I-bob. Rekreatsion ko‘llar hududini tashkil etish va rivojlantirishning asosiy chora-tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari
1. Turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarga ega zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari, shuningdek, maxsus, funksional va mavsumiy dam olish majmuasini yaratish
1.1. Rekreatsion ko‘llar hududida zamonaviy mehmonxonalar, jumladan apart-mehmonxonalar, apart-uylar, butik-mehmonxonalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan joylashtirish vositalari majmuasini yaratish.
1.2. Plyaj va sport turizmini rivojlantirish, tibbiy, shuningdek, ekstremal (paraplanlar va deltaplanlar) turizm bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish uchun yetarli turizm infratuzilma obyektlarini yaratish, zamonaviy dor yo‘llarini qurish.
1.3. Suvda dam olish xizmatlari (suv chang‘isi, akvaskiper, FlyBoard va boshqa) hamda madaniy-ko‘ngilochar markazlar (kinoteatrlar, karaoke-barlar, bouling, ko‘ngilochar markazlar va boshqalar) faoliyatini tashkil etish.
1.4. Rekreatsion ko‘llar hududida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish.
1.5. Rekreatsion ko‘llar hududida Wi-Fi zonalarini kengaytirish va barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi statsionar va uyali aloqa faoliyatini ta’minlash, turistik infratuzilma obyektlarida, shu jumladan mehmonxonalar, motel, kempinglar va dam olish, shuningdek, umumiy ovqatlanish va boshqa joylarda bank kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish uchun tadbirkorlik subyektlarini to‘lov terminallari bilan to‘liq ta’minlash hamda zaruriyatga ko‘ra bank xizmatlariga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda bankomatlarni o‘rnatish.
1.6. Rekreatsion ko‘llar hududida tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini (MICE tourism) o‘tkazishga mo‘ljallangan kongress–xoll, rekreatsiya va dam olish maskanlari, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show room”, shuningdek, turistlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan axborot markazlarini (“Visitor center”) tashkil qilish.
1.7. Sport-sog‘lomlashtirish hamda boshqa turizm obyektlari, zamonaviy muhandislik infratuzilmalari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |