Tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


II. To‘dako‘l ko‘li hududini rivojlantirish


Download 0.52 Mb.
bet8/8
Sana13.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1091111
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
368 14.06.2021

II. To‘dako‘l ko‘li hududini rivojlantirish

38.

“To‘dako‘l” suv havzasi qirg‘oqlari atrofida turizm infratuzilmasini tashkil qilish uchun kamida 50 gektar bo‘sh yer maydonini ajratish.

To‘dako‘l suv havzasi atrofidagi har tomonlama qulay bo‘lgan hududdan kamida 50 gektar bo‘sh turgan yer maydonini ajratish choralarini ko‘rish.

2022 yil mart

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

Kadastr agentligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

39.

“To‘dako‘l” suv havzasi qirg‘oqlari atrofida bir necha yillar avval aholiga ajratilgan yer maydonlaridan samarasiz foydalanilayotganlarini aniqlash hamda mazkur yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer fondiga qaytarish choralarini ko‘rish.

“To‘dako‘l” suv havzasi qirg‘oqlari atrofida qonuniy va noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan va bir necha yillar avval fuqaroga ajratilgan mazkur yer maydonlarida hech qanday turizm obyekti qurilmaganlarini ro‘yxatdan o‘tkazib mazkur yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer fondiga qaytarish va ularni lotlarga bo‘lib “E-IJRO AUKSION” elektron tizimi orqali turizm sohasidagi tadbirkorlarga ajratish.

2022 yil may

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi

40.

“To‘dako‘l” suv havzasi qirg‘oqlari atrofida turizm infratuzilmasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan bo‘sh yer maydonlarini lotlarga bo‘lib “E-IJRO AUKSION” elektron tizimi orqali tadbirkorlarga ajratish choralarini ko‘rish.

Ajratilgan yer maydonini lotlarga bo‘lib qisqa muddatlarda “E-IJRO AUKSION” tizimi orqali tadbirkorlarga ajratish va turistik infrastrukturani yaratish natijasida atrofdagi mahalliy aholini ish bilan ta’minlash hamda daromadini oshirish.

2022 yil dekabr

Tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi

41.

To‘dako‘l suv havzasi qirg‘og‘i atrofida tanlangan bo‘sh yer maydonida elektr energiya, iste’mol gazi hamda ichimlik suvi kabi manbalarini tashkil etish choralarini ko‘rish.

1. Elektr tarmoqlari uchun tayanch ustunlarini o‘rnatish.
2. Elektr tarmoqlarini ta’mirlash.
3. Mavjud transformatorlarni ta’mirlash va yaroqsiz holga kelib qolganlarini almashtirish.
4. Markazlashgan ichimlik suvi nuqtasini tashkil etish.
5. Iste’mol gazi uchun markaziy gaz taqsimlash punktini tashkil etish.

2023 yil aprel

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

42.

Navoiy shahridan To‘dako‘l suv havzasiga olib boruvchi 4R-69 yo‘l qismidagi uzunligi 85 km yo‘lning qoplamasi holatini to‘liq yaxshilash choralarini ko‘rish.

1. Avtomobil yo‘llarini asfalt qilish.
2. Ichki ko‘chalarni tekislash va shag‘al yotqizish.
3. Yo‘l ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatish.
4. Yoritgichlar uchun tayanch ustunlarini o‘rnatish.

2023-yil iyul

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Navoiy viloyat hokimligi

43.

To‘dako‘l suv havzasi qirg‘oqlari atrofini sayyohlar tashrifi uchun qulay maskanga aylantirish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilgan holda qo‘sh�mcha xizmatlar (yengil konstruksiyali dam olish maskanlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ko‘ngilochar maskanlar, ekstremal turizm xizmatlari)ni tashkil etish choralarini ko‘rish.

1. To‘dako‘l suv havzasida tashkil etiladigan loyihalar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil may

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Qurilish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

2. Loyihalarning smeta hujjatlari va proyektlarini ishlab chiqish.

2022-yil iyul

3. Mazkur loyihalarni tashkil etish maqsadida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish.

2022-yil oktyabr

4. Loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlarini joriy etish.

2022-yil dekabr

44.

To‘dako‘l suv havzasi qirg‘oqlarida yangi texnologiyalarga asoslangan turli hildagi suv transportlari mavjud mini port tashkil qilish.

To‘dako‘l suv havzasida suv transportlaridan iborat mini port tashkil qilish uchun mazkur suv transportlarini Respublika hududiga olib kirish yuzasidan joriy qilingan imtiyozlardan keng foydalanish hamda tadbirkorlarga mazkur imtiyoz haqida tushunchalar berish.

2023 yil iyul

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

45.

Xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning To‘dako‘l suv havzasi hududiga tashrif sonini oshirish hamda ularga bir qancha qulaylik yaratish maqsadida mazkur hududda temir yo‘l stansiyalarini tashkil etish choralarini ko‘rish.

Qiziltepa tumanining temir yo‘l stansiyasidan Buxoro viloyati temir yo‘l stansiyasiga qadar bo‘lgan oraliqda To‘dako‘l suv havzasi atrofidan o‘tuvchi stansiya tashkil qilish bo‘yicha loyihalarning smeta hujjatlari va proyektlarini ishlab chiqish hamda uni qisqa fursatlarda amalga oshirish.

2023 yil mart

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Navoiy viloyati hokimligi

46.

To‘dako‘l suv havzasi qirg‘oqlari atrofida dam olish hamda plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish choralarini ko‘rish.

1. Plyaj turizmini rivojlantirish bo‘yicha ijobiy sinovdan o‘tgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish.

2021-yil noyabr

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Navoiy viloyati hokimligi

2. To‘dako‘l suv havzasining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib, plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2022-yil fevral

47.

To‘dako‘l suv havzasi atrofidagi barcha dam olish maskanlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda 10 ga yaqin samarasiz faoliyat yuritayotgan katta va kichik davlat obyektlarini xususiylashtirish choralarini ko‘rish.

To‘dako‘l suv havzasi atrofidagi barcha qonuniy va noqonuniy dam olish maskanlarini inventarizatsiya qilish hamda samarasiz va foydalanilmasdan kelayotgan 10 ga yaqin katta va kichik davlat obyektlarini xususiylashtirish choralarini ko‘rish.

2022 yil iyul

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

48.

To‘dako‘l suv havzasi atrofida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish va mavjudlarining holatini yaxshilash.

Sanitariya-gigiyena shoxobchasini joylashtirish nuqtalari ro‘yxatini shakllantirish.

2022 yil oktyabr

Tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

Sanitariya-gigiyena shoxobchasini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga bo‘sh yer maydonlarini ajratish.
Sanitariya-gigiyena shoxobchasini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash.

2023-yil mart

49.

To‘dako‘l suv havzasi atrofida “Turizm xaritasi”ni ishlab chiqish.

To‘dako‘l suv havzasi atrofida tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil etiladigan dam olish maskanlari ro‘yxatini shakllantirgan holda xorijiy va mahalliy turistlarni o‘ziga jalb qiluvchi innovatsion texnologiyalarga asoslangan yagona “Turizm xaritasi”ni joriy qilish hamda buning natijasida sayyohlarga bir qator qulayliklar yaratish.

2023 yil noyabr

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

50.

To‘dako‘l suv havzasi atrofida tashkil etilayotgan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida chiqindi tashlash qutilari hamda o‘rindiqlar o‘rnatish, sonini ko‘paytirish va yo‘laklarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

To‘dako‘l suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida uning umumiy sig‘imini inobatga olgan holda o‘rindiqlar hamda chiqindi qutilar sonini belgilash va o‘rnatish shuningdek velosipedda ha�akatlanish oson bo‘lishi uchun maxsus yo‘laklarni tashkil qilish.

2022-yil oktyabr

2023-yil mart



Ijrochi mablag‘lari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, “Toza hudud” DUK

51.

To‘dako‘l suv havzasi atrofida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun hunarmandchilik mahsulotlari mavjud bo‘lgan suvenir do‘konlarini tashkil etish.

To‘dako‘l suv havzasi atrofida tashkil qilingan dam olish maskanlarida sayyohlar gavjum bo‘ladigan nuqtalarida hunarmandchilik mahsulotlari mavjud bo‘lgan suvenir do‘konlarini tashkil etish.

2023 yil aprel

Ijrochi va tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi

52.

Mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida To‘dako‘l suv havzasi atrofida internet sifatini yaxshilash hamda Wi-Fi nuqtalarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

To‘dako‘l suv havzasi atrofida tashkil qilingan dam olish maskanlarida sayyohlar gavjum bo‘ladigan nuqtalarida hamda qirg‘oq bo‘yi sohillarida Wi-Fi nuqtalarini ko‘paytirish hamda tezligini oshirish.

2022 yil iyul

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

53.

Navoiy shahridan To‘dako‘l dam olish hududiga olib boruvchi yangi yo‘nalishni tashkil qilish hamda Navoiy shahar avtoshohbe?atda mazkur yo‘nalishda qatnovchi avtotransport vositalari uchun bo‘sh maydon ajratish choralarini ko‘rish.

Navoiy shahridan To‘dako‘l dam olish hududiga kuniga ikki marta qatnaydigan yangi transport qatnovi yo‘nalishini tashkil qilish hamda avtoshoxbekatda mazkur yo‘nalish uchun alohida hudud ajratish.

2022 yil noyabr

Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan

Transport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

54.

To‘dako‘l suv havzasi atrofida velosiped yo‘laklarini tashkil qilish, yo‘laklar bo‘ylab tungi ko‘cha yoritish tizimini o‘rnatish choralarini ko‘rish.

Velosipedda harakatlanish uchun maxsus yo‘laklarni tashkil qilish hamda ushbu yo‘laklarda tungi yoritgichlarni o‘rnatish.

2022 yil noyabr

Ijrochi mablag‘lari hisobidan

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Navoiy viloyati hokimligi

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 09/21/368/0556-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling