Trutzschler”, Rieter”, “Marzoli” firmaparining piltabirlashirish va qayta tarash mashinalari bilan tanishish


Xolstchani almashtiruvchi ROBOlap avtotizimi


Download 0.6 Mb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1606775
1   2   3
Bog'liq
firmaparining piltabirlashirish va qayta tarash mashinalari bilan tanishish.

Xolstchani almashtiruvchi ROBOlap avtotizimi


ROBOlap mashina operatorining ishini engillashtirib, uning xizmatini faqat kuzatuvdan iborat qiladi. E80 mashinasining FVK oldingi mashinalarga nisbatan 2% ga oshgan. Bundan tashqari xolstchani shaylash avtomatik tarzda amalga oshirilganligi tufayli qo’lda shaylashga nisbatan sifat yuqoriligi ta‟minlanadi. Natijada qayta taralgan piltaning ravonligi oshadi. ROBOlap qo’llanilganda yuqori malakali operatorga mashinada ishlash uchun extiyoj qolmaydi. Shunday qilib, ROBOlapning afzalliklari quyidagilar: xizmatchilarga sarf xarajatlar kamaygan; qayta tarash mashinasining to’xtab turishlari yo’qolgan; mashinadan foydalanish koeffitsienti yuqori; mahsulot sifati yaxshilangan.
ROBOlap quyidagicha ishlaydi. Xolstchalardan biri ishlatilib tugaganda mashina to’xtaydi. Keyin ketma-ket quyidagilar 6-rasmda ko’rsatilgandek sodir bo’ladi:

a b c d
6-rasm. ROBOlapning ishlash bosqichlari

  1. Xolstchaning teskari aylanishi natijasida uziladi. Keyin g’altakda qolgan tola qatlamini olib tashlash uchun to’g’ri tomonga aylanadi (6-rasm a);

  2. Bo’shagan patron magazinga yumalab tushadi,8 ta to’la xolstchalar ishchi pozitsiyasiga, ya‟ni yumalatuvchi valiklarga o’rnatiladi (6-rasm, b).

  3. Mahsuotning uzilgan uchlari shaylashga tayyorlanadi (6-rasm, c);

  4. Xolstchani Aero-Pic tizimi yordamida pnevmatik shaylash (6-rasm d).

SHundan so’ng mashina avtomatik tarzda ishga tushadi.

Xolstchalarni transpotirovka qiluvchi SERVOtrolley tizimi


SERVOtrolley E 17 yarim avtomatik tizim avtomatik qayta tarash mashinasi (ROBOlap)ga xolstchalarni transportirovkalash uchun xizmat qiladi. Buning uchun pilta birlashtiruvchi mashinada aravachaga to’rtta xolstcha avtomatik tarzda yuklanadi (7-rasm).





7-rasm. Xolstchalarni qayta tarash mashinalariga aravada qo’lda (chapda) va avtomatik (o’ngda) transportirovkalash
SERVOtrolley aravachasining qayta tarash mashinalariga borishi qo’lda amalga oshiriladi. Ishlayotgan qayta tarash mashinalarida xolstcha g’altaklari bo’shishi bilan to’la xolstchalar valiklarga avtomatik tarzda qo’yiladi. Keyin ROBOlap tizimi yordamida xolschalar mashinada yuqorida bayon etilgandek shaylanadi. Bular E80 qayta tarash mashinasi yangiliklarini tashkil etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Pirmatov A.P.va boshqalar, Xom ashyoni yigirishga tayyorlash, leksiyalar matni, TTESI, 2015y.;

  2. www.rieter.com, mashina pasportlari;

  3. www.truetzschler.com, mashina pasportlari;

  4. www.marzoli.it, mashina pasportlari

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling