[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-§. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish


Download 1.33 Mb.
bet68/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

3-§. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish
133-modda. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari
Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari quyidagilardan iborat:
mehnat shartlarining o‘zgarishi;
xodimning boshqa ishga o‘tkazilishi;
ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi;
xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi;
mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishi.
134-modda. Mehnat shartlari tushunchasi
Mehnat shartlari deganda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi.
Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq to‘lash miqdori, ish vaqtining, ta’tilning davomiyligi va boshqa shartlar kiradi.
Ishlab chiqarish omillari jumlasiga texnika, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar kiradi.
135-modda. Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi
Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi.
Mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda belgilangan mehnat shartlari mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin emas, bundan ushbu Kodeksning 136 va 137-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
136-modda. Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling