Trenerlar tayyorlash kursining namunaviy o‘quv dasturi "Mahalla va oila" ilmiy


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1060538
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Хотин-қизлар укув дастури







Trenerlar tayyorlash kursining namunaviy o‘quv dasturi “Mahalla va oila” ilmiy-
tadqiqot institutining 2020-yil 30-dekabrdagi 4-sonli Ilmiy kengashida 
ma’qullangan. 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar:
p.f.d., prof. O. Musurmanova, 
p.f.d., prof. N. Egamberdiyeva,
f.f.n., dos. G. To‘ychiyeva,
f.f.n., dos. M. Xoliqova,
ps.f.f.d., (PhD). R. Ismailova, 
p.f.f.d., (PhD). N. Gafurova, 
katta o‘qituvchi D. Yulchiyeva 
 
 
Taqrizchilar:
p.f.d., prof. O.Jamoldinova,
p.f.d., prof. M. Quronov
 
 



 
KIRISH
Oila jamiyatning mustahkam poydevori, davlatning harakatlantiruvchi kuchidir. 
Shunga ko‘ra oila mavqei va oilaviy munosabatlar masalasi doimo davlat e’tiborida 
bo‘lib kelgan. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’biri 
bilan aytganda “Oila – kichik Vatan, oila tinch bo‘lsa, Vatan tinch bo‘ladi”.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy 
Majlisiga Murojaatnomasida “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” 
yilida erishilgan natijalar, davlat dasturining bajarilishi yuzasidan olib borilgan ishlar 
hamda 
2021-yilda 
jamiyatda 
ijtimoiy-ma’naviy 
muhitni 
sog‘lomlashtirish,
rivojlantirish uchun yaxlit tizimni ishlab chiqish masalalariga alohida to‘xtab o‘tildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrda “Xotin-
qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni, “Xotin-qizlar va 
erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari 
qabul qilindi. Mazkur hujjatlar xotin-qizlar va sog‘lom oilani muhofaza qilishga 
qaratilgandir.
Har bir xonadonda qiz bola farzand dunyoga kelsa, beshikdan to balog‘at yoshiga 
yetguncha uni to‘g‘ri tarbiyalash, oilaga yo‘naltirish, oila va karera maqsadlarini uzviy 
bog‘lash, har bir ota – onaning fikrini “qiz bola – boshqa xonadoning fayzi”, - degan 
xayol uning voyaga yetgunicha va uni turmushga bergunga qadar tark etmaydi. 
Shuning uchun hozirgi kunda turmushga chiqayotgan yosh qizlarning zimmasiga katta 
ma’suliyat yuklatiladi. Ushbu ma’suliyatlardan biri bu ma’naviy boylik, saramjon – 
sarishtalik, fahm – farosat va albatta gigiyenik jihatdan ozodalikdir. Xalqimizda ushbu 
fazilatlar “Har bir qiz bolada mujassam bo‘lishi kerak”, - degan fikr yuradi. Shuning 
uchun ham milliy va umuminsoniy tamoyillar asosida qizlarni oilaviy hayotga, 
jamiyatga tayyorlash dolzarb masaladir. 
Bugungi kunda oilani mustahkamlash, oila manfaatlarini himoya qilish davlat 
ahamiyatiga molik ustuvor vazifa sanaladi. Shunga ko‘ra, zamonaviy yoshlarni oilaviy 
hayotga maqsadli tayyorlash taqozo etiladi. Yoshlar oilaviy hayotning ma’naviy, 
ahloqiy, iqtisodiy xususiyatlari, oilani rivojlantirish, oilada tinchlik va totuvlikni 
saqlash, oilada farzand tarbiyasini amalga oshirish ishlariga tayyor bo‘lishlari zarur. 
Shu jumladan kelinlik va kuyovlikka nomzod yoshlarga nikoh, oila, oila a’zolarining 
o‘zaro munosabatlari, oila tutish sirlari, er-xotinlik munosabatlari kabi masalalar 
yuzasidan bilimlarni o‘rgatish ham zarur. Eng muhim masalalardan biri bu - qizlarni 
kelinlikka tayyorlashdir. Kelinlik mahorati mavjud. Mana shu bilimlarni bugungi 
avlodlarga yetkazish, avlodlar uzviyligini ta’minlash, kelinlik an’analarining 
zamonaviy qirralarini yoritish juda muhimdir.



Dasturda oilaning muqaddasligiga doir dunyoviy va islom aqidasidagi qarashlar 
tahlili, oilaning kelib chiqishi tarixi va oila tiplari, oilaga doir milliy an’analar va xalq 
udumlari, nikoh, bola tarbiyasi va uy tutish an’analari, bekalik bo‘yicha zamonaviy 
talablar, jumladan, qaysi amallar mumkinu, qaysi amallar mumkin emas, oilaviy 
hayotning ma’naviy-axloqiy asoslari, oilaviy hayotning iqtisodiy asoslari, globallashuv 
sharoitida o‘zbek oilasidagi muammolar va o‘zgarishlar, oiladagi psixologik muhit, er-
xotin munosabatlari, ota-ona va farzand munosabatlari, bola tarbiyasiga doir 
zamonaviy qarashlar va milliy an’analar, yosh kelinlarning kiyinish odobi va shunga 
doir ilmiy-nazariy ma’lumotlar keltirilgan. 
Oilaviy hayotga tayyorlash masalalari inson omili bilan bog‘liq bo‘lib, qizlarning 
ma’naviy, ruhiy, gigiyenik, jinsiy va uy tutishlik, tarbiyachi bo‘lishlik vazifalari 
majmuidan iboratdir. Shu bilan birga, muloqot qoidalari, oilada e’tiqod, burch, 
adolatparvarlik mezonlari, shukr, sabr va qanoat, sadoqat va vafo, kamtarlik kabi 
o‘nlab juda dolzarb masalalarni o‘z mazmuniga qamrab oladi. 
Ushbu harakatlar mamlakatimizning har bir hududida “Ayollar daftari”ni joriy 
etish, ayollarning kundalik tashvishlarini yengishga maslahat beruvchi “Ayollar 
maslahat kengashlari”ni tuzish, ya’ni davlat strukturalari bilan keng aholi qatlamlarini 
bevosita bog‘lashga qaratilgan.
Mana shu jarayonda milliy mentalitetdan kelib chiqqan holda turmushga chiqqan 
yosh kelinlarni ularning yangi oiladagi hayotiga tayyorlash, ularni zarur 
kompetensiyalar bilan qurollantirish, ular uchun yangi imkoniyatlarni yaratish va 
hayotdan rozilik hissini kuchaytirish va turg‘un holga yetkazish muhimdir. Mazkur 
dasturning maqsadi ham turmushga chiqqan yosh kelinlarning yangi oiladagi 
vazifalari, majburiyatlari, huquqlari bilan bevosita tanishtirish orqali ularni nafaqat 
oilaviy hayotga, balki umuman jamiyat hayotiga chuqur integratsiya qilishdan, davlat 
ularning ahvolidan xabardor ekanligini tushuntirish va davlat ularning taqdiriga 
e’tiborli ekanligi namoyon etishdan iboratdir.
“Ayollar maslahat kengashlari” joylarda davlat boshqaruvi va davlat 
strukturalarining aholi bilan munosabatlarida yangi tizimni, ya’ni yangicha bog‘lanish 
va muloqot olib borish tizimini joriy etadi. Ijtimoiy islohotlarni, xususan 
kambag‘allikni oldini olish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat maqsadlarini 
har bir konkret shaxs taqdirida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Mazkur yo‘nalishdagi 
barcha harakatlar islohotlarning har bir fuqaro hayotini tubdan o‘zgartirishiga asos 
bo‘lib xizmat qiladi deb umid bildiramiz.
Mazkur dasturning dolzarbligi, zaruriyati, davlatimiz siyosatiga monandligi
qabul qilingan huquqiy va normativ hujjatlarni hayotga joriy etilishiga mosligi uning 
mahalla va oila tizimi orqali amaliyotga joriy etilishini ta’minlaydi. 




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling