[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi


Download 1.33 Mb.
bet283/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
tashkilotning nomi, yakka tartibdagi mehnat nizosi tashkilot alohida bo‘linmasining mehnat nizolari bo‘yicha komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan taqdirda esa bo‘linmaning nomi, komissiyaga murojaat etgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, kasbi yoki mutaxassisligi;
komissiyaga murojaat etilgan va nizo ko‘rib chiqilgan sana, nizoning mohiyati;
komissiya a’zolarining va majlisda hozir bo‘lgan boshqa shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
qarorning mohiyati va uning asoslanishi (qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga havola qilingan holda);
ovoz berish natijalari.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning pulga oid talablar bo‘yicha qarorida xodimga tegishli bo‘lgan aniq summa ko‘rsatilishi kerak.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori komissiya majlisining raisi va kotibi tomonidan imzolanib, majburiy kuchga ega bo‘ladi va biron-bir tarzda tasdiqlanmaydi.
Mehnat nizosi bo‘yicha komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida topshiriladi (yuboriladi).
556-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqishni sudga o‘tkazish va mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarori ustidan shikoyat qilish
Agar mehnat nizolari bo‘yicha komissiya o‘n kunlik muddat ichida yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, manfaatdor xodim yoki uning vakili sudga murojaat qilishga haqli.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining ko‘chirma nusxasi o‘ziga topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sudga shikoyat qilishi mumkin. Ushbu muddat o‘tkazib yuborilganligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi. Sud o‘tkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topib, bu muddatni tiklashi va yakka tartibdagi mehnat nizosini mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqishi mumkin.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling