Tsz: Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari] O‘zbekiston Respublikasining qonuni Oldingi tahrirga qarang. Kooperatsiya to‘G‘risida
-modda. Kooperativning faoliyatini to‘xtatish va uni qaytadan tashkil etish
Download 354.91 Kb.
|
295-XII 14.06.1991 kooperatsiya
10-modda. Kooperativning faoliyatini to‘xtatish va uni qaytadan tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang. 1. Kooperativni tugatish yoki qaytadan tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, o‘zgartirish) kooperativ mol-mulki egasining yoki u vakolat bergan organning, kooperativ qaysi korxona, muassasa, tashkilot (xo‘jalik uyushmasi) huzurida tashkil etilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot (xo‘jalik uyushmasi)ning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. (10-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda) 2. Kooperativning faoliyati quyidagi hollarda ham to‘xtatilishi mumkin: agar kooperativ ro‘yxatga olingan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa yoki amalda to‘xtatib qo‘yilgan faoliyatini daromadlar to‘g‘risidagi oxirgi deklaratsiyani topshirganidan keyin bir yil o‘tgach qaytadan boshlamasa; kooperativ uzoq vaqt mobaynida (olti oydan ko‘proq) to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lsa; Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. kooperativ o‘z ustavini va amaldagi qonunchilik normalarini buzsa; (10-modda 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) kooperativning tuzilgan muddati tugasa; (10-modda 2-bandining to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda) Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda. (10-modda 2-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 3. Kooperativ davlatning ro‘yxatga olish reyestridan chiqarilgan paytdan e’tiboran (ushbu kooperativga xizmat ko‘rsatayotgan bankning yozma ma’lumoti mavjud bo‘lgan taqdirda) qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan deb hisoblanadi. (10-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda) Oldingi tahrirga qarang. 4. Kooperativ tugatilayotganda kooperativ jismoniy shaxsning sog‘lig‘iga yoki hayotiga yetkazgan zarar uchun javobgar ekanligi munosabati bilan bu kooperativdan undirilishi lozim bo‘lgan to‘lovlarga avans beriladi. (10-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga muvofiq 4-band bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda) Oldingi tahrirga qarang. 5. Ishlab chiqarish kooperativi tugatilgan taqdirda qarz beruvchilar va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulk kooperativ a’zolari o‘rtasida uning ustavida ko‘zda tutilgan tartibda taqsimlanadi. Matlubot jamiyatlari ittifoqlari ularning oliy organlari (syezd, konferensiya, vakillar yig‘ilishi) qaroriga muvofiq tugatiladi. Ish haqi to‘lash, banklar va boshqa qarz beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish yuzasidan hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyin ularning qolgan mol-mulki mazkur matlubot jamiyatini o‘z tarkibiga olgan kooperativ ittifoqiga (uyushmasiga) beriladi. (10-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga muvofiq 5-band deb hisoblanib, qayta tahrir qilingan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda) Download 354.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling