TSalomatlik diagnostikasi


Download 0.92 Mb.
bet3/8
Sana30.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1405592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- topshiriq nazariy

AUSKULTATSIYA bu- (Ichki aʼzolarda yuzaga keladigan tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Masalan, yurak urishini eshitib, uning sogʻ yoki kasalligini aniqlash. Auskultatsiyada badanning tegishli qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita Auskultatsiya) yoki maxsus asboblar (stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qoʻyib eshitib koʻradi (bilvosita Auskultatsiya). Auskultatsiya tibbiyot amaliyotida yurak, oʻpka, qon tomir kasalliklarini, shuningdek qon bosimini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga egametodlari qoʻllaniladi. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini tekshirishda reflekslar, sezuvchanlikning har xil turlari, koʻruv va eshituv, taʼm va hid biluv oʻtkirligini aniqlash uchun maxsus usullar tatbiq etiladi. Oliy nerv faoliyatini oʻrganish diagnostikaning muhim vazifalaridandir. Bundan tashqari, gavda qismlari oʻlchanadi (termometriya va antropometriya), ichkariroqda joylashgan aʼzolarni tekshirishda har xil koʻzgular (quloq, burun, hiqildoq,) va optik asboblar (koʻzni tekshirishda — oftalmoskop , qiziloʻngachni koʻrishda — ezofagofibroskop, meʼda-ichak tekshirishda — gastroduodenofibroskop, kolonoskop va h.k.)dan foydalaniladi. Yurak va tomir harakatlarini qogʻozga yoki foto-plyonkaga yozib olish (kardiografiya va sfigmografiya)ning ahamiyati katta. Yurak va miyadagi elektr potensiallarining oʻzgarishlarini qayd qilish (elektrokardiografiya va elektroensefalografiya) ayniqsa muhim usuldir. 20-asr oxirida ichki aʼzolar kasalliklari Diagnostikasida ultratovush texnikasi, magnit rezonans apparati, kompyuter tomografiya usullari keng qoʻllanila boshladi. Baʼzi kasalliklarni aniqlashda radioaktiv izotoplar tatbiq etiladi. Bunda nafas olish, qon aylanish, ajratish aʼzolari va endokrin sistemalar holati, shuningdek, moddalar alma-shinuvining buzilishi aniqlanadi. Labaratoriyada qon, siydik, axlat, balgʻam, shuningdek, koʻmik, jigar, taloq, limfa tugunlarini punksiya qilib olingan materiallar mikroskopik, fizik va kimyoviy tekshirishdan oʻtkaziladi. Kasallikni qoʻzgʻatgan mikroblar va immunitetni aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan bakteriologik, immunologik va serologik metodlar Diagnostika uchun katta ahamiyatga ega. Hozirda radiotelemetrik Diagnostika usuli (biror koʻrsatkichni masofadan oʻlchash) ishlab chiqilgan.
Funksional kasalliklar Diagnostikasidaa tashhis qoʻyishda asosiy va yoʻldosh kasalliklar hamda asoratlar sabablari aniqlanadi, sistema va aʼzolar faoliyatining buzilish darajasi belgilanadi, tekshirilayotgan bemorning shunday kasallik bilan ogʻrigan boshqa bemordan farq qiladigan fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Patologoanatomik Diagnostikada bemor vafot etganidan keyin uni yorib olingan maʼlumotlari va toʻqimalarini biotini taxlil qilish asosida tashhis qoʻyiladi. Diagnostikani takomillashtirishda hozirgi davrga kelib telekommunikatsiya, internet va elektron aloqalardan foydalanish mumkin.
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling