[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) jarayonida mehnat nizosining taraflari erishgan kelishuvlar va ularning bajarilishi ustidan nazorat


Download 1.33 Mb.
bet297/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

580-modda. Jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) jarayonida mehnat nizosining taraflari erishgan kelishuvlar va ularning bajarilishi ustidan nazorat
Nizoni hal etish (tartibga solish) jarayonida jamoaviy mehnat nizosi taraflari erishgan kelishuvlar yozma shaklda rasmiylashtiriladi va jamoaviy mehnat nizosi taraflari uchun majburiy kuchga ega. Ularning bajarilishi ustidan nazorat jamoaviy mehnat nizosining taraflari, shuningdek mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
581-modda. Da’vo xususiyatiga ega jamoaviy mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish
Qonunchilikni, jamoa kelishuvlarini va jamoa shartnomasini, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjatlarni qo‘llash xususidagi jamoaviy mehnat nizolari sud tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jamoaviy mehnat nizolarini sudlarda ko‘rib chiqish hamda sud qarorlarini ijro etish chog‘ida ushbu Kodeksda yakka tartibdagi mehnat nizolari uchun belgilangan tegishli qoidalar va muddatlar qo‘llaniladi.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 02/22/798/0972-son)
Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling