Trening mashqlari
O’YINNING MUHOKAMA QILISH
Download 143 Kb.
|
Trening mashqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Biror nima uchun kerak bo‘lgin» mashg‘ulot
O’YINNING MUHOKAMA QILISH.
Boshlovchi kasbni tahlil etish sxеmasining har bir bandi bo’yicha sinf bilan birgalikda doskada yozilgan uchta variantning to’ғri va noto’ғri javoblarini aniqlaydi. _________________________________________________________ 1-ILOVA Kasbni tahlil etish sxеmasi 1.Mеhnat prеdmеti: tabiat, tеxnika, odam, bеlgilar, badiiy obraz. 2.Mеhnat maqsadi: bilish (baholash, tub o’zgarish qiluvchi, izlanuvchanlik (tadqiqotchilik). 3.Mеhnat vositasi: qo’l, mеxanik, avtomatik, funksional (nutq, mimika, jismoniy ) , nazariy (bilim). 4.Mеhnat shart-sharoiti: ma’shiy mikromuhit, noodatiy muhitlar (sеx, magazin), ekstrеmal (suv osti, shaxta), ochiq havo. 5.Mеhnatni tashkil etish: aniq tartib-qoidaga asosan, odatiy munosabatlar bo’yicha: boshliq-xodim, nisbiy mustaqil. 6.Mеhnat jarayonidagi muloqot: individual (mijoz bilan), guruhda ishlash, katta jamoa va auditoriyalar bilan ishlash. 7.Mеhnatga mas’uliyatini bеlgilovchi: moddiy, axloqiy, inson hayoti va salomatligiga daxldorlik. 8.Harakatlanish xaraktеri: o’tirib ishlash, tik turib ishlash, doimiy harakatda ishlash. 9.Salomatligiga qo’yiladigan talablar: yuqori, mе’yorda, barchasini amaliy bajarish. 10.Kasbga nisbatan jamiyatning ehtiyoji: talab bor, talab etilmaydi, ish topish qiyin. 11.Kasb xususiyatlari: imtiyozlarga ega (qanday?), barvaqt nafaqaga chiqish, ta’tillarga borish, qiziqtiruvchi imkoniyatlari (mеhnat mеhnatsiz daromad olish imkoniyati) va boshqalar. 12.Kasbni egallash: ma’lumot talab etilmaydi, ishlab chiqarish o’quvchisi, maxsus kurslarni, kasb-hunar kollеji, oliy o’quv yurti aspirantura, doktorantura, akadеmiya tamomlash. __________________________________________________________________ 2-3 ta kasblarni tahlil etilgandan so’ngra murakkab hollarda o’yin to’xtatiladi. «Biror nima uchun kerak bo‘lgin» mashg‘ulot Maqsad: Uyushgan guruhning kelgusida o‘z fikrini ochiq bayon qilishini mustahkamlash, o‘zini tahlil qila bilishini rivojlantirish va o‘zining ifoda qilmoqchi bo‘lgan fikrini psixologik to‘siqlardan yengib o‘tish kuchini shakllantirish. Rolf Emerson Amerikalik faylasuf va shoir Boshlovchiga ko‘rsatmalar: mashg‘ulotlarni o‘tkazish koidalariga qat’iy amal qilish. a) “Bevosita aloqa” anketasining tahlili. b) Qatnashuvchilarga qoidalarni eslatish, o‘zgarish va to‘ldirishlar to‘g‘risida ularning fikrini hisobga olish. v) Qatnashuvchilarning o‘z ustida ishlashini o‘z ichiga oluvchi Etyud, ya’ni psixologik (razminka). g) Uy vazifasining tahlili. d) Mashg‘ulotning asosiy mashqlari. ye) Yakuniy tadbir. “Yana nima ustida ishlash kerak?” savoliga javob bering va anketani to‘ldirish. Mashg‘ulotda qatnashuvchilar o‘z xarakterlarining kuchsiz tomonini tahlil qilishga e’tibor berishlari kerak. Mazkur usul har bir qatnashuvchiga bu usul ularning kuchsiz tomonlarini chuqur va to‘la tushunishiga sharoit yaratishi kerak. Bu ishlar davomida qatnashuvchiga guruh a’zolarining qo‘llab-quvvatlashlari juda zarur. Har bir qatnashuvchining shiori muhokamasidan so‘ng, guruhning o‘zaro munosabati va o‘zaro harakati shakllanadi (Bu mashg‘ulot 30 daqiqa davom etadi). “Shior” mashg‘uloti Maqsad: Mashg‘ulot orqali har bir guruh a’zolarida trening mashg‘ulotlaridan keyin shiorlari ostida qatnashish holati shakllanadi. Shuningdek, ular har bir mashg‘ulotning oxirida shu shiorlarini rivojlan-lantirib boradilar, ya’ni har biriga aniq va ravshan hayotiy yo‘llanma berib boradilar. Yo‘riqnoma: Qadimda shunday odat bo‘lgan edi, qayerni darvozasiga botirlarning avlodlari timsoli yoki shiori, ya’ni qayerni egasining rahbarlik g‘oyalari yoki maqsadlari tasvirlanadi. Biz timsol chizmaymiz, lekin shior ustida o‘ylab ko‘ramiz. Har bir guruh a’zosi hayotiy muammoni butun dunyo va o‘ziga munosabatini bildiruvchi, o‘z shiorini qolipga solishi kerak. Shiorni qolipga solishga 5-7 daqiqa vaqt beriladi. So‘ngra qatnashuvchi-lar navbati bilan o‘z shiorlarini o‘qiy boshlaydilar va lozim bo‘lsa tushuntirib beradilar. (Mashg‘ulot 30 daqiqa davom etadi). Yettinchi mashg‘ulot: “Intervyu” Maqsad: Mashg‘ulot guruh qatnashuvchilarining tortinchoqlik, uyatchanlik, yoki aksincha, betgachoparlik, shartakilik va johillik hamda muloqotga kirishuvchanlik kabi shaxs xususiyatlari va shaxslararo munosabatlarni ijobiy shakllantirishga to‘g‘ri yordam berish. O‘z oldida ochiq va chin ko‘ngilda qolaversa kim guruh qatnashchilari oldida esa juda qiyin vazifa turibdi. Lekin siz anchagina bir-biringizni bilasiz, shuning uchun har bir savolga sidqidildan, samimiy javob berishga tayyorsiz. har biringiz guruhning boshqa a’zolari uchun 1 tadan savol tayyorlasangiz va har biringiz intervyu berishga tayyorsiz. Intervyuning asosiy vazifasi savolga ochiq va to‘liq javob berish bilan birga siz o‘zingizni yanada yaxshiroq tushunib olishga harakat qilasiz, chunki bu savollar xarakteringizning asosiy ko‘rinishlari, ko‘nikmalaringiz va qiziqishlaringiz hamda murakkab xayotiy muammolaringiz haqidadir. Bir so‘z bilan aytganda siz juda qiziqarli insonsiz. Shuning uchun sizga atrofdagilarning savollari ko‘p. Kim birinchi bo‘lib intervyu berishga tayyor? 1-bo‘lib javob berishga tayyor qatnashuvchi, guruhning har bir qatnashchisiga aniq va yaxshi ko‘rinadigan joyga o‘tirishi kerak. Qolganlar navbati bilan savolga javob berishni boshlaydilar. Sharh: Boshlovchi har bir qatnashuvchining intervyusi 5 daqiqadan oshmasligi, har bir javob aniq, ravshan bo‘lishi va shu suhbatda hamma qatnashishini kuzatib borishi kerak. Shu bilan birga intervyu beruvchi o‘ziga tegishli bo‘lmagan deb hisoblangan savolga javob bermasligi mumkin. Variant: agar intervyu vaqti chegaralangan bo‘lsa, u guruh a’zolaridan xohlaganini tanlagani uchun kishining o‘zi savolga javob berishi aytiladi. Bu guruh a’zolari navbati bilan savollarini beradilar. (O‘yin 60 daqiqa davom etadi). “Hozir siz, ich-ichingizdan nimani his qilayapsiz?” mashqi Maqsad: Ushbu mashq davomida guruh a’zolarining bir-biriga bo‘lgan diqqat, e’tibori kuchayadi, ahilligi yanada ortadi”. Vazifa: Guruh a’zolari davra bo‘lib o‘tiradilar. Boshlovchi (o‘qituvchi) ning ko‘rsatmasi; “Hozir guruh a’zolaridan har biri galma-gal ichki holatni biron-bir harakatlar orqali ifodalab beradi. Guruhning boshqa a’zolari esa, shu odamning ichki holatini iloji boricha his etishga harakat qilishadi. (Mashq 30 daqiqa davom etadi). Sakkizinchi mashg‘ulot Download 143 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling