mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishga qabul qilish chog‘ida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari to‘g‘risidagi olingan ma’lumotnomani;
jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini.
Ichki o‘rindoshlik shartlari asosida ishga qabul qilish chog‘ida ish beruvchi xodimdan biror-bir hujjatni taqdim etishni talab qilishga haqli emas, agar mazkur ish maxsus bilim yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa va ilgari bu hujjatlar xodim tomonidan taqdim etilmagan bo‘lsa, bundan diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta’lim to‘g‘risidagi yoxud kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish mustasno.
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish chog‘ida ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
435-modda. O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy ish to‘g‘risida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki o‘rindoshligi chog‘ida xodim bilan o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida alohida mehnat shartnomasi tuziladi.
O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomalari, agar bu qonunchilikka zid bo‘lmasa, bir yoki bir nechta ish beruvchi bilan tuzilishi mumkin.
O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ish o‘rindoshlik asosida bajarilayotganligi ko‘rsatilishi shart.
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasida ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda ish vaqtining davomiyligi va o‘rindoshlik asosida ishlash tartibi ko‘rsatiladi.
436-modda. Xodimning mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish
Xodimning yozma arizasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosida asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasiga ish davrlarini ko‘rsatgan holda o‘rindoshlik asosidagi ish to‘g‘risida yozuv kiritiladi. O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |