Tsz: Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari] O‘zbekiston Respublikasining qonuni Oldingi tahrirga qarang. Kooperatsiya to‘G‘risida


-modda. Kooperativ tuzish va uning Ustavi


Download 354.91 Kb.
bet5/13
Sana16.06.2023
Hajmi354.91 Kb.
#1489745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
295-XII 14.06.1991 kooperatsiya

5-modda. Kooperativ tuzish va uning Ustavi
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kooperativ fuqarolar istagi bilan yoki yuridik shaxslarning tashabbusi bilan mutlaqo ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Kooperativ a’zolari bo‘lgan fuqarolarning soni uch kishidan kam bo‘lmasligi, matlubot kooperativida (jamiyatida) esa yetti kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
(5-modda 1-bandining birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Kooperativ mustaqil tarzda ham, mulkning har qanday shakliga mansub korxonalar, muassasalar, tashkilotlar huzurida ham tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Mulkchilikning har qanday turdagi korxonaning, muassasaning, tashkilotning qaroriga ko‘ra tuziladigan kooperativ yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lishi, joriy va hisob-kitob schyotlari ochishi mumkin. Korxona, muassasa, tashkilot shunday turdagi kooperativning ustavini tasdiqlaydi, uning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi hamda uning faoliyat natijalari uchun to‘la javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kooperativning ustavi kooperativ ta’sis etishni istagan fuqarolarning umumiy yig‘ilishida yoki yuridik shaxslar muxtor vakillarining yig‘ilishida qabul qilinadi va davlat xizmatlari markazlarida ro‘yxatga olinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi O‘RQ-749-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)
Ustavi ro‘yxatga olingan va davlat reyestriga kiritilgan paytdan e’tiboran kooperativ tashkil topgan deb hisoblanadi.
Matlubot, ishlab chiqarish kooperativlari, aralash shaklidagi kooperativlarning ustavida kooperativ a’zolarining kooperativ qarzlari bo‘yicha mulkiy javobgarligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qoida kooperativ ustavida o‘z aksini topmasa, uni davlat ro‘yxatiga olish man etiladi.
(5-modda 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Soxta kooperativ aniqlangan taqdirda qaytarilmagan ssudalar va kreditlar uning a’zolaridan amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq undirib olinadi.
(5-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 354.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling