Trening mashqlari


Download 143 Kb.
bet7/7
Sana18.02.2023
Hajmi143 Kb.
#1212890
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Trening mashqlari

: “Intervyu” usuli (uy vazifasi)

Maqsad: Guruh qatnashuvchilarini keyingi mashg‘ulotda nima ustida ishlash kerakligi haqida bosh qotiradigan va undagi mas’uliyatni his qiladigan bo‘lishlarini shakllantirish.


Har bir qatnashuvchi haqida fikr yuritib, intervyu mashg‘ulotida javob berishi kerak bo‘lgan bitta savol tayyorlang.
Yakun: Mashg‘ulot oxirida yakun yasaladi. Har bir qatnashuvchi “Keyingi mashg‘ulotda men nima ustida ishlashim kerak?” savoliga javob beradi. Mashg‘ulot 30 daqiqa davom etadi).

Telefon” o‘yini


Maqsad: O‘yin guruh qatnashuvchilarining o‘zini tutishi, muomalasi, suhbatdoshiga nisbatan yaqinligi kabi o‘zaro munosabatlarni aniqlashga va shu sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Siz meni tanidingizmi? Ba’zida (bir xilda taqdir bilan) tamomila notanish odamni uchrashuvga taklif etib qo‘yiladi. Siz telefon orqali uchrashuv kunining vaqti, joyi va bir-birlarini tanish mumkin bo‘lgan “parol”ni aytasiz. Bu yo qizil sharf, yoki boshqa narsa bo‘lishi mumkin. Odatda, odamlar shunday qilishadi. Keling, bu eski usulni qo‘yib turaylik. Siz uchrashadigan kishiga, o‘zingizni shunday tavsiflangki, sizni darhol tanisin. Shunday belgilarni toping! Bular sizning ba’zi bir ko‘nikmalaringizni, ya’ni: kamchilikni tuzatish, masalan:-o‘ng qo‘l bilan chap quloqni ishqalash kabi ba’zi g‘ayri oddiy detallar va boshqalar. Bu ishlarga 3-5 daqiqa vaqt beriladi. So‘ngra guruh a’zolari keng doira olib, yozganlarini navbat bilan o‘qiydilar. Guruh a’zolari navbat bilan telefonda o‘zi tanlagan abonent bilan 30 sekund mobaynida o‘zi xohlagan mavzuda gaplashadi. Kuzatuvchilar uning o‘zini tutishi, (mijozi) bilan, muomalasi, narigi tarafdagi shaxs bilan gaplashuvchi o‘rtasidagi yaqinlik, kabi o‘zaro munosabatlarni tahlil qiladilar va kerakli maslahatlar beradilar. (O‘yin 45 daqiqa davaom etadi).

Mashinka” mashqi


Maqsad: Ushbu mashqni bajarish orqali o‘quvchilarning diqqati-e’tibori oshadi, kayfiyati ko‘tariladi, ularning shaxslararo munosabatga va o‘qishga bo‘lgan faolligi oshadi.


Vazifa: Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tiradilar. Hammangiz o‘zingizni katta yozuv mashinasi”, deb tasavvur qiling, hammangiz shu mashinaning harf tugmalarisiz (keyinroq hammangiz alfavitdagi hamma harflarni bo‘lishib olasiz), mashinkangiz har xil so‘zlarni yozishi mumkin” deb, o‘qituvchi ko‘rsatma beradi.
Masalan: “Poyezd”, deb atash va shu so‘zni yozish taklif qilinsa, guruh a’zolari ketma-ket o‘rinlaridan turib shu so‘zni yozishi kerak.
Bu holda kimda “P” harfi bo‘lsa o‘rnidan turadi va “p” deb ovoz chiqarib aytadi, kimda “O” harfi bo‘lsa, “O” deb aytadi, keyin “O” harfi o‘rniga o‘tib turadi va ovozini chtqarib o‘z harfini aytadi va hokazo. Agar mashinkamiz xato bilan yozsa, mashq boshqatdan qaytariladi. O‘qituvchi mashqni davom ettirishi va shunday so‘zlar topishi kerakki, iloji boricha guruhning hamma a’zolari qatnashsin. Harf taqsimlash jarayonida guruh a’zolari bir chekkadan alfavit xarflarini eslab qolishlari lozim. Bu jarayon, ya’ni alfavitning hamma harflari taqsimlab olinmagunicha, harf berish davom etaveradi, bunda hattoki guruhning har bir a’zosiga uchtadan harf tegishi ham mumkin (agar guruh a’zolari 12 kishi bo‘lsa). O‘qituvchi mashqni o‘z ixtiyoriga ko‘ra shakllantirishi ham mumkin. Masalan: biron-bir she’r yoki maqolni mashinkada yozib chiqishni taklif qilish orqali. Odatda, mashq bajarish natija-sida o‘quvchilarning diqqati oshadi, kayfiyati yaxshilanadi, ularning faolligi oshadi. Doimo hamjihatlik, ahillik bilan ishlashning samarasi yanada oshadi. (O‘yin 35 daqiqa davom etadi).
To‘qqizinchi mashg‘ulot: “O‘zingni mikroskop ostiga qo‘y”

Maqsad: Bu mashg‘ulot guruh ag‘zolarining o‘zi haqida ochiqchasiga, samimiy gapirish va o‘z xarakteridagi kamchilik hamda nuqsonlarni tan olib aytib bera olishini shakllantirish.


Biz nuqsonlarni iloji boricha tezroq yo‘qotishga harakat qilamiz. Ular sezilarsiz, ko‘zga birdan tashlanmaydigan, lekin ular hayotda tez-tez o‘zgarib turadigan bo‘ladi. Har bir kishida faollikni hayotda boshqacha ishlatishni xohlamaydigan so‘zlar kam uchrasa kerak.
Keling, xarakterimizdagi yoqimsizliklarni ochib beraylik, ya’ni mikroskop okulyari, (oynasi) orqali o‘zimizni ko‘rgandek bo‘laylik. U yerda biz nimalarni ko‘rishimiz mumkin?
Sharh: Ishni ikki bosqichda tashkillashtirish mumkin. Birinchi bosqichda qatnashuvchilar shaxsan o‘zining yoqimsiz xislatlarini yozishadi, bunga 5-7 daqiqa vaqt beriladi. Ikkinchi bosqichda esa ularning har biri berilgan vaqtga qarab o‘zlarining yoqimsiz ikir-chikirlarini gapirishadi va muhokama qiladilar.(O‘yin 40 daqiqa davom etadi).

“Hozir kimda nima o‘zgardi” mashqi


Maqsad: Ushbu mashq o‘quvchilarning kuzatuvchanligini, diqqatini va tafakkurini rivojlantiradi va faolligini oshiradi.


Vazifa: Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tiradilar.
O‘qituvchi (boshqaruvchi) ko‘rsatmasi: O‘tirganlar orasidan bittasi xonadan tashqariga chiqib turadi. Bu vaqt mobaynida siz ikki guruhga bo‘linasiz; bu guruhlar bir-birlaridan guruh a’zolariga xos bo‘lgan farqiga qarab ajralishi mumkin.
Masalan: Bir guruh a’zolarining poyafzalida boylog‘ich ikkinchi guruh a’zolarining oyoq kiyimlari boylog‘ichsiz bo‘lishi mumkin. Har bir guruh alohida joylashishi kerak bo‘lib, guruh a’zolari yonma-yon o‘tirishadi (masalan, birinchi guruh ikkinchisiga qarama-qarshi o‘tirishi mumkin). Tashqarida kutib turgan o‘quvchi sinfga qaytib kirib guruhdagilarni bir-birlaridan qaysi belgisi bilan farq qilganligini topishi kerak. Qo‘yilgan vazifa topilgandan so‘ng, o‘qituvchi boshqa o‘quvchiga shunga o‘xshash jumboqni yechish yoki topishni so‘rashi mumkin, ya’ni o‘yin yana takrorlanadi. O‘quvchi tashqariga chiqqanidan keyin guruh a’zolari boshqa biron-bir belgini topib boshqa kichik guruhlarga bo‘linadilar. O‘yinni yanada murakkablashtirish maqsadida bir topshiriqning o‘zida 3-4 farqli belgilarni o‘ylab topish mumkin. Masalan: Kiyimidan, o‘tirish holatlaridan guruh holatlarining psixologik xususiyatlariga qarab va hokazo. (O‘yin 20 daqiqa davom etadi).

“Tug‘ilgan kunga sovg‘a” mashqi


Maqsad: Ushbu o‘yin o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish muammosini bartaraf qilishiga yordam beradi.


Vazifa: Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tirishadi.
O‘yin “Pontomimo” tarzda o‘tkaziladi. Trening a’zolaridan biri guruh oldiga chiqib o‘tiradi. O‘yinning qolgan hamma ishtirokchilarining vazifasi o‘tirgan kishining tug‘ilgan kuniga har bir ishtirokchi individual tarzda sovg‘a qilishi kerak. “Sovg‘a berish” tugagandan keyin, nima uchun aynan shu narsani sovg‘a qilib berganligini asoslab berishi kerak bo‘ladi.
Mashqning ma’nosi: Atrofdagilar seni turlicha yoqtiradilar va idrok etadilar. Guruhning har bir a’zosi, trenerning o‘zi ham “imeninnik” rolini bajarishi mumkin. (O‘yin 60 daqiqa davom etadi).
O‘ninchi mashg‘ulot: Emigratsiya”

Maqsad: Har bir guruh qatnashuvchisining o‘ziga va o‘zgalarga bo‘lgan munosabatini kuzata bilishga hamda to‘g‘ri shakllantirishiga yordam berishga o‘rgatish.


Faraz qilaylik, siz bu mamlakatdan butunlay ketdingiz (kvartira almashtirganingiz sababli boshqa maktabga o‘tdingiz).
Sizningcha, yuqoridagi harakatingizdan kimlar yoki shaxsan kim afsuslanadi? Nima uchun? Bu odamlar bilan sizni nimalar bog‘laydi? Sizni ko‘chib ketishingiz kimlarni xursand qiladi? Nima uchun? Odamlar bilan munosabatni yaxshilash uchun o‘zingizni o‘zgartirishga harakat qildingizmi? Kamida ikkita misol keltirib, savollarga javob bering.
Sharh: Bu ishni bajarib bo‘lgandan keyin, 3-4 kishidan iborat mikroguruhda ish materialini muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. (Mashg‘ulot 30 daqiqa davom etadi).
«Siz o‘z ta’siringizni unga o‘tkaza olasiz» mashqi
Maqsad: Bu mashq muammoli vaziyatlarda guruh a’zolarining muloqot o‘rnatish xususiyatlarini ijobiy shakllantirish va vaziyatni boshqara olish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Vazifa: Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tiradi. (kayfiyatiga ta’sir qilish)
O‘qituvchi (boshqaruvchi) ko‘rsatmasiga binoan: “Hozir siz juft-juft bo‘lib o‘ynaysiz. (O‘qituvchi o‘quvchilarni bir-birlariga yoqishlarini hisobga olib juftlarga bo‘lib chiqadi). Mashqni kim boshlashini o‘zingiz hal qiling. (O‘qituvchi har bir juftlikda boshlovchi aniqlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak). Boshlovchi xomush va nimadandir xafa bo‘lgan odamning qiyofasiga kiradi. Shu holatga kirish uchun biron-bir hodisa, voqeani eslashga harakat qilishi kerak. Sherigi esa har xil yo‘llar bilan boshlovchini bu holatdan chiqarishga va ijobiy holatga keltirishga, ya’ni xursand qilishga, uni kuldirishga harakat qiladi. Lekin bu jarayonda qo‘l bilan tegish, jismoniy teginishga yo‘l qo‘yilmaydi. Vazifa bajarilgandan keyin rollar almashtiriladi” (Mashq 20 daqiqa davom etadi).
“Shirinsuhanlik” mashqi

Maqsad: Bu mashq guruh a’zolarining shaxslararo munosabatda tutgan o‘rni, diqqat-e’tiborli, ahamiyatli bo‘lishi va guruhdagi psixologik iklim sharoitni iliqlashtirishga yordam beradi.


Vazifa: Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tiradi. O‘yin davomida o‘quvchilar diqqati muloqot jarayonida “shirinsuxan” so‘zlar va iboralarni qo‘llashning ahamiyatliligiga qaratiladi.
O‘quvchi har bir guruh a’zosi aytayotgan “shirinsuxan” so‘zlar qanday hislarni yuzaga keltirayotganligini anglab yetishi lozim.
Birinchi bosqich: Guruh a’zolari galma-galdan har bir o‘quvchiga xos bo‘lgan eng yaxshi fazilatlarni sanab o‘tadilar. Natijada haqiqiy yoqimli to‘la tasavvur paydo bo‘ladi. O‘yin tugagagach o‘qituvchi har bir o‘quvchidan unga qarata “shirinsuxan” so‘zlar aytilayotganda, u nimalarni his etganligini so‘rab, o‘z taassurotlari haqida gapirishiga imkon beradi. Muhokama tugagandan keyin o‘qituvchi yakunlovchi so‘zlarni aytib “shirinsuxan” so‘zlar insonga qanday ta’sir etish mexanizmlari haqida qisqacha ma’ruza qilib berishi mumkin. Ma’ruzaning mazmuni quyidagi psixologik bilimlarni tashkil etadi. Odatda, “shirinsuhanlik” so‘zlar turukumiga yoqimli, chiroyli, “juda qadrli” so‘zlarni kiritish mumkin. Bu so‘zlarni eshitayotgan odamlarning ruhiy holati ma’lum, psixologik mexanizmlarga asoslangan bo‘ladi.
Xo‘sh “shirinsuxan” so‘zlar degani nima? Bu so‘zlar insonda mavjud bo‘lgan ijobiy xususiyatlarni birmuncha bo‘rttirib ko‘rsatib, ijobiy munosabatlarni paydo qiluvchi usullardan biridir. Haqiqatan ham biron-bir odam qobiliyatingizga yoki ijobiy xislatlaringizga salgina bo‘rt-tiribroq urg‘u berib qolsa, sizda yoqimli hislar paydo bo‘ladi. Ayni shu paytda siz bu so‘zlarning haqiqatga aynan to‘g‘ri kelmasligini ham bilib turasiz, lekin bu hol ruhiyatingizdagi ijobiy xislarning kechishiga salbiy ta’sir etmaydi. Xo‘sh, nima uchun bu xil so‘zlarni eshitish yoqmaydi?
“Oltin so‘zlarni” psixologik mexanizmlari nimadan iborat?
“Oltin so‘zlar” turkumining insonga ta’sir etishining psixologik asoslari.
1. Inson o‘z ijobiy xususiyatlari haqida bir muncha bo‘rttirib aytilgan yoqimli so‘zlarni eshitadi.
2. Ishontirish hodisasi keladi.
3. Ishontirishning natijasi sifatida shaxsning ichki ehtiyojlarini qondirish mavjud bo‘ladi.
4. Ehtiyojlarining qondirilishi natijasida ijobiy hislarning paydo bo‘lishi yuzaga keladi.
5. Ehtiyojni qondirish orqali paydo bo‘lgan hissiyotlarning sababchisiga nisbatan ijobiy munosabatlarning shakllanishi yuzaga keladi.
Mana shu xil mavzularda ma’ruza qilgandan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar bu ma’lumotlarni qay darajada o‘zlashtirgan-liklari va ularni hayotda mustaqil ravishda kanday qo‘llay olishlari haqida qisqacha suhbat o‘tkaziladi.

“Razvedkachi” o‘yini


Maqsad: Bu o‘yin orqali o‘quvchilarning shaxslararo munosa-batlari, diqqat-e’tibori, ularning ziyrakligi va xotirasini mustahkamlashga erishiladi.


Yo‘riqnoma: Guruh a’zolaridan biri “razvedkachi” bo‘lib tayinlanadi. O‘qituvchi boshchilik qiladi va “hamma to‘xtasin” deb buyruq beradi. Buyruq berilgan guruh a’zolari qay holatda turgan bo‘lsalar, o‘sha holatda qimirlamay qotib qolishlari lozim. Guruh a’zolari o‘z holati va mimikasi bilan qotib qolishga, “razvedkachi” esa har bir odamning tana holati va mimikasini eslab qolishga harakat qilishi kerak. O‘yin qatnashuvchilarining holati, mimikasi va tashqi ko‘rinishini diqqat bilan o‘rgangandan keyin “razvedkachi” (boshlovchining buyrug‘iga binoan) ko‘zini yumadi. Bu paytda o‘yin qatnashuvchilari o‘z turishlari va mimikasi hamda kiyimlarida o‘zgartirishlarni yuzaga keltiradilar. Ma’lum bir vaqtdan keyin “razvedkachi” ko‘zini (boshlovchining buyrug‘i ostida) ochadi va guruh a’zolari tomonidan bo‘lgan o‘zgarishlarni qayd etib chiqadi. O‘yin shu tariqa yana takrorlanadi. (O‘yin 20 daqiqa davom etadi).
“Men –kasblar olamida.”
O‘smirlar uchun trening.

Trening mobaynida o‘smirlar quyidagilarga ega bo‘ladilar:


- o‘zlarini shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari va layoqatlarini aniqlaydilar;
- turli kasblar va o‘quv dargohlari haqida ma’lumot oladilar;
- kasb tanlash qoidalari haqida ma’lumot oladilar;
- bo‘lajak kasbiy faoliyatlarini aniqlashtirib oladilar:
Dasturning maqsad va vazifalari:
kasblar olami haqida ma’lumotga ega bo‘lish va o‘zini kengroq bilish asosida kasb tanlashga ma’suliyatli yondoshuvni vujudga keltirish.
Trening strukturasi:
dastur 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Mashg‘ulot kasb –xunarga yo‘naltiruvchi o‘yinlar va mashqlarni syujetli –rolli o‘yinlarni, suhbat va tashxis metodikalarini o‘z ichiga olgan. Mashg‘ulotni davomiyligi. Beriladigan vazifalarni murakkabligidan va ish jarayonini boshqa konkret shart –sharoitlardan kelib chiqilgani holda 30-40 minut davom etishi mumkin.
Mashg‘ulotni o‘tkazish shart –sharoitlari:
guruhdagi bolalar soni 10-15 nafar bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘lib, ular doira shaklida o‘tirganlari ma’qul.
1 –mashg‘ulot.
1. Boshlang‘ich suhbat.
Trener treningni maqsad va vazifalarini tushuntiradi. Guruhda ishlash qoidalari kelishib olinadi.
2. Tanishuv.
Davra bo‘ylab har bir bola o‘zini ismini aytadi va ismini bosh xarfi bilan boshlanadigan o‘zini ijobiy xislatlaridan birini aytadi. Masalan: Mastura-mexnatkash.
3. Litseylar yo‘nalishlari bo‘yicha beriladigan tavsiyanomalarni aniqlash (aniq fanlar, gumanitar fanlar, tabiatshunoslik).
A) o‘quvchilarga quyidagi vazifa beriladi.

Sonlar qatori berilgan.


1 2 3 4 5


6 7 8 9 10
11 12 13 14 15
16 17 18 19 20
21 22 23 24 25
.. .. .. .. ..
55

Birinchi vertikal qatorning yig‘indisi 55 ga teng. Qolgan vertikal qatorlarni yig‘indisini tashkil etish prinsipini anglagan o‘quvchi shunday deydi: “Raqamlar qatoridagi raqamlar soni beshtadan, demak hosil bo‘ladigan yig‘indi ham 5 ga farq qiladi deb o‘ylayman, ya’ni 60,65,70,75”. Vazifani bunday usulda hal qilgan o‘quvchilar matematikaga qobiliyatli bo‘ladilar.


B) O‘quvchilarga ma’lum xarflari tushirib qoldirilgan so‘zlar yozilgan qog‘oz varag‘i beriladi. Vazifa: xarflarni shunday qo‘yingki, so‘zlar hosil bo‘lsin:
D r x
Q l ch
O‘ l q
S v q
SH m l
R m l
M sh na
D v r
Bu vazifani qiynalmay bajargan o‘quvchilar gumanitar yo‘nalishda fikrlashga qobiliyatli bo‘ladilar.
V) O‘quvchilarga 3 ta xayvonni rasmi ko‘rsatiladi va bir qancha savollar beriladi.
Ot – nima bilan oqatlanadi.
Tovus – qanday ko‘payadi.
Fil –ulardan odamlarga qanday naf.
- qayerda yashaydi.
- u qanday xayvon turiga kiradi.
3. Trening ishtirokchilariga quydagi tavsifnoma beriladi:
- eng yaxshi kasb (bog‘bon)
- eng shirin kasb (qandolatchi)
- eng pulli kasb (bank xodimi)
- eng sochli kasb (sartarosh)
- eng bolalarni sevuchi kasb (o‘qituvchi, tarbiyachi)
- eng kulgili kasb (qiziqchi, masqarabos)
- transportada bilet sotadi (konduktor)
- musiqa asbobini chaluvchi (musiqachi)
- shaxtada ko‘mir qazuvchi (shaxtyor)
- rasmlar chizuvchi (rassom)
- kitoblar yozadi (yozuvchi, olim)
- poyezdni boshqaradi (mashinist)
- bolalar bog‘chasida bolalar bilan shug‘illanuvchi (tarbiyachi)
- derazalarga oyna qo‘yadi (oynachi)
- she’rlar yozadi (shoir)
- fokuslar ko‘rsatadi (fokuschi, ko‘z boylovchi)
O‘quvchilar o‘z javoblarini beradilar.
Siz o‘z tanlovingizni amalga oshirishingiz kerak. Hayot yo‘llarida adashib qolmaslik uchun bizni maslahatlarimizga e’tibor bering:
- yaxshilik qiling;
- yaqinlaringizni xafa qilishdan qo‘rqing;
- odamlarni seving va kechirimli bo‘ling;
- yoshligingizdan g‘ururingizni asrang.
- o‘zingizni va dunyoni o‘rganing;
- hayotdagi maqsadingizni aniqlang;
- o‘zingizdagi zaif tomonlarni oqlashga harakat qilmang;
- birovnikini olishdan ko‘ra, o‘zinikini berish afzalroq;
- og‘ir vaziyatlarda o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang va “yashasin hayot”deya oling.

Kasb –hunarga yo‘naltiruvchi psixotrening.


Trening borishi.
1. Kirish qismi
Trening qoidalari maqsad va vazifalari bilan tanishtirish.
Tanishuv qism: “G‘aroyib tanishuv” mashqi.
2. Asosiy qsim:
- Kasblar alifbosi
- Kasblar olamiga kirish
- Kasb egasini tasvirlab ber
1 –mashq “G‘aroyib tanishuv”
Maqsad: guruh a’zolari o‘rtasida psixologik muhitni yaratish.
Mashqni borishi: ishtirokchilarga oq qog‘oz beriladi, qo‘l bilan odam shakli yasash taklif qilinadi va yasalgan odamga oldi tomonga atrofdagilardan birini ijobiy, orqa tomonga bitta salbiy tomonini yozish taklif yetiladi.
2 –mashq “Kasblar alifbosi”
Maqsad: Kasblar olamining turli –tumanligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish, kasblar nomlarini bilish. O‘quvchilarni bilimlarini boyitish.
Mashqni borishi: ishtrokchilar 4 guruhga bo‘linib oladilar. Boshlovchi alfavit hariflarini 4ga bo‘lib guruxlarga tarqatadi. O‘quvchilar o‘zlariga tushgan hariflarga 5-daqiqada kasb nomlarini topib yozishlari kerak. So‘ngra boshlovchi biror xarifni va shu harf tushgan guruh kasb nomini aytadi. Agar guruh ushbu harfga kasb nomini bilmasa, u holda boshqa guruhlar o‘z variantlarini aytishlari mumkin. Har bir kasb nomi uchun ball beriladi. Boshlovchi ham qolib ketgan harflarga kasblar nomlarini aytib o‘tishi mumkin.
3 –mashq “Kasblar olamiga kirish”
Maqsad: O‘quvchilarni mantiqiy fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
Mashqning borishi:
Boshlovchi tomonidan stolga turli kasb anjomlari quyiladi va turt guruxdan bittadan a’zo chiqib xoxlagan buyumini guruxiga olib boradi. Shu buyumga mos keluvchi kasbni tanlaydilar va shu kasb uchun anjom yig‘ishni boshlaydilar. Mashq so‘ngida tanlangan kasblari va unga tegishli anjomlarni ta’riflab berishlari kerak.
4 –mashq “Kasb egasini tasvirlab ber”
Maqsad: O‘quvchilarda tasavvur qila olish, ijodiy fikrlash qobiliyatni, turli kasb vakillarini mexnat sharoitlari xaqida tasavvurlarini shakllantirish, kayfiyatni ko‘tarish.
Mashqning borishi: Boshlovchi tomonidan birma –bir gurux a’zolari chaqirilib, turli kasb egalari rasmlari yashirin tarzda ularga ko‘rsatiladi. Ishtirokchilar ko‘rganlarini turli xarakatlar orqali tovushsiz tasvirlab berishlari kerak. Qolganlar esa qaysi kasb egasi ekanliklarini topishlari kerak. Topgan ishtirokchi o‘yinni davom ettiradi.
Yakuniy qism: Trening yakunlanadi va umumiy xxulosalar aytiladi.
Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling