Tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.52 Mb.
bet1/8
Sana13.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1091111
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
368 14.06.2021




[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Jizzax va Navoiy viloyatlarining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, shu jumladan suvda dam olish va plyaj turizmini tashkil etish, mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududini tashkil etish taklifiga rozilik berilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
2. Quyidagilar:
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘li rekreatsion ko‘llar hududida (keyingi o‘rinlarda — rekreatsion ko‘llar hududi) 2021 — 2025-yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘li rekreatsion ko‘llar hududida turizm xizmatlarini rivojlantirish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
uch oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududining chegaralarini belgilasin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
2021-yil 1-dekabrga qadar loyiha institutlarini jalb etgan holda rekreatsion ko‘llar hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilgandan so‘ng ikki oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududi va ularning atrofida yo‘l-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish manzilli dasturini ishlab chiqsin va 2022 — 2024-yillarda investitsiya dasturiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlasin.
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
rekreatsion ko‘llar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish loyihalarini amalga oshirish Turizm va madaniy meros vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
rekreatsion ko‘llar hududiga kirish nuqtasida tegishligicha Navoiy va Jizzax viloyatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan axborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi.
5. Quyidagilar rekreatsion ko‘llar hududida ustuvor ravishda amalga oshiriladigan yo‘nalishlar etib belgilansin:
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini (plyaj va suvda dam olish turizmi, ko‘llar qirg‘og‘i bo‘ylab sayr qilish yo‘laklari, mehmonxona majmualari, sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar) barpo etish hamda turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
hududning ekologik muhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda, turizmning alohida turlari, shu jumladan zamonaviy plyaj, faol va safari turizm hamda suv sporti turlarini tashkil etish;
hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olish va minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududning transport logistikasini rivojlantirish, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulyor va boshqalar) yo‘nalishlari hamda yo‘lovchi transportining harakatini tashkil etish;
turistlar xavfsizligini hududni videokuzatuv tizimlar bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish va favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish;
hududda energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qo‘llagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish.
6. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda rekreatsion ko‘llar hududida hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilarni olib chiqish bilan bog‘liq ishlarni tizimli ravishda tashkil etsin;
bir oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududida noqonuniy barpo etilgan bino va inshootlarni hamda noqonuniy faoliyat ko‘rsatib kelayotgan subyektlarni aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida rekreatsion ko‘llar hududida qutqaruv brigadasini va uning faoliyatini tashkil etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududida hosil bo‘ladigan maishiy oqovalarni olib chiqish va zararsizlantirish uchun unga eng yaqin bo‘lgan maishiy oqovalarni tozalash inshootlariga olib borish yoki oqova suv tozalash inshootlarini qurish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda rekreatsion ko‘llar hududida intellektual transport, geoma’lumot tizimi va boshqa shu kabilarni nazarda tutuvchi xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalik plyajlar hududida havo sharlarida ekskursiyalarni tashkil qilish, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti (“karavaning”) xizmatlari, “Baliqchilik” maktabi hamda “Zorbing-markaz” attraksionini tashkil qilish bo‘yicha loyiha taklifini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari hamda mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosining doimiy nazoratini tashkil etish, ijrosi yuzasidan mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borish choralarini ko‘rsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Turizm va sport vaziri A. Abduxakimov, Navoiy viloyati hokimi Q. Tursunov va Jizzax viloyati hokimi E. Saliyev zimmasiga yuklansin.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling