Trutzschler”, Rieter”, “Marzoli” firmaparining piltabirlashirish va qayta tarash mashinalari bilan tanishish


Qayta tarash mashinasining yangiliklari


Download 0.6 Mb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1606775
1   2   3
Bog'liq
firmaparining piltabirlashirish va qayta tarash mashinalari bilan tanishish.

Qayta tarash mashinasining yangiliklari


Mazkur mashinaning asosiy ishchi organi hisoblangan tarash barabanining taroqli segmenti PRIMOCOMB Graf firmasida tayyorlangan bo’lib, u to’rt xil garnituralari bilan farqlanuvchi sektorlardan tashkil topgan. Tryuchler firmasining TSO 1 qayta tarash mashinasi ham xuddi shunday tuzilgan tarash segmentiga ega, lekin u “Staedtler+Uhl” firmasida tayyorlanadi.
E80 qayta tarash mashinasini qo’llash natijasida ipdagi nuqsonlar20 %ga kamayib ipning sifati yaxshilanganligi ma‟lum. Bundan tashqari Ri-Q-Comb taroqli barabancha garnituralari sifati yuqori bo’lganligidan hamda ignalar soni ko’paytirilganidan shunday ijobiy natijalarga erishilgan. Ri-Q-Comb taroqli barabancha ko’rinishi 3-rasm a) da, uning ishlashi esa 3-rasm b) da ko’rsatilgan.



E 66

a

b

3-rasm. Ri-Q-Comb taroqli barabancha ko’rinishi a), uning ishlashi b)
E80 qayta tarash mashinasining unumdorligini 10%ga oshirish ustida ishlab, Riter firmasi Ri-Q-Comb taroqli barabanchani, 500 min-1 aylanishlar chastotasida aylantirib, ta‟minlash uzunligini 5,9 mm qilib maksimal unumdarlikga sifatni pasaytirmay erishgan. Bunda Ri-Q-Comb ning geometriyasi texnologik jarayonlarni kompyuterda modellashtirib (C•A•P•DQ) erishilgan (4-rasm).

a

b

c

4-rasm. Ri-Q-Comb ning geometriyasi a), o’zi tozalanuvchan ustki taroq b), barabancha va ustki taroq orasidagi masofa o’zgarmasligi sxemasi c).
Baraban taroqlari va ustki taroq o’rtasida tolalarni qayta tarab kaltalarni ajratish vazifasi taqsimlangan. Bunda asosiy vazifani taroqli barabancha bajaradi, ustki taroq esa 3% kalta tolalarni ajratadi. TSO 1 qayta tarash mashinasida taroqli barabancha almashinuvchi to’rtta alohida segmentlarga ega. U Staedtler+Uhl firmasining har xil garniturali (ignali) segmentlaridan tashkil topib, 90° tarash burchagiga ega. Bir kvadrat dyuymda 160 tadan 900 tagacha ignalar joylashtiriladi.
SHuni ta‟kidlash kerakki, qayta tarash samaradorligi bir xilligini ta‟minlash uchun tiski bilan ignalar orasidagi masofa o’zgarmasligi 900 tarash burchagining hammasida saqlanadi. Ustki taroq shaklan ajratuvchi valiklarga moslab, Staedtler+Uhl firmasida ishlab chiqilgan. U o’zi tozalanuvchan deyilib, siqilgan havo juda qisqa vaqt yuqoridan pastga puflab, yopishgan tolalardan ignani tozalaydi. Bu tarash jarayoni bir xilligini ta‟minlaydi va tozalash oraligi uzayishiga olib keladi.Taroqli barabancha va boshqa harakatdagi detallarning engil metalldan tayyorlanganligi natijasida inersion kuchlar kamayib, tegishlicha energiya sarfining ham 10% gacha kamayishiga erishilgan. Taroqli barabancha segmenti kattalashtirilganligi hamda Ri-Q-Comb ning E80 da qo’llanilishi tolalar saralanishiga ijobiy ta‟sir ko’rsatadi. Bu oldingi modellarga nisbatan aniq saralash evaziga tolaning 2 % gacha tejalishiga olib keladi. Bu o’z navbatida har bir kg piltada 20% gacha sarf harajat kamayishiga olib keladi.
Qayta tarashda tiskilar roli beqiyosdir. Riter firmasining so’ngi E80 qayta tarash mashinasida yuqorida keltirilganidek tiskilar qo’zg’aluvchan bo’lib, C•A•P•DQ tizimi bilan jihozlanganligi bois sifat yuqoriligi va unumdorlik kattaligiga erishilgan.Tiskilar ko’rinishi 5-rasm a) da, ustki taraqlar esa 5-rasm b)da,tarandi rostlagich 5-rasm c)da ko’rsatilgan.
b
a v
5-rasm. Tiskilar ko’rinishi a), ustki taroqlar b),tarandi rostlagich c).
Rieter ning E80 qayta tarash mashinasida chiziqiy zichligi 80 g/m gacha xolstcha qiyinchiliksiz qayta ishlanadi(5-rasm,a). Tiskilarning tolalarni aniq qisib ushlashi, unga monan taroqli barabancha va ustki taroqning optimal harakatlari tufayli qayta tarash jarayonining hamda hamma diapazonda tolalarning saralanishi optimalligi ta‟minlanadi.
Ustki Ri-Q-Top tarog’ining qo’llanilishi samaradorlikning maksimalligini ta‟minlaydi(5-rasm, b). Tishlar shaklining optimalligi ularning zichligi va tarash boshlanish nuqtasi ham mazkur maqsadga xizmat qiladi.
Yangi Ri-Q-Bar moslamasi tufayli E80 qayta tarash mashinasining pastki diapazoni oddiy va samarali kengaytiriladi (5-rasm, v). Ri-Q-Bar moslamasi tarandi miqdorini foydalanuvchiga qulay ravishda kamaytirishda qo’llaniladi. Buning uchun Ri-Q-Barning zulfini burab, uni tiskiga ulansa, qayta tarash samarasi yaxshilanishi kafolatlanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling