Chang burgalari ta’sirini kamaytirish
Gilamlarni boshqa, qattiq qoplamalar bilan almashtiring (masalan, laminat);
An’anaviy pardani rulonli parda bilan almashtiring;
Muntazam ravishda yostiq, stul va yumshoq o’yinchoqlarni tozalang. Iloji bo’lsa, ularni yuqori haroratda yuving;
Junli yoki tukli yostiqlardan foydalanmang;
Mushuk va itlarga allergiya
Agar siz uy hayvonlari egasining uyiga tashrif buyursangiz, antigistaminlarni oling.
Unutmang, hayvonlar emas, hayvonlar siydigi, so’lagi, junidagi mavjud oqsillar allergiyani chaqiradi. Agar hayvonlar bilan aloqa qilmasangiz, egasidan hayvonni boshqa joyga qulflab qo’yishni yoki o’boshqa xonaga o’tishni iltimos qiling.
Uy hayvonlariga sizning joyingizda uxlashga yo’l qo’ymang. Uy hayvonlari uchun yumshoq o’yinchoqlar va to’shamalar yuqori haroratda muntazam ravishda yuvilishi kerak.
Mog’or zamburug’i sporalariga bo’lgan allergiyani oldini olish
Uyingizda mog’or zamburugi bor-yo’qligini tekshiring;
Uyingizdagi suv quvurini tekshiring. Suv oqishi namlikni hosli qiladi, u esa mog’or zamburug’i uchun eng qulay muhitdir;
O’zingizning kichkina mog’orlagan joylarni tozalashingiz mumkin. Mahsus xizmat oson erisha olmaydigan joylarda mog’orni tozalashga yordam berishi mumkin;
Gipsokarton mog’orlagan bo’lsa, uni kesib, almashtiring;
Barcha qattiq yuzalar mog’or bosmaganligiga ishonch hosil qiling;
Uyingizdagi namli joylarda gilamlar to’shamang;
Mog’orlangan gilamlarni almashtiring;
Hammom yaxshi shamollashiga ishonch hosil qiling;
Konditsionerlar uyni quruq saqlashga yordam beradi. Filtrlar muntazam almashtirib turing.
Oziq-ovqat allergiyasining oldini olish
Muayyan mahsulotni sotib olishni va ulardan foydalanishdan oldin, yorliqdagi ingredientlar ro’yxatini ko’ring. Ko’p oziq-ovqatda sut, tuxum yoki er yong’oq kabi allergenlar bo’lishi mumkin. Ko’pgina mamlakatlar qonuniy ravishda allergen mavjud bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini aniq belgilashni talab qiladi.
Restoran va kafelarda ofitsiantga qaysi mahsulotga allergiyangiz borligini aniq tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |