Trutzschler”, Rieter”, “Marzoli” firmaparining piltabirlashirish va qayta tarash mashinalari bilan tanishish


Download 0.6 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1606775
  1   2   3
Bog'liq
firmaparining piltabirlashirish va qayta tarash mashinalari bilan tanishish.


Trutzschler”, "Rieter”, “Marzoli” firmaparining piltabirlashirish va qayta tarash mashinalari bilan tanishish.
Reja:



  1. Qayta tarash jarayoni maqsadi, mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari

  2. Qayta tarash tizimining yangiliklari

  3. Qayta tarash mashinasining yangiliklari

  4. Xolstchani almashtiruvchi ROBOlap avtotizimi

Qayta tarash jarayoni maqsadi, mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari
Qayta tarash jarayonining maqsadi bir tekis, toza va silliq ingichka ip olishdan iborat.
Qayta tarash jarayonining mohiyati tola tutamchalarini alohida tolalarga ajratish, kalta tolalar va mayda yopishqoq begona jismlarni ajratish, egri bugri tolalarni to’g’rilash va ularni parallellashtirishdan iborat.
Qayta tarash jarayonining faqat bitta davriy usuli qo’llanilmoqda. Paxta tolasini qayta tarashda Riter va Tryuchler firmalarining mashinalarida qayta tarash texnikasi va texnologiyasi yangiliklari bilan tanishiladi.

Qayta tarash tizimining yangiliklari


Qayta tarash texnologiyasi etakchi firmalarda xolsta tayyorlash va uni
tarash bosqichlariga bo’linadi. Piltalash mashinasidan o’tkazilgan pilta strukturasi va xossalari bo’yicha qayta tarashga tayyor hisoblanadi, lekin xom ashyodan to’g’ri foydalanish hamda uzun tolalarning chiqindiga ajralishini bartaraf etish maqsadida xolstcha tayyorlanadi. Xolstcha tayyorlashning turli usullari mavjud. Hozirda eng keng tarqalgan usul taralgan piltani piltalash xolstcha shakllantirish mashinasidan o’tkazish hisoblanadi. Bunda xolstcha bir bosqichda (o’timda) tayyorlanadi.Tryuchler firmasining TSO 1 qayta tarash mashinasi ko’rinishi 1rasmda ko’rsatilgan. Uning asosiy afzalligi unumdorligi kattaligidadir, ya‟ni taroqli barabanning aylanishlar chastotasi 500 min-1ga etkazilgan. Xuddi shuningdek Riter firmasining E80 qayta tarash mashinasi ham shunday ko’rsatkichga ega.

1- rasm. TSO 1 qayta tarash mashinasining ko’rinishi.
Bunday ko’rsatkichga erishishda firmalar qator konstruktiv va texnologik yangiliklardan foydalangan. Bunda taraqli baraan aylanishlar chastotasi oshirilgandan tashqari tarash zonasi kattalashtirilgan, ya‟ni tarovchi segment kengaytirilib, tarandi miqdori 3%ga oshirilgan. Avtomatlashtirilgan Robolap va yarimavtomat Servotroller transportirovka tizimi qo’llanilgan.Riter firmasining E80 rusumidagi qayta tarash mashinasida ta‟minlash uzunligi 4,3;4,7;4,95; 5,2; 5,55;5,9 mm ni, Tryuchler firmasining TSO 1 qayta tarash mashinasida ham ta‟minlash uzunligi shu diapazonda bo’lib, 4,15 mm dan - 5,92 mm gachani tashkil etadi. Harakat uzatilishini aniq bajarish uchun asosan tishli tasmalar o’rnatilgan (2-rasm a) bo’lib, xolst pnevmatik tarzda shaylanadi. Mashina rangli displey yordamida boshqariladi (2-rasm b).





a

b

2-rasm. Cho’zish asbobi silindrlariga tishli tasma yordamida harakat uzatilishi a) va mashinani boshqarishning grafik ko’rinishi b).
E80 qayta tarash mashinasi unumdorligi soatiga 84 kgni kuniga 2 tonnani tashkil etadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling