Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
-rasm. Yuk avtomobillarining kompanovka sxemalari
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-jadval Yuk avtomobillari kompanovka sxemalarining tahlili
3.11-rasm. Yuk avtomobillarining kompanovka sxemalari
Texnik topshiriqda berilgan yuk ko‘tarish qobiliyatidan kelib chiqib, avtomobilning shaylangan massasi, toMa massasi va ularning o ‘qlarga taqsimlanishi tanlanadi. Yuk avtomobili massasining o‘qlarga ratsional taqsimlanishda shinalaming barobar yeyilishi ta’minlanishi 34 kerak. GOST 17393-82 ga asosan gMldirak formulasi 4x2 boMgan yuk avtomobilida (orqa gMldirak qo‘shaloq boMgan) oldingi o‘qqa toMa massaning 35,5 % va orqa o‘qqa 64,5 % to‘g‘ri kelishi kerak. Uch o‘qli avtomobillarda oldingi o ‘qqa toMa massaning 21,6 % va orqa telejkaga 78,4 % to‘g ‘ri kelishi kerak. Lekin amalda bu raqamlardan cheklanishlar boMadi. Chunki shu avtomobillar yuksiz harakatlanganda yetakchi gMldiraklarga tushayotgan ogMrlik kamayadi, natijada avtomobilning o‘tag‘onligi yomonlashadi. Shuning uchun yuksiz avtomobillarda old o‘qqa 48 % va orqa o‘qqa 52 % ogMrlik to‘g ‘ri kelishi maqsadga muvoflq. 7-jadval Yuk avtomobillari kompanovka sxemalarining tahlili Kompanovkasi Afzalligi Kamchiligi Kabina dvigatel ortida (kapotli kompanovka); Avtomobil baland emas. Kabinaning poli tekis. Boshqaruv tizimlarini joylashtirish qulay. Dvigatelga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qulay. Yuk platformasining uzunligi qisqa. Haydovchining joyidan ko‘rinuvchanlik nisbatan yomon Kabina dvigatel ustida Y uk platformasining uzunligi maksimal. Haydovchining joyidan ko‘rinuvchanlik yaxshi. Dvigatel kabinaning ichida joylashgan. Boshqaruv tizimlari murakkab. Kabinani ko‘taruvchi qurilma o‘rnatilishi kerak Kabina dvigatel oldida Avtomobilning balandligi minimal. Kabinaning poli tekis. Yuk platformasini kabinaning ustiga ham joylashtirish mumkin. Oldingi sves katta (o‘tag‘onlik yomonlashadi). Haydovchi o‘rindigMning tebranishi katta 35 3.12-rasmdagi kompanovka sxemali yuk avtomobili misolida kompanovka parametrlarini aniqlaymiz. Umumiy kompanovka uchun dastlabki ma’lumotlar bo‘lib me’yoriy hujjatlarda keltirilgan chegaralar, ya’ni o‘qlarga tushayotgan massaning eng katta qiymatlari hisoblanadi: bitta o‘qqa tushayotgan massa 100 kN, ikki o‘qli telejkaga tushayotgan massa 180 kN va boshqariluvchi o ‘qqa tushayotgan massa 60 kN dan oshmasligi kerak. 0 ‘qlarga tushayotgan to‘la massa aniqlanganidan so‘ng shaylangan avtomobilning massasi va yuk ko‘tarish qobiliyati aniqlanadi. Yuk ko‘tarish qobiliyati va shaylangan auvtomobilning massasi nisbati muhim ko‘rsatkich bo‘lib, uning qiymati avtomobilsozlik tajribasidan, yo‘llarning sifatidan, ekspluatatsiya sharoitidan, ishlatiladigan materiallar sifatidan va ularni tayyorlash texnologiyasidan foydalanib topiladi. Avtomobilning uzunligi me’yoriy chegaralangan bo‘lib, uning qiymati kabinaning uzunligi Lk, platformaning uzunligi Lp va ular orasidagi zazor Д dan tashkil topgan (2-rasm). Kabinaning gabarit 0‘lchamlari tanlangan kompanovka sxemasidagi avtomobillarning eng yaxshi namunalari asosida aniqlanadi. Kabina va oldingi o ‘qning o‘zaro joylashuvi xalqaro standartlar tavsiyasi bo‘yicha aniqlanadi. Unga asosan oldingi svesning maksimal (y0 burchagi 25°, oldingi buferning minimal balandligi (hi) 600 mm berilgan. Lk, yi va hi asosida oldingi o ‘qdagi kabinaning orqa devorigacha bo‘lgan masofa (lp) aniqlanadi. lp massalarning o ‘qlarga taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi va uning qiymati 190-900 mm. GOST 27266 - 87 bo‘yicha_ yuk platformasining o‘lchamlari tanlanadi. Unga asosan kalta, uzun yoki normal platformalar ishlatilishi mumkin. Platformaning balandligi (h2) 900-1400 mm. Agar tent qo‘yiladigan bo‘lsa avtomobilning balandligi 3,8 m dan oshmasligi kerak. Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling