Tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Turizm sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish


Download 0.52 Mb.
bet6/8
Sana13.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1091111
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
368 14.06.2021

6. Turizm sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish
6.1. Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi yuqori malakali kadrlarni muntazam tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning malakasini mustaqil baholab borish tizimini yaratish.
6.2. Rekreatsion ko‘llar hududida faoliyat ko‘rsatuvchi personalning tegishli o‘quv maskanlari va ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish.
6.3. Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida samarali ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish.
6.4. Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasida kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
II-bob. Kutilayotgan natijalar
Rekreatsion ko‘llar hududini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishilishi kutilmoqda:
Jizzax va Navoiy viloyatlarining boy turizm salohiyatidan samarali foydalanishga erishish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish va faol targ‘ib qilish.
Hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qila oladigan xalqaro darajadagi raqobatbardosh turizm va dam olish majmualarini yaratish, turizm sohasida tadbirkorlikning rivojlanishi, shu asosda turizm xizmatlari ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligi va farovonligini oshirish.
Har biri 5 yillik davrni o‘z ichiga olgan 3 bosqichda quyidagi natijalarga erishiladi:
Birinchi bosqichda, jami 204 o‘rinli 6 ta joylashtirish vositasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari tashkil etiladi. Bundan tashqari hududda kempinglar majmuasi, o‘tov lagerlari, sendvich panel va boshqa turdagi yengil konstruksiyalardan joylashtirish vositalari barpo etiladi;
Ikkinchi bosqichda, Aydarko‘l atrofidagi 33 ming gektar hududda yangi turistik hududlar, joylashtirish vositasi, sog‘lomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar barpo etiladi;
Uchinchi bosqichda, 300 o‘rinli joylashtirish vositalari va sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar tashkil etiladi, 1 200 o‘ringa mo‘ljallangan avtotururgoh hamda savdo hududi barpo etiladi.
Rekreatsion ko‘llar hududiga birinchi bosqichning so‘nggida yillik 10 000 nafar turist tashrif buyurishi hamda 2040-yilda yillik turistlar soni 30 000 kishiga yetishi kutilmoqda.
Rekreatsion ko‘llar hududi va unga olib boruvchi 271 km yo‘llarni ta’mirlash va qurish ishlari amalga oshiriladi.
Jizzax va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar sonining yillik o‘sishi tufayli ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari hajmining o‘sishi va 2025-yilgacha viloyatda jami turizm xizmatlari eksportini 600 ming AQSh dollariga yetkazishga yordam beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyundagi 368-son qaroriga
2-ILOVA

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling