121-modda. Umumiy belgilangan yoshni bir yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqi
Ushbu Qonun 37-moddasining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
13-modda. Liliputlar va pakanalarga pensiyalar
Ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar:
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar.
14-modda. Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:
erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.03.00 Nogironlik pensiyasi]
III BOB. NOGIRONLIK PENSIYALARI
15-modda. Pensiyalarni tayinlash shartlari
Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |