiladi va ulami 
avtomobilda eng maqbul joylashtirish aniqlanadi;
6) avtomobil massasi va uning o ‘qlarga taqsimlanishi aniqlash­
tiriladi.
Agar texnik loyihada agregat, uzel va yuritmalaming eng maqbul 
konstruktiv yechimi topilmasa, so‘nggi qaror har xil variantlammg 
taqqosiy sinovlarda qabul qilinadi.Texnik loyihada avtomobilning 
ko‘rsatkichlari texnik topshiriqning hamma boMimlari bo‘yicha tahlil 
qilinadi va baholanadi, ya’ni avtomobilning sifati baxolanadi.
Texnik loyihada avtomobilning umumiy ko‘rinish chizmalari, 
asosiy agregat va uzellaming umumiy ko‘rinish chizmalari va izoh- 
nomadan iborat.
Texnik loyihada agregat va uzellarning o ‘zaro joylashuvi, ularning 
ko‘rsatkich va o ‘lchamlarining o‘zaro joylashuvi bo‘yicha so‘nggi qaror 
qabul qilindi. Buning uchun avtomobil shassisi, kuzovi bo‘yicha va 
ulami bir-biriga bog‘lovchi sxemalar bo‘yicha plaz chizmalari chiziladi. 
Ular 1:1 masshtabda shassi, kuzov yoki kabina uchun alohida chiziladi. 
Plaz chizmalari yordamida hamma agregatlarning joylashishi, ular 
orasidagi masofalar, hisob-kitoblarning to‘g‘riligi tekshiriladi.
16


Texnik loyihaning izohnomasida eskiz loyihaning izohnomasida 
ko‘rsatilgan hamma ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Undan tashqari bu yerda 
texnik topshiriqning bajarilmagan talablari va ulaming sabablari, texnik 
topshiriqni va eskiz loyihani aniqlashtirish bo‘yicha takliflar, avtomo­
bilni boshqa va chet el analoglari bilan solishtirish va tahlil qilish kabi 
ma’lumotlar keltiriladi.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling