Transport vositalarini loyihalash va hisoblash


II.5. Avtomobilning texnik darajasini baholash


Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/107
Sana27.08.2023
Hajmi4.83 Mb.
#1670566
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107
Bog'liq
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash

II.5. Avtomobilning texnik darajasini baholash
Mahsulotning sifati yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun GOST 
2.116-84 ga asosan texnik daraja va sifat kartasi yaratiladi. Bu karta 
mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarish, uni modernizatsiya 
qilish yoki ishlab chiqarishni to‘xtatish maqsadga muvofiqligini 
aniqlashda va baholashda ishlatiladi. Avtomobilsozlikda GOST 2.116- 
84 va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan avtomobillarning texnik 
darajasi va sifatini aniqlovchi RD 37.001.027-90 ishlab chiqilgan.
Avtomobillarning texnik darajasi va sifatini baholash texnik 
topshiriqni ishlab chiqishda, avtomobillarning tajriba nusxasini sinovdan 
o‘tkazishda va ishlab chiqarilayotgan avtomobillami attestatsiya qilishda 
o‘tkaziladi.
Texnik daraja va sifat ko‘rsatkichlari standartlar bilan tasdiqlanadi:
- yengil avtomobillar uchun GOST 4.396-88;
- avtobuslar uchun GOST 4.399-85;
- yuk avtomobillari uchun GOST 4.401-88.
Bu standartlarda quyidagi ko‘rsatkichlar keltiriladi: vazifasi; 
ishonchliligi; material va yoqilg‘ini tejab ishlatishi; ergonomik, estetik 
va ekologik xususiyatlari; xavfsizligi; standartlash va unifikatsiyalash 
darajasi; patent - huquqiy ko‘rsatkichlari va h.k.
Texnik daraja va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun namunaviy 
avtomobilga solishtiriladi. Texnik topshiriqni ishlab chiqishda namu­
naviy bo‘lib istiqboldagi avtomobil qabul qilinadi. Bu avtomobil 
ma’lum kelajakdagi davming istiqbol talablariga javob berishi kerak. 
Istiqboldagi avtomobil real yoki real emas bo‘lishi mumkin. Real emas 
avtomobil deb avtomobilsozlikning rivojlanishini ilmiy bashorat qilish
istiqboldagi tipaj va iste’molchilarning talablari majmuasi tushuniladi.
Avtomobilni ishlab chiqarishga tadbiq qilishda va uni attestatsiya 
qilishda namunaviy avtomobil bo‘lib, eng yaxshi avtomobil andozalari 
xizmat qiladi. Bu avtomobillar iste’molchilar talablariga javob beradigan 
va xaridorgir bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarishdan olib tashlanayotgan 
avtomobillar namunaviy bo‘la olmaydi. Shuningdek, bir neclHa turdagi
18


avtomobillaming ko‘rpatkichlari summasini ham solishtirish mumkin 
emas.

Download 4.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling