Tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Transport vositalarining erkin harakatini ta’minlash, hududda yangi turdagi transport harakatini joriy etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish
Download 0.52 Mb.
|
368 14.06.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlarning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlash
2. Transport vositalarining erkin harakatini ta’minlash, hududda yangi turdagi transport harakatini joriy etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish
2.1. Rekreatsion ko‘llar va unga olib boruvchi respublika va mahalliy darajadagi yo‘llarini qurish va ta’mirlash. 2.2. Turistlarga qulay sharoit yaratish maqsadida Jizzax sh. — Arnasoy — Toshkent sh. hamda Jizzax sh. — Arnasoy — Samarqand sh. yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l orqali yo‘lovchi tashish tizimini yo‘lga qo‘yish. 2.3. Xususiy transport vositasi bilan tashrif buyuruvchi turistlar uchun rekreatsion ko‘llar hududida avtomobilni qoldirish va jamoat transporti tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida hududga kirishda maxsus avtoturargohlarni tashkil etish. 2.4. Barcha yo‘nalishlarni qamrab oluvchi jamoat transportining ichki tarmog‘ini rivojlantirish va rekreatsion ko‘llar hududiga olib boruvchi turli xildagi transport vositalarining uzluksiz harakatini tashkil etish. 2.5. Jamoat transporti uchun alohida yo‘laklarni tashkil yetish, barcha ijtimoiy guruhlar talablariga javob beradigan zamonaviy transport infratuzilmasini shakllantirish. 2.6. Piyoda sayrlarni amalga oshirish uchun sharoitlar, rekreatsion ko‘llar hududi bo‘ylab alohida trotuarlar, shuningdek, velosiped yo‘laklari va veloturargohlar yaratish, velosiped ijarasi tarmog‘ini tashkil etish. 2.7. Tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha (shaxsiy transport vositalari uchun yuqori stavkalar, jamoat transporti va elektromobil vositalari uchun bepul) pullik avtoturargohlarni yaratish. 2.8. Elektromobillar, elektrobuslar va transport vositalarining gibrid turlaridan foydalangan holda alohida transport tarmog‘ini shakllantirish, bunday transport vositalariga xizmat ko‘rsatish uchun tegishli infratuzilma obyektlarini tashkil etish. 3. Turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlarning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlash 3.1. Ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari sifati va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash. 3.2. Turistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash. 3.3. Yakka va uyushgan turistlarning ommaviy jamlanadigan va murakkab tabiiy to‘siqlarga ega joylarda hamda suv hududida profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, og‘ir ahvolda qolgan shaxslarga zarur yordam ko‘rsatishga va turistlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan turistik nazorat va qutqaruv xizmatlari tizimini yaratish. 3.4. Turistlar uchun favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, shuningdek, qutqaruv xizmatlari, huquqni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordam va “tezkor aloqa liniyasi” telefon raqamlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, rekreatsion ko‘llar hududining Call-senter xizmatini ishga tushirish. 3.5. Turistlarni potensial xavf-xatarlar haqida to‘liq va aniq axborot bilan ta’minlash maqsadida ogohlantirishning samarali tizimini yaratish, jumladan, turizm infratuzilma obyektlarida doimiy videokuzatuv tizimini joriy etish. 3.6. Rekreatsion ko‘llar hududida loyiha bo‘yicha rejalashtirilayotgan turistik obyektlar barpo etilib, zarur infratuzilma yaratilganidan so‘ng, tashrif buyuradigan turistlar oqimidan kelib chiqqan holda ushbu hududda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmasini tashkil etish. 3.7. Rekreatsion ko‘llar hududida favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish. 3.8. Plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, plyaj akvatoriyasini belgilash, kichik hajmli kemalar turadigan bazalarni (inshootlar) prichal va pirslar (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joylar)ni qurish ularni belgilangan tartibda jihozlash, shuningdek, qutqaruv postlarini tashkil etish ularning javobgarlik zonalarini belgilash, tibbiy yordam maskanlarini joylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling