Tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Yangi zamonaviy energiya tejovchi tizim va texnologiyalarni joriy etish orqali noyob ekologik tizimni saqlab qolish


Download 0.52 Mb.
bet5/8
Sana13.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1091111
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
368 14.06.2021

4. Yangi zamonaviy energiya tejovchi tizim va texnologiyalarni joriy etish orqali noyob ekologik tizimni saqlab qolish
4.1. Tungi vaqtlarda yoritish tizimlarini takomillashtirish, ko‘chalarni yoritishning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimidan foydalanish, shuningdek, boshqa zamonaviy usul va texnologiyalarni keng joriy etish choralarini ko‘rish.
4.2. Ko‘chalar va piyoda yo‘llari orasida yashil maydonlarni yaratish, piyodalar yo‘llari bo‘ylab manzarali daraxtlar va gullar ekish.
4.3. Maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini minimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ikkilamchi moddiy resurslarini va qattiq maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta ishlash tizimini yaratish.
4.4. Energiya tejamkorligini ta’minlash uchun energiya samarador texnologiyalardan foydalanish, jumladan, bino va inshootlarda energiya tejamkor yoritish va isitish asboblarini qo‘llash hamda elektr energiyasida ishlovchi o‘ziyurar uskunalardan foydalanish.
4.5. Muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan kengroq foydalanish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investorning xarajatlarini qisman va to‘liq kompensatsiya qilish uchun mavjud mexanizmlardan foydalanish.
5. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, hududning turizm salohiyatini targ‘ib qilish
5.1. Real vaqt rejimida turizm xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi rekreatsion ko‘llar hududining rasmiy veb-saytini yaratish.
5.2. Rekreatsion ko‘llar hududi haqidagi ma’lumotlarni “Vikipediya” saytida muntazam joylashtirib borish, turistik portallar (uzbekistan.travel va boshqa sohaviy saytlar) hamda ommabop ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini yaratish.
5.3. Rekreatsion ko‘llar hududining to‘liq geografik joylashuvini uning turizm obyektlari haqidagi ma’lumotlari bilan birga “Google Maps”ga joylashtirish.
5.4. QR-kodlar tizimini turizm yo‘nalishlari bo‘ylab joylashtirish, joylashtirish vositalari, jamoat transporti hamda madaniy-ko‘ngilochar va sport tadbirlari chiptalarini onlayn band qilish va sotib olish tizimlarini joriy etish.
5.5. Rekreatsion ko‘llar hududining turizm salohiyati va mavjud turizm xizmatlarini xalqaro va respublika miqyosida faol targ‘ib qilish strategiyasini ishlab chiqish.
5.6. Rekreatsion ko‘llar hududida mahalliy va xalqaro miqyosdagi madaniy-ko‘ngilochar, sport tadbirlari, yirik forum, konferensiya va boshqa MICE tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlarini targ‘ib qilish hamda muntazam tashkil etilishini ta’minlash maqsadida alohida targ‘ibot mexanizmini joriy etish.
5.7. Hududning turizm imkoniyatlaridan va ko‘rsatiladigan xizmatlardan kelib chiqib, rekreatsion ko‘llar hududining tegishli turistlar guruhlari o‘rtasida targ‘ib qilish bo‘yicha marketing strategiyasi (targetlashtirilgan marketing)ni olib borish.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling