Trening mashqlari


«Arazchanlik va gap ko’tarmaslik»


Download 143 Kb.
bet3/7
Sana18.02.2023
Hajmi143 Kb.
#1212890
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Trening mashqlari

«Arazchanlik va gap ko’tarmaslik»
Mashg’ulot maqsadi: Do’stlik munosabatlarini yozishdan avval o’z xatti-harakatini anglab etish keraKligini bolalarga tushuntirish.
Kirish so’zi; Odamlarni qilgan ishlarini ba'zan kechiramiz, ba'zan esa kechirmaymiz. Ba'zan esa biz ham birovdan xafa bo’lib ketamiz. Buni araz deymiz. Araz ham ikki xil bo’ladi: xaqiqiy va yolgon arazlash. Agar sendan biror kishi arazlab qolsa uylab ko'r va uning araziga darrov javob bera ko’rma chunki bu shunchaki yolg’on araz bo’lishi mumkin. Balki u odam sizdan umuman xafa bo’lmagandir. Agar bizni biror odam xafa qilsa darrov
undan arazlab qolamiz lekin o’zimiz birovlarni xafa qilib qo’yganimizni sezmay qolamiz. Shuning uchun har bir xatti-harakatimizni har bir ishimizni uylab gapirishimiz lozim. Birovdan xafa bo’lishdan oldin o’zimizni xatti-harakatlarimizni gap so’zlarimizni taxlil qilib ko’rishimiz kerak. Balki xatolik o’zimizdan o’tgandir. Faqatgina befaxm va befarosat odamgina doimo, hamisha boshqalarni ayblab, arazlab xafa bo’lib yuradi. Aqlli odam esa kelishmovchilik sababini o’zidan qidiradi. Shuni yodingizda tutingki qilingan ishni aytilgan so’zni qaytarib bo’lmaydi. Har kim o’z qilgan ishi uchun o’zi javob beradi. Aqlli odam buni xech qachon unutmasligi kerak.
Endi o’quvchilarga vazifa beriladi: Har kim o’zining gap ko’tarmaslik bo’lgan vaziyatlarni aytib bersin. Aytilgan fikrlar muxokama qilinadi va xulosa chiqariladi.
«Psixologik portret»
Aytingchi , sizning do’stingiz kim? Har bir qatnashuvchi 3-4 minut davomida kimningdir portretini aytib berishi kerak. Kishi harakterini asoslab berishi kerak. Kishi harakterini asoslab beruvchi 10-12 ta xususiyatlar aytiladi va bu kishi kim ekanligini topish lozim va topgan odam esa aynan nima uchun ekanligini izoxlab beradi.
Psixologik portret tuzgan avtor aytilayotgan javoblarning to’g’ri va noto’g’riligiga ham tezda iqror bo’lmay hamma qatnashchilarni javobini tinglashi kerak.
7-mashq. «Erkalab aytilgan ism»
Hamma qatnashuvchilar doira bo’lib o’tiradilar. Uy vazifasi bo’lgan erkalab aytiladigan ismlarni eshitganlarida qanday xissiyotlar ta'sirida bo’lganliklarini aytib beradilar. Bu mashg’ulot davomida qatnashuvchilarning samimiyliklariga ochiq-oydin so’zlashishga tayyorliklariga o’zlarining xissiyotlarini baham ko’rib qanday izoxlab berishga e'tiborni qaratmoq lozim.
8-mashq. «Kompliment» (Shirin suxan yoki oltin so’zlar)
Mashqning maqsadi: o’yin davomida qatnashuvchilarning diqqatini muloqot jarayonida kompliment so’zlarini va iboralarini qo’llashning ahamiyatligiga qaratishdan iborat.
Barcha qatnashuvchilar doira bo’lib o’tiradilar. Boshqaruvchi shunday deydi:
Hozir biz bir-birimizga yoqimli so’zlar aytamiz. Yoqimli so’zlarni aytishdan oldin albatta o’sha shaxsning ismini aytish lozim. Masalan: Elmira, sen chiroyli, xushmuomala qizsan, doimo hammaga yordam berasan.
Doira buylab navbatma-navbat ishtirokchilarning hammasi bir-biriga maqtovlar aytadi. Hamma gapirib bo’lgach, boshqaruvchi endi har biringiz aytilgan maqtovlardan nimalar xis qildingiz yoki birovlarni maqtayotganda nimalarni xis qildingiz deb suraydi.
Bu o’yin jamoaning kayfiyatini ko’taradi va nizolarning oldini olishga yordam beradi.
Muxokama tugagandan keyin boshqaruvchi xulosa qilib komplimentning insonlarga qanday ta'sir etish mexanizmlari haqida maruza aytib beradi.
9-mashg’ulot. «Panjalar».
Gurux qatnashchilari doira bo’lib o’tiradilar. Boshqaruvchi:Biz quyidagi vazifalarni bajarishimiz kerak. Men 1,2,3 deb sanagandan keyin guruxning har bir a'zosi panjasida biron sonni ko’rsatgan xolda oldinga chiqadi. O’yin hamma baravar panjalar sonini ko’rsatmaguncha davom etaveradi. O’yin davomida gaplahish, mimika, juft-juft bo’lib ham bajarish mumkin .Va iloji bo’lsa har bir gurux a'zosi o’ziga kam tanish bo’lgan biror-bir kishini tanlaydi. Bu mashqda qatnashchilar o’z muloqot xususiyatini shaqllantiradi.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling