48-modda. Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat tuman (shahar) sudiga berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
VIII BOB. PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh
49-modda. Pensiyalarni qayta hisoblash shartlari
Pensiyalarni qayta hisoblash:
pensioner pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi (pensiya tayinlanishigacha bo‘lgan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi hamda boshqa) qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda;
nogironlik guruhi o‘zgarganda;
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oladigan oila a’zolari soni o‘zgarganda;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorlari o‘zgargan taqdirda; daromadlar indeksatsiya qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi ushbu Qonunning 17-moddasida ko‘rsatilgan yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun ana shunday huquq paydo bo‘lganidan keyin istalgan vaqtda murojaat etishlari mumkin.
51-modda. Tayinlangan pensiyani qayta hisoblash muddatlari
Pensiyani oshirish huquqi paydo bo‘lganida tayinlangan pensiyani qayta hisoblash pensioner pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Pensiya miqdorini kamaytirishga sabab bo‘ladigan holatlar vujudga kelgan taqdirda qayta hisoblash ana shu holatlar paydo bo‘lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va to‘lash]
Do'stlaringiz bilan baham: |