Tta urganch filiali stomatologiya fakulteti 362 – b guruh talabasi aminqulov o`ralning patalogik fiziologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


LEYKOZLARNING KLASSIFIKATSIYASI LEYKOZLARNING KLASSIFIKATSIYASI


Download 1.18 Mb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1579310
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
362 b

LEYKOZLARNING KLASSIFIKATSIYASI

LEYKOZLARNING KLASSIFIKATSIYASI

  • Qonning morfologiyasiga qarab quyidagilari farqlanadi:
  • a) Limfoleykoz - limfotsitar tizimining shikastlanishidan yuzaga keladigan leykoz, uning o'tkir (limfoblastli leykoz yoki limfoblastoz) va surunkali turi mavjud.

    b) Miyeloleykoz - miyeloid to ‘qimaning shikastlanishi sababli vujudga keluvchi leykoz. Bu leykozning quyidagi turlari farqlanadi:

  • miyeloleykoz - o'tkir (miyeloblastoz) va surunkali miyeloleykoz;
  • monotsitar leykoz - o'tkir (monoblastoz) va surunkali monotsitar leykoz;
  • eritrotsitar leykoz - o'tkir (eritroblastoz) va surunkali eritrotsitar leykoz (eritremiya yoki Vakez kasalligi);
  • trom botsitar leykoz - o'tkir (megakarioblastoz) va surunkali trombotsitar leykoz.

2) Kasallikning kechishiga ko`ra:

2) Kasallikning kechishiga ko`ra:

a) O`tkir leykoz

b) Surunkali leykoz

Leykozning 0‘tkir shakllari hayot uchun, ayniqsa xavfli bo'lib, tez rivojlanadi va bir-ikki oy, hatto bir necha hafta ichida o'limga olib kelishi ma’lum. O'lim sabablari: o'ta og'ir anemiya, leykoz infiltratlarining tarqalib a ’zolami shikastlashi, o'sma kaxeksiyasi va ko'pincha immun tizim ning sustlashishi natijasida ikkilam chi infektsiyalarning rivojlanishidir.

Surunkali leykozlar yengilroq kechib, bemor bir necha yil yashashi, ammo u o'tkir turiga aylanib, tezda o'limga olib kelishi mumkin. O'tkir leykoz odatda surunkali leykozga aylanmaydi. Bu leykozning boshqa kasalliklardan o'ziga xos farqidir

Surunkali miyeloleykoz va limfoleykozlarda quyidagi o'zgarishlar kuzatiladi: Surunkali miyeloleykozda qondagi leykotsitlaming aksariyatini neytrofillar tashkil qilib, bunda yadroning keskin chapga siljishi kuzatiladi. Qonda miyelotsitlar, promiyelotsitlar va hatto miyeloblastlar uchrab, tayoqchasimon yadroli neytrofillar kamayadi. Ko'pincha qonda bir vaqtning o'zida ham eozinofillar, ham bazofillarning ko'payishi (eozinofil-bazofil assotsiatsiyasi) kuzatiladi. Kasallikning boshiang'ich davrlarida anemiya bo'lmasa ham qonda onda-sonda normoblastlar uchraydi. Odatda trom botsitlar soni kam bo'ladi. Keyin anemiya (normotsitar, normoxrom anemiya) yaqqol namoyon bo'ladi, leykotsitlar soni keskin orta boshlaydi (agar leykotsitlar soni 1 mkl qonda 500000 dan ortib ketsa, ulardan hatto tromblar hosil bo'ladi, masalan, o'pka, taloq tomirlarida). Hujayralarda ishqoriy fosfataza fermenti faolliginin pasayishi kuzatiladi.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling