Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘lida turizm xizmatlarini rivojlantirish
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Bajarish muddati
|
Moliyalashtirish manbai
|
Bajarish uchun mas’ullar
|
I. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirish
|
1.
|
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi (keyingi o‘rinlarda — ko‘llar) hududining turistik xaritasini yaratish.
|
1. Yagona turistik xaritani ishlab chiqish.
|
2021-yil 1-dekabr
|
Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
|
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi
|
2. Turistik xaritani elektron shaklini mutasaddi idoralarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.
|
2021-yil 20-dekabr
|
2.
|
Ko‘llar hududida suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish.
|
1. Ko‘llar hududida turizm infratuzilmalarini tashkil etish istagida bo‘lgan tashabbuskor tadbirkorni aniqlash.
|
2021-yil noyabr
|
Tashabbuskor mablag‘lari hisobidan
|
Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi
|
2. Ko‘llar hududida munosib yer maydonini aniqlash.
|
2022-yil yanvar
|
3.
|
Ko‘llar tizimiga yo‘lovchilarni tashish uchun temir yo‘llarni yotqizish bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ega taklif tayyorlash.
|
1. “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga” kiruvchi eng yaqin temir yo‘l stansiyalarini aniqlash.
|
2021-yil iyul
|
-
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi
|
2. Temir yo‘lni yotqizish bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ega taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2021-yil avgust
|
4.
|
Ko‘llar hududiga doimiy avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish.
|
1. Toshkent — Arnasoy yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif ishlab chiqish.
|
2021-yil iyul
|
Tashabbuskor mablag‘lari hisobidan
|
Jizzax viloyati hokimligi, Transport vazirligi, Turizm va sport vazirligi
|
2. Avtobus qatnovini belgilovchi qatnov jadvalini ishlab chiqish.
|
2021-yil avgust
|
5.
|
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo tizimi orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan xarid qilingan yer maydonlarida barpo etilgan turistik maskanlar infratuzilmasini yaxshilash.
|
1. Yer maydoniga tutash suvli qirg‘og‘idan ko‘lning ichki qismi yo‘nalishi bo‘yicha hududni tadbirkorga biriktirish.
|
2021-yil noyabr
|
Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan
|
Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi, Turizm va sport vazirligi
|
2. Biriktirilgan suvli maydonda toza plyaj hududini tashkil etish.
|
2021-yil dekabr
|
6.
|
Ko‘llar tizimi Tuzkon ko‘li qirg‘og‘ining 97 va 98-sonli konturlari bo‘ylab velosiped, kvadratsikl, ot va tuyada sayr qilish hududlarini tashkil qilish.
|
1. 10 kilometr masofada 3 metr enlikdagi veloyo‘laklarni barpo etish.
2. Veloyo‘laklar bo‘ylab elektr chiroqlarini o‘rnatish.
3. Milliy va boshqa taomlarni tayyorlovchi ko‘chma va tez pishar oshxonalarni tashkil etish.
4. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini targ‘ib qiluvchi suvinir va hunarmandchilik buyumlar savdosini yo‘lga qo‘yish.
5. Hududda sayohat marshrutlari mavjud o‘simlik va hayvonot dunyosini ifodalovchi peshlavhalarni o‘rnatish (o‘zbek, rus, ingliz va boshqa tillarda).
6. Hududda dam olish o‘rindiqlari va chiqindi quti idishlarini barpo etish.
7. Velosiped, kvadratsikl, ot va tuyalarda sayir qilish uchun ular ijarasini tashkil etish.
|
2023-yil mart
|
Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari hisobidan
|
Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi
|
7.
|
Ko‘llar tizimining turistik salohiyatini ko‘rsatuvchi targ‘ibot materiallarini xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan turistik va boshqa tadbirlarda taqdimotlar o‘tkazish.
|
1. Xorijiy mamlakatlar uchun ko‘llar tizimining turistik salohiyatini ko‘rsatuvchi targ‘ibot materiallarini tayyorlash.
2. Xorijiy mamlakatlarda o‘tadigan ko‘rgazmalarda ko‘llar tizimining turistik salohiyatini targ‘ib qilish.
|
Doimiy
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi
|
8.
|
Ko‘llar tizimi hududida 97 va 98-sonli konturlarda suvda sayr qilish va cho‘milish hududlarini barpo etish.
|
1. Cho‘milish hududi chegarasini belgilash va xavfsizlik choralarini ko‘rish.
2. Suvda suzish qurilmalarini barpo etish.
3. Cho‘milish anjomlarining ijarasini tashkil etish.
4. Cho‘milish hududi qirg‘og‘iga soyabonlar o‘rnatish.
5. Yaxna ichimliklar, muzqaymoqlar va boshqa xizmat turlarini tashkil etish.
|
2023-aprel
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan
|
Jizzax viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Turizm ?a sport vazirligi
|
9.
|
Avtotransportlar uchun avtoturargohlarni tashkil etish.
|
1. Avtotransport vositalari uchun kamida 0,2 ga maydonda avtoturargohlarni tashkil etish.
2. Avtoturargoh atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarni tashkil etish.
|
2022-yil oktyabr
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan
|
Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi
|
10.
|
Ko‘llar tizimi hududida tozalash, sanitariya, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish.
|
1. Har oyning oxirgi shanbasida sanitar tozalash tadbirlarini tashkil etish.
|
Doimiy
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Jizzax viloyati hokimligi, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
|
2. Hudud atrofida iqlimga moslashuvchi daraxt va boshqa o‘simlik turlarini ekish.
|
2022-yil mart
|
11.
|
Ko‘llar tizimi hududida infratuzilma bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
|
1. Forish tumani “Uchquloch” MFYdan Aydarko‘l ko‘ligacha bo‘lgan 10 km masofada elektr ta’minotining qo‘shimcha liniyalarini barpo etish.
2. Arnasoy tumani “Navro‘z” MFYda 1 dona qo‘shimcha transformator podstansiyasini o‘rnatish.
3. Ko‘llar tizimi hududidan tanlangan 97 va 98-sonli kontur hududlariga toza ichimlik suv quvirini olib borish.
4. Elektr jihozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan elektrenergiya manbalarini qo‘llash choralarini ko‘rish.
|
2023-yil sentyabr
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Jizzax viloyati hokimligi
|
12.
|
Xalqaro va respublika darajadagi madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish.
|
1. Havaskorlik baliq ovlash sport tadbirlarini o‘tkazish.
|
Loyiha ishga tushgandan so‘ng
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ
|
2. Baydarkada suzish musobaqalarini o‘tkazish.
|
Doimiy
|
13.
|
Ko‘llar tizimi hududida havo sharlarida ekskursiyalarni tashkil qilish, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti (“karavaning”) xizmatlari, “Baliqchilik” maktabi hamda “Zorbing-markaz” attraksionini tashkil qilish bo‘yicha loyiha taklifi�i ishlab chiqish.
|
1. Takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2021-yil sentyabr
|
Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar
|
2. Takliflar asosida belgilangan turistik-ko‘ngilochar obyektlarni tashkil qilish choralarini ko‘rish.
|
2022-yil avgust
|
14.
|
Maktab o‘quvchilari va talabalar uchun yozgi ta’til davrida ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish va sayohatlar tashkil qilish.
|
Tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
|
2022-yil sentyabrdan boshlab doimiy
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi
|
15.
|
Ko‘llar tizimining turistik salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha reklama mahsulotlari (buklet, broshyura, video) tayyorlanishini, turistik tashkilotlar va OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etilishini ta’minlash.
|
1. Ko‘llar tizimining jozibadorligi to‘g‘risida reklama va videoroliklar tayyorlash.
|
2022-yil avgust
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi
|
2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari (buklet, broshyura va boshqalar)ni tayyorlash.
3. Turizm sohasi subyektlari va OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.
|
2022-yil sentyabr
|
16.
|
Ko‘llar tizimida baliq va baliq mahsulotlarini yetishtirish, ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlarini tashkil etish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish.
|
1. Baliq va baliq mahsulotlarini yetishtiruvchi investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish.
|
2022-yil mart
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy ko‘llar direksiyasi
|
2. Ko‘llar tizimida turizmni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish.
|
2022-yil aprel
|
17.
|
Ko‘llar tizimining turizm salohiyatidan kelib chiqib, turpaketlar ishlab chiqish.
|
1. Hududning turizm salohiyatini inobatga olgan holda, turpaketlar (ma’lum vaqtga mo‘ljallangan va toifalangan narxlarda) yaratish.
2. Turpaketlarni internet tarmoqlari hamda sayohat tashkil qiluvchi korxonalarga taqdim qilish.
|
2022-yil sentyabr
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi
|
18.
|
Tashrif buyuruvchilar vaqtini samarali o‘?kazish va mahalliy aholi daromadini oshirish uchun turli xizmatlarni tashkil qilish.
|
1. Mahalliy aholini tadbirkorlikka jalb qilgan holda ovqatlanish, ko‘ngilochar, suvenir mahsulotlarini ishlab chiqishga jalb qilish.
2. Veloprokat, otda sayr qilish, baliq ovlash kabi xizmatlarni tashkil qilish.
3. Mahalliy aholi va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun xizmat sifatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish.
|
2022-yil sentyabr
|
Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari hisobidan
|
Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi
|
19.
|
Ko‘llar tizimi atrofidagi mahallalarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish.
|
1. Mahallalarda targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.
2. Tashabbuskorlar murojaatini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy ishlarda ko‘maklashish.
|
2022-yil iyul
|
-
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi
|
20.
|
Ko‘llar tizimi hududida turizm obyektlari to‘g‘risida o‘zbek, rus va ingliz tillarida ma’lumot beruvchi axborot ko‘rsatkichlarini tashkil qilish.
|
1. Axborot ko‘rsatkichlarini umumiy ko‘rinishini (dizayn) tayyorlash.
|
2022-yil sentyabr
|
Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari
|
2. Tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm obyektlari va turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi axborot ko‘rsatkichlarini o‘rnatish.
|
2023-yil mart
|
21.
|
Aydarko‘l suv havzasi qirg‘oqlari atrofida plyaj hududlarini tashkil qilish maqsadida kamida 50 ga bo‘sh yer maydonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ajratish choralarini ko‘rish.
|
1. Aydarko‘l suv havzasi atrofidagi bo‘sh turgan yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish.
2. Aydarko‘l suv havzasi atrofidagi bo‘sh turgan kamida 50 ga yer maydonida har tomonlama qulay bo‘lgan hududdan ajratish choralarini ko‘rish.
|
2021 — 2023-yillar
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari
|
Kadastr agentligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ
|
22.
|
Tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida, Aydarko‘l suv havzasida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan investitsion loyihalarning loyiha pasporti va smeta xarajatlarini ishlab chiqish.
|
1. “Aydarko‘l” suv havzasiga tashkil etiladigan investitsion loyihalar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Shakllantirilgan ro‘yxatga asosan loyiha pasporti, eskizlari hamda smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
|
2021-yil avgust
|
Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
|
Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi
|
23.
|
Aydarko‘l suv havzasidagi bo‘sh yer maydonlari hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozlar haqida doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar va OAVlar orqali keng yoritib borish.
|
1. “Aydarko‘l” suv havzasidagi bo‘sh er-maydonlari ro‘yxatini shakllantirish.
|
2021-yil avgust
|
Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
|
Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi
|
2. Suv havzalarida hamda yengil konstruksiya (kemping, o‘tovli lagerlar, koptiner)lar bilan tashkil etiladigan obyektlar uchun beriladigan subsidiya va grantlar haqida doimiy ravishda OAVlarida yoritib borish.
|
2021-yil sentyabrdan boshlab doimiy
|
24.
|
Aydarko‘l suv havzasida investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish.
|
1. Xorijiy davlatlar elchixonalariga ko‘llar tizimida tashkil etilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalarni taqdim etgan holda xorijiy investorlarni jalb qilish.
2. Mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish choralarini ko‘rish.
|
2022-yil noyabr
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan
|
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi
|
25.
|
Aydarko‘l suv havzasi qirg‘og‘i atrofida ko‘llar tizimi uchun tanlangan bo‘sh yer maydonida elektr energiyasi, iste’mol gazi hamda ichimlik suvi kabi manbalarini tashkil etish choralarini ko‘rish.
|
1. Maxsus loyiha instituti bilan birgalikda o‘rganish o‘tkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
|
2022-yil yanvar
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Suv xo‘jalik vazirligi
|
2. Elektr tarmoqlari uchun tayanch ustunlarini o‘rnatish.
|
2022-yil sentyabr
|
3. Elektr tarmoqlarini ta’mirlash.
| |
4. Mavjud transfarmatorlarni ta’mirlash va yaroqsiz holga kelib qolganlarini almashtirish.
| |
5. Elektr jihozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan elektr energiya manbalarini qo‘llash choralarini ko‘rish.
| |
6. Markazlashgan ichimlik suvi nuqtasini tashkil etish.
| |
7. Tadbirkorlik subyektlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilishini ta’minlash.
|
2023-yil iyun
|
26.
|
Aydarko‘l suv havzasiga hamda sohil bo‘yi dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, yo‘l ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatish choralarini ko‘rish.
|
1. 4R-57 Konimex-Aydarko‘l avtomobil yo‘lining 121 qismidan Aydarko‘l hududiga olib boruvchi 10 km yo‘lini ta’mirlash choralarini ko‘rish.
2. Nurota va Konimex tumanlaridan Aydarko‘l suv havzasiga olib boruvchi ichki avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shag‘al to‘kish va asfalt yotqizish.
3. Nurota va Konimex tumanlaridan Aydarko‘l suv havzasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘llarda turistik yo‘l ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatish.
|
2023-yil avgust
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Navoiy viloyati hokimligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Moliya vazirligi
|
27.
|
Aydarko‘l suv havzasi qirg‘oqlari atrofida dam olish hamda plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish choralarini ko‘rish.
|
1. Aydarko‘l suv havzasi qirg‘oqlarida plyaj turizmini rivojlantirish.
2. Aydarko‘l suv havzasi qirg‘oqlarida plyaj turizmini rivojlantirish maqsadida xorijdan suv transport vositalari (karter, suv skuter va boshqalar)ni olib kelgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
|
2023-yil iyun
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi
|
28.
|
Xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning Aydarko‘l suv havzasi hududiga tashrif sonini oshirish hamda ularga bir qancha qulaylik yaratish maqsadida Aydar-Arnasoy suv havzasining Navoiy viloyati qismidan Jizzax viloyati qismiga qadar bo‘lgan masofada kemada sayr qilish xizmatini tashkil etish hamda Aydarko‘l suv havzasi qirg‘oqlarida yangi texnologiyalarga asoslangan turli hildagi suv transportlari uchun mini portlar tashkil qilish.
|
1. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida suv marshrut reyslarini tashkil yetish maqsadida, Navoiy viloyatidan Jizzax viloyatigacha bo‘lgan masofada suv sathini aniqlash.
2. Aydarko‘l suv havzasida suv transportlaridan iborat mini portlar tashkil qilish.
3. Mazkur suv transportlarini Respublika hududiga olib kirish yuzasidan joriy qilingan imtiyozlardan keng foydalanish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish ishlarini olib borish.
|
2023-yil iyun
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Transport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Jizzax viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, tadbirkorl�k subyektlari
|
29.
|
Aydarko‘l suv havzasiga tashrif buyurgan xorijiy va mahalliy sayyohlarni uzoq muddat qolishlarini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kechki madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish.
|
1. Aydarko‘l suv havzasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda kechki madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish.
2. Havaskorlik baliq ovlash sport tadbirlarini o‘tkazish.
3. Suv sport musobaqalarini o‘tkazish.
|
2022-yil iyul
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, tadbirkorlik subyektlari
|
30.
|
Aydarko‘l suv havzasi atrofida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish va mavjudlarining holatini yaxshilash.
|
1. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini joylashtirish nuqtalari ro‘yxatini shakllantirish.
|
2021-yil dekabr
|
Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari hisobidan
|
Navoiy viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari
|
2. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga bo‘sh yer maydonlarini ajratish.
|
2022-yil mart
|
3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash.
|
2023-yil aprel
|
31.
|
Aydarko‘l suv havzasi atrofida mavjud hamda tashkil etilayotgan dam olish maskanlarining “Turistik xaritasi”ni ishlab chiqish.
|
1. Aydarko‘l suv havzasi hududidagi obyektlar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Turistik xaritaga tegishli ma’lumotlar bazasini kiritish.
3. Xaritani yaratish uchun namunaviy dizayn loyihasini ishlab chiqish va tayyorlash choralarini ko‘rish.
4. Turistik xaritani elektron shaklini mutasaddi idoralarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.
|
2022-yil may
|
Turizm sohasini ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
|
Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi
|
32.
|
Aydarko‘l suv havzasi atrofida turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida chiqindi tashlash qutilari sonini ko‘paytirish ishlarini amalga oshirish.
|
Aydarko‘l suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida uning umumiy sig‘imini inobatga olgan holda chiqindi qutilar sonini belgilash va o‘rnatishni tashkil qilish.
|
2022-yil mart
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi, Navoiy viloyati hokimligi, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi
|
33.
|
Aydarko‘l suv havzasi atrofida internet sifatini yaxshilash hamda Wi-Fi nuqtalarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish.
|
Suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida hamda qirg‘oq bo‘yi sohillarida Wi-Fi nuqtalarini ko‘paytirish hamda tezligini oshirish.
|
2022-yil iyul
|
Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi
|
34.
|
“Aydarko‘l” suv havzasining turizm salohiyatini yoritib beruvchi videorolik, turli tillardagi targ‘ibot hamda tarqatma materiallari (flayer, buklet va hokazo)ni tayyorlash.
|
“Aydarko‘l” suv havzasining turizm salohiyati hamda mazkur hududda mavjud dam olish maskanlari to‘g‘risida vediorolik, turli tillardagi targ‘ibot hamda tarqatma materiallari (flayer, buklet va hokazo)ni tayyorlash.
|
2022-yil dekabr
|
Turizm sohasini ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
|
Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi
|
35.
|
Yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tizimini qurish, mavjudlarini takomillashtirish, shuningdek yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish uchun suv gidrantlari yoki suv hovuzlarini qurish va ularni jihozlash borasidagi vazifalarni belgilash.
|
1. Hududda joriy holatni o‘rganish.
2. Tashkiliy ishlar rejasini, talab etiladigan mablag‘lar hajmini va amalga oshirish muddatlarini aniqlash.
|
2021-yil avgust
|
Ijrochi mablag‘lari hisobidan
|
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi
|
36.
|
“Aydarko‘l” suv havzasi bo‘ylab “kruiz” — suvda sayohat turlarini tashkil etish.
|
1. Xorijiy va mahalliy tajribani o‘rgangan holda kruiz xizmatlarini tashkil etish yo‘nalishlarini belgilash;
2. Tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda kemalarda sayohat tashkil etish choralarini ko‘rish;
3. Tashkil etilgan kruizlarning keng targ‘ibotini amalga oshirish;
4. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining tanishtiruv sayohatlarini tashkil etish.
|
2023 yil may
|
Tashabbuskorlar mablag‘lari
|
Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
|
37.
|
“Abu Vakkos”, “Temir Darvoza”, “Zomin” milliy tabiat bog‘i, Nurota tog‘ tizmalari, Xoji nuriddin madrasasi, “Aydarkul” ko‘li manzillarini nazarda tutuvchi turizm mahsulotlarini ishlab chiqish.
|
1. Tadbirkorlik subyektlari bilan yangi turizm mahsulotlarini ishlab chiqish;
2. Ishlab chiqilgan mahsulotlarni turizm sohasi subyektlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
3. Marshrut bo‘ylab qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishini shakllantirish;
4. Yangi marshrut bo‘ylab umumiy yo‘lovchi tashuvchi transport harakatlanishini yo‘lga qo‘yish.
|
2022 yil may
|
-
|
Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, Transport vazirligi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |