Tsz: Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari] O‘zbekiston Respublikasining qonuni Oldingi tahrirga qarang. Kooperatsiya to‘G‘risida
Download 354.91 Kb.
|
295-XII 14.06.1991 kooperatsiya
6-modda. Kooperativga a’zolik
Oldingi tahrirga qarang. 1. 16 yoshga to‘lgan, kooperativning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan va bunga qodir bo‘lgan har bir jismoniy shaxs, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘zga hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, kooperativ a’zosi bo‘lishi mumkin. (6-modda 1-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shuningdek boshqa kooperativlar va shirkatlar kooperativning jamoa a’zolari bo‘lishi mumkin. Kooperativlar va ularning jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asoslarida quriladi. Oldingi tahrirga qarang. 2. Kooperativning a’zosi mehnat shartnomasi bo‘yicha bir nechta ishlab chiqarish kooperativida ishlashi yoki ayni bir vaqtning o‘zida uy-joy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan shug‘ullanuvchi bir necha kooperativning a’zosi bo‘lishi haqli. Kooperativga kirish yoki unda mehnat shartnomasi (kontrakt, bitim) bo‘yicha ishlash uchun asosiy ish joyidagi korxona mulkdorining, ma’muriyatning (boshqaruv idorasining) roziligi talab qilinmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikka muvofiq yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishi yoxud muayyan lavozimni egallashi man etilgan shaxslarning kooperativga a’zo bo‘lishi yoki mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida unda ishlashga jalb etilishi mumkin emas. (6-modda 2-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 3. A’zolik munosabatlaridan kelib chiqqan nizoli ishlar kooperativ ustavida belgilangan tartibda kooperativ boshqaruv idoralari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda esa — sud tomonidan hal etiladi. (6-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 4. Kooperativ a’zosi ustavda nazarda tutilgan hollarda kooperativning umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan kooperativdan chiqarilishi mumkin. Kooperativ a’zoligidan chiqarilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Download 354.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling