Tsz: Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari] O‘zbekiston Respublikasining qonuni Oldingi tahrirga qarang. Kooperatsiya to‘G‘risida


-modda. Kooperativ a’zolarning mas’uliyati


Download 354.91 Kb.
bet8/13
Sana16.06.2023
Hajmi354.91 Kb.
#1489745
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
295-XII 14.06.1991 kooperatsiya

8-modda. Kooperativ a’zolarning mas’uliyati
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ishlab chiqarish kooperativlarining va aralash shakldagi kooperativlarning a’zolari tugatilgan kooperativning qarzlari yuzasidan kooperativning mol-mulki bilan javobgar bo‘ladilar, bu mol-mulk yetmay qolgan taqdirda qarz summasi sud tomonidan kooperativ har bir a’zosining yillik daromadi summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(8-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
2. Matlubot kooperativining faoliyatida faqat pay badallari qo‘shib ishtirok etayotgan kooperativ a’zosi, shuningdek o‘z a’zolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativ a’zosi bo‘lmish fuqaro o‘zi qo‘shgan pay badali doirasida kooperativning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
3. Matlubot, ishlab chiqarish kooperativining jamoa a’zosi xo‘jalik mustaqilligini saqlab qoladi va o‘z faoliyatida o‘zining ustaviga (nizomiga) amal qiladi. U mustaqil mulkiy javobgar bo‘ladi. Matlubot va ishlab chiqarish kooperativi (jamiyati) o‘z tarkibidagi jamoa a’zolarining majburiyatlari uchun javobgar bo‘lmaydi, jamoa a’zolari esa kooperativning (jamiyatning) majburiyatlari bo‘yicha uning ustavida ko‘zda tutilgan tartibda va miqdorlarda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kooperatsiya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar, kooperativlar va ularning xo‘jalik uyushmalari (shu jumladan, matlubot jamiyatlari ittifoqi) a’zolari qonunda belgilangan tartibda mulkiy, ma’muriy, jinoiy va o‘zgacha tarzda javobgar bo‘ladilar.
(8-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Kooperativni boshqarish
1. Kooperativning oliy boshqaruv idorasi umumiy yig‘ilish, konferensiya, syezd bo‘lib, ular kooperativ raisini (boshqaruvini), taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularga kooperativni boshqarish bo‘yicha o‘z vakolatlarini topshiradi.
Kooperativning har bir a’zosi, shu jumladan uning har bir jamoa a’zosi, qo‘shgan mulkiy hissasining miqdoridan qat’i nazar, bir ovozga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kooperativda mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha ishlayotgan fuqarolar umumiy yig‘ilishda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
(9-modda 1-bandining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
2. Umumiy yig‘ilish:
kooperativning ustavini qabul qiladi, unga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
kooperativ raisini, kooperativ boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi (yollaydi) va ozod etadi, ularning faoliyatlariga doir hisobotlarini eshitadi;
(9-modda 2-bandining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
kooperativ a’zoligiga qabul qilish, a’zolikdan chiqarish masalalarini, shuningdek, kooperativdan chiqish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
kooperativning ichki tartib qoidalari, kooperativ mulkiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi, mehnatga haq to‘lash haq to‘g‘risidagi qoidalarni hamda kooperativning boshqa ichki hujjatlarini qabul qiladi va ularni o‘zgartiradi;
kooperativga kirish, pay badallarining va boshqa badallarning miqdorini belgilaydi ;
kooperativ faoliyatning rejalarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni tasdiqlaydi;
foydani (daromadni) taqsimlash tartibini, kooperativ fondlari va rezervlarining turlari, miqdori hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi:
kooperativni qayta tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish, uning xo‘jalik uyushmalariga kirishi va ulardan chiqishi masalalarini hal qiladi.
Mazkur masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish kooperativ umumiy yig‘ilishining mutlaq ixtiyorida bo‘ladi. Kooperativ ustaviga yoki umumiy yig‘ilishning qaroriga muvofiq kooperativ faoliyatining boshqa tashkiliy, xo‘jalik va ijtimoiy masalalari ham kooperativning mutlaq ixtiyoriga berilishi mumkin.
Zarur hollarda kooperativlarda umumiy yig‘ilish ixtiyoridagi masalalarni hal etish uchun vakillar yig‘ilishlari chaqirilishi mumkin.
Kooperativ boshqaruvi (raisi)ning statusi kooperativ ustavi bilan belgilanadi.
3. Taftish komissiyasi (taftishchi) kooperativning (boshqaruvning) moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini tekshiradi va u umumiy yig‘ilish oldida hisobdordir.
Oldingi tahrirga qarang.
Kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi kooperativning (boshqaruvning) moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditorni yoki auditorlik tashkilotini jalb etishga haqlidir.
(9-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]


Download 354.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling