Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
Download 4.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transmissiyalar tahlili
- Nazorat savollari
S 6
7. 6 7 4.5-rasm. Avtomobil transmissiyalari: a - elektrik; b - gidrohajmli; 1 - dvigatel; 2 - generator; 3 - elektr simlari; 4 - elektromotor-g‘ildirak; 5 - gidronasos; 6 - trubkalar; 7 - gidromotorlar. Transmissiyalar tahlili 1-jadval Transmissiya Afzalligi Kamchiligi Mexanik Konstruksiyasi sodda.Narxi past. FIK yuqori. Hajmi katta, kompanovkasi murakkab. Massasi katta. Burovchi moment pog‘onali o ‘zgaradi. 42 Elektrik va gidrohajmli Burovchi moment pog‘onasiz o‘zgaradi. Joylashtirish qulay. Massasi kichik. Massaning o‘qlargataqsimlanishi optimal. Tirkamaning yetakchi g‘ildi- raklariga quwatni uzatish oson. Tormozlanishda energiyani yig‘ish imkoni bor.__________ Narxi baland. FIK past. Ressoralanmagan massalar katta. Ishonchliligi past. Nazorat savollari 1. Avtomobil transmissiyalarining turlari. 2. G'ildirak formulasi nima? 3. Mexanik transmissiyaning kompanovka sxemalari. 4. Mexanik transmissiyaning afzallik va kamchiliklari. 5. Elektrik transmissiyaning afzallik va kamchiliklari. 6. Gidrohajmli transmissiyaning afzallik va kamchiliklari. 43 Ichki yonuv dvigatelining o ‘ziga xos xususiyati tirsakli valning minimal aylanishlar soni cheklangan. Avtomobil qo‘zg‘alaishida ichki yonuv dvigatelining aylanayotgan vali bilan uzatmalar qutisining ' ay lanmayotgan vali ilashish muftasi orqali ulanadi. Ilashish muftasi avtomobil joyidan qo‘zg‘alayotganda, uzatmalar qutisida pog‘onalar almashtirilayotganda transmissiyani dinamik zarbalardan saqlash, ichki yonuv dvigatelining ishlashidan va avtomo bilning notekis yo‘llardan harakatlanishidan hosil boMadigan aylanma tebranishlarni so‘ndirish uchun xizmat qiladi. Ilashish muftasi o ‘z vazifasini samarali va ishonchli bajarishi uchun unga quyidagi talablar qo‘yiladi: - burovchi momentni dvigateidan transmissiyaga ishonchli o ‘tkazish; - ravon va to‘ la ulanish; - toza ajralish; - yetaklanuvchi qismlarning inersiya momentini minimal boMishi; - ishqalanuvchi yuzalardan issiqlikni yaxshi tarqatish; - transmissiyani dinamik yuklanishlardan saqlash; - siquvchi kuchlarni bir me’yorda saqlab turish; - boshqarish uchun kam jismoniy kuch sarflash; - yaxshi muvozanatlashgan boMishi; - umumiy talablar (oMcham va massasi kichik, tuzilishi va texnik xizmat ko‘rsatish sodda, shovqinsiz, ta’mirlashga layoqatli va boshqalar). Ilashish muftasi quyidagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflanadi: 1) ish jarayonining xususiyati b o ‘yicha: doimiy ulangan, doimiy ulanmagan. 2) yetaklovchi va yetaklanuvchi qismlarning bog ‘lanishi bo ‘yicha: friksion, gidravlik, elektromagnit. 3) siquvchi kuchlarni hosil qilish usuli b o ‘yicha: prujinali (silindrsi mon, konussimon, diafragmali), elektromagnit, markazdan qochma, yarim markazdan qochma 4) yuritmasi b o ‘yicha: mexanik, gidravlik, kombinatsiyalashgan (pnevmomexanik, pnevmogidravlik, elektromexanik, elektrovakuum) Download 4.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling