Trening mashqlari


«Kechagi kun haqida suxbat»


Download 143 Kb.
bet2/7
Sana18.02.2023
Hajmi143 Kb.
#1212890
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Trening mashqlari

«Kechagi kun haqida suxbat»
O’tilgan mashg’ulotlar haqida xoxlagan qatnashuvchi gapirishi mumkin. Unga ish jarayoniga nima yordam berdi va nima amalga oshdi? Sabab nima? Gurux qatnashuvchilariga qanday talablar bor, rahbarga-chi? Guruxga qo’llanilayotgan qoidalar hammaga tushunarlimi? Qanday tilak va istaqlar bor. Butun mashg’ulot davomida gurux tinglovchilari tinchlikni saqlashi va ochiqchasiga baxs yuritishga imkon yaratish lozim. Bu mashqning boshqa mashqlardan farqi sho’qi majburan xech kim gapirmaydi.
2-mashg’ulot. Mavzu: «Men kimman»
10 minut davomida o’quvchilar men kimman? Degan savolga javob yozadilar, masalan: Men
talabaman. Men ota- onamning farzandiman. Har bir talaba navbatma-navbat yozganlarini o’qib borishlari kerak. Javoblar samimiy, chin yurakdan bo’lmog’i lozim. Boshqalar uni diqqat bilan tinglab so’zini bo’lmasliklari kerak va o’qib bo’lgandan keyin muxokama qilinadi, mashg’ulot oxirida boshqaruvchining o’zi yakunlaydi.
Xozir aytilgan gaplarimni men bilan aytasizlar: (boshqaruvchi bilan baravariga
aytiladigan gaplar).
1.Men aqlli, kuchli, xush muomala bo’lishni xoxlayman.
2.Men yaxshi o’qiyman.
3.Men hammaga yaxshi munosabatda bo’lishga harakat qilaman.
4.Men o’z ota-onamni, do’stlarimni, ustozlarimni hurmat qilaman.
5.Men har kuni yaxshi ishlar qilaman .
6.Bugundan boshlab kun tartibiga qattiyan rioya qilaman.
7.Men o’z vaqtida darslarimni tayyorlayman. Ota- onamga, kattalarga yordam beraman va kichiklarga gamxo’rlik qilaman va hokazo.
3-mashg’ulot. «Qanday qilib aqlli bo’lish mumkin?»
1- Kirish so’zi: yaxshi o’qish, bilimli, epchil, o’ziga ishongan bo’lish hammaning ham orzusidir. Aql bo’lmasa kuchdan foyda yo’q. Aql va xotirani mashq natijasida rivojlantirish mumkin. Xozir siz boshingizdan kechirganlar haqida uylab ko’ring va ulardan xulosa chiqaring. Atrofingizda va ota-onangiz bilan bo’lgan voqealarni muxokama qilib uylab ko’ring.Eng asosiylarini yodda tuting yoki kundalik tutib eng qiziqarli voqealarni yozib boring.
2- Variant. Siz nima uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraginingiz haqida uylab ko’ring.
Qaerda xato qildingiz? O’z xatolaringizni takrorlamaslikka harakat qiling.
Qilayotgan ishlaringiz natijalarini avvaldan ko’ra bilishni o’rganing.
3- Variant. O’zingiz yaxshi ko’rgan xayvonlar, qushlar haqida gapirib bering. Iloji boricha qisqa va qiziqarli so’zlang. O’z fikringizni to’g’ridan-to’g’ri ifodalashga harakat qiling.
4- Variant. O’z sinfingiz (guruxingiz)haqida gapirib bering Guruxingizdagi qaysi xislatlar sizga yoqadi? Nimalar yoqmaydi? Guruxingizdagi o’z o’rningizni, mavqeingizni baxolang. Uni qanday qilib yaxshilash haqida o’ylab ko’ring.
5- Variant. Qisqa hikoya tuzing. (Uylamasdan gapirib bering) hikoyangiz yaxshi chiqmasa ham mayli. Asosiysi dangasalik qilmasdan hikoya to’zish lozim.
Xulosa: endi mening ketimdan qaytaring; Aql kuchni yolg’onni ayyorlikni doimo engadi, men o’z aqlimni peshlab boraman. Men yaxshi o’qiyman. Aqlli va kuchli bo’laman. O’z orzularimga etish uchun harakat qilaman. Meni hurmat qilishlari uchun harakat qilaman. O’zim ham sinfdoshlarimga hurmat bilan qarayman. Xayot go’zal. Men uni yaxshi ko’raman. Hamma narsani bilishni va o’rganishni istayman. O’z kuchimga ishonaman. Men faqat yaxshi ishlarni amalga oshiraman.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling