TSalomatlik diagnostikasi


Download 0.92 Mb.
bet2/8
Sana30.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1405592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2- topshiriq nazariy

Mavzu: Funksional dignostikani asosiy vazifalari
Kirish




  1. Funktsional diagnostika nima?


  2. Funktsional diagnostika usullari.


  3. Funktsional diagnostika usullarining tadbiqi


Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar

Funktsional diagnostika nima?
Bu inson tanasining barcha a'zolari va tizimlarining funksionalligini ob'ektiv baholash imkonini beruvchi bir qator diagnostika muolajalarini o'zida mujassam etgan tibbiyot fanining sohalaridan biridir. Demak biz diagnostika nima ekanini bilishimiz kerek bo’ladi buning uchun quyidagi ta’rifni keltirib o’tamiz. Diagnostika (yunon. diagnostikos — aniqlashga qodir) — klinik tibbiyotda veterinariyada kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish jarayonlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini oʻrganadigan boʻlim hisoblanadi. Diagnostika asosan fan sifatida uch asosiy qismga boʻlinadi. Demak bu quyidagilardan iborat:
1) bemorning shikoyatlarini yigʻish va oʻrganish metodikasi, kasallanish va hayot tarixi, shuningdek, diagnostik texnika, yaʼni bemorni tekshirish usullariTushuncham: (bu jarayonda bemor tibbiyot punktiga kelgan paytda soha shifokoriga kasaligi haqida shikoyat qiladi ya’ni qaysi a’zosi bezovta qilishini tushuntiradi. Shu jarayonda soha shifokori qancha vaqtdan beri bezovta qilishini o’rganadi va tahlil qiladi)
2) kasalliklarda kuzatiladigan har xil belgilar (simptomlar) haqidagi taʼlimot (semiotika); Tushuncham,(bu holatda esa bemor kelgan paytda soha shifokoriga aynan qaysi xolatda aniq bir a’zosi belgilarini tushuntiradi. Masalan gripp kasalligi bilan kelsa burun bitishi, aksirish, yo’tal misolida ko’rishimiz mumkin).
3) bemorni tekshirib, olingan maʼlumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan baholab, tashqis qoʻyish uchun vrachning muhokama yuritish metodikasi, yaʼni tashhis metodikasi. Tushuncham (ushbu jarayondagi misol qilgan gripp simptomini olsak, ushbu soha shifokori gripp bilan kasalangani aniq tashxisini qo’yadi.) Bu xolatda shuni ko’rishimiz mumkinki diagnostikani funsional ravishda aniq bo’lganini tushunishimiz mumkin bo’ladi.
Bemorni tekshirishda, avvalo, uning sezgilari, kasalligi qachon boshlangan va qanday oʻtgani, mehnat va turmush sharoiti yo oʻzidan, yoki yaqin kishilaridan (goʻdak bolani tekshirishda onasidan) soʻrab olinadi, yaʼni anamnez toʻplanadi. Anamnez toʻplash va bemorning kasallik tarixini toʻgʻri bayon qilib berish tashhis uchun gʻoyat katta ahamiyatga ega. Obʼyektiv tekshirishda bemor koʻzdan kechiriladi va 3 ta usul yordamida aniqlanadi. Palpatsiya,Perkussiya, Auskultatsiya
PALPATSIYA bu- vrachning bemorni tekshirish usuli; bunda yuza toʻqimalar va chuqur joylashgan aʼzolarni muntazam paypaslab, terining temperaturasi va namligi, baʼzi ichki aʼzolarning katta kichikligi, joylanishi, yuzasi kanday ekanligi, tomir urish xususiyatlari, shuningdek, Palpatsiyasiga nisbatan bemorning reaksiyasi (mas, ogʻriq sezishi) aniqlanadi.) qichqacha qilib aytganda paypaslab aniqlash.

PERKUSSIYA bu (bemorning ichki aʼzolaridagi kasallikni aniqlash uchun qoʻllaniladigan fizik usul. Ya’ni tananing tekshirilayotgan joyiga barmoq yoki bolgʻacha bilan urib koʻriladi. Bunda chiqadigan tovushga qarab, tekshirilayotgan aʼzoning holati haqida fikr yuritiladi),



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling