[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi


Download 1.33 Mb.
bet74/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

146-modda. Ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi
Ish beruvchi xodimni ish beruvchining kelgusida boshqa joyga (xodimning yashash joyidan unga yashash joyiga qaytish imkonini bermaydigan masofada joylashgan hududga) ko‘chishi to‘g‘risida kamida ikki oy oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart.
Ish beruvchi o‘zining kelgusida boshqa joyga ko‘chishi to‘g‘risida xodimni ikki haftadan oshadigan ogohlantirish muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli.
Xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chib o‘tishga roziligi mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan xodimga ushbu Kodeksning 289-moddasida nazarda tutilgan kompensatsiya to‘lovlari beriladi.
Xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chishni yozma ravishda rad etgan taqdirda, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chishni rad etganligi sababli xodimga ushbu Kodeksning 173-moddasiga muvofiq ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan va ishga joylashish davrida 100-moddasi birinchi qismiga muvofiq o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda bekor qilinadi.
Agar ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ko‘chib o‘tishni rad etgan xodim ish beruvchining taklifi bilan tanishgan bo‘lsa, biroq o‘zining rad etishini yozma shaklda bayon etishga rozi bo‘lmagan bo‘lsa, uning rad etishi bunda hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat nizosi yuzaga kelgan taqdirda, xodimning ish beruvchi bilan boshqa joyga ko‘chib o‘tishni rad etganligini isbotlash vazifasi ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
147-modda. Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish
Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi mumkin va bu xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi bilan tuziladigan alohida muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Avvalgi ish joyida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilishi xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda to‘xtatib turiladi. Xodimga xizmat safari muddati tugashi bilan uni xizmat safariga yuborgan ish beruvchida avvalgi ishi (lavozimi) taqdim etiladi.
Zarur bo‘lgan taqdirda xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborish muddati vaqtincha xizmat safariga yuborilgan xodim, xodimni vaqtincha xizmat safariga yuborgan ish beruvchi va xodim vaqtincha xizmat safariga yuborilgan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan uzaytirilishi, biroq ko‘pi bilan bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga diplomatik, konsullik, ma’muriy-texnik lavozimlarga yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlariga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi va muddatlari qonunchilikda belgilanadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling