TTATF DAVOLASH-2 FAKULTETI 3-KURS 304-A GURUH TALABASI Latifova Xilolaning REABILITOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: TURLI SPORTCHILARNING YURAK QON TOMIR SISTEMASINING XUSUSIYATLARI “Sportchi yuragi” ning funksional xususiyati. - “Sportchi yuragi” ning funksional xususiyati.
- Sport mashg’ulotlarida harakatlarni bajarish og’irligi koproq yurakka tushadi. Mashg’ulotlarni muntazam ravishda bajarish, asta-sekin mashg’ulot hajmi va tezligini oshirish natijasida, yurakning funksional imkoniyati asta-sekin kuchaya boradi, ya’ni u katta hajmdagi va tezlikdagi harakatlarni bajarganda tananing barcha hujayra, to’qima, a’zolarini qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta’minlashga moshlashadi, yurak chiniqadi. Yurakning muskul tolalari yo’g’onlashadi, devorlari qalinlashadi, bo’shlig’i kengayadi, hajmi kattalashadi, qisqarish kuchi oshadi. Sportchi yuragining shunday xususiyatlarga ega bo’lishi “Sportchi yuragi” ning funksional xususiyati deb nomlangan.
Yurak-tomir tizmi funksional holatini anilqashda qollanadigan sinamalar. - Yurak-tomir tizmi funksional holatini anilqashda qollanadigan sinamalar.
- Buning uchun quyidagi sinamlar qo’llanadi: GSOLIFK, MARTINE-KUSHILEVSKIY, KOTOV-DESHIN, LETUNOV sinamalari.
- 1.GSOLIFK sinamasi. Bu sinama o’quvchilar va talabalarni sog’liq guruhini aniqlashda, ularni jismoniy tarbiya darsi va musobaqalarga qatnashishiga ruxsat etish uchun otkaziladi.
- Sinama quyidagi usulda bajariladi:
1.Tekshiriluvchining tinch o’tirgan holatida tomir urishi soni va arterial qon bosimi aniqlanadi (jadvalga yoziladi). Soglom odamda tinch holatda 1 minutda tomir urishi ortacha 70 marta, maksimal arterial qon bosimi 110-130 mm, minimal arterial qon bosimi 65-80 mm simob ustuniga teng boladi 2. So’ngra u tik turib, 2 qo’lini beliga qo’yib, 30 sekund davomida 60 marta yerdan 3-5 sm balandga sakraydi. - 2. So’ngra u tik turib, 2 qo’lini beliga qo’yib, 30 sekund davomida 60 marta yerdan 3-5 sm balandga sakraydi.
- 3.Sinama to’xtashi balanoq tomir urishi soni va arterial qon bosimi aniqlanadi (jadvalga yoziladi). Sog’lom va jismoniy mashgulot bilan shug’ullanuvchi oquvchi talabada quyidagi korsatgichlar aniqlanishi mumkin:
- - tomir urishi 1 minutda tinch holatda 70 marta bolgan bo’lsa, sinamadan keyin 100-130 martagacha tezlashadi;
- - maksimal arterial qon bosim tinch holatda 110-130 mm simob ustuniga teng bo’lgan bo’lsa, sinamadan keyin 130-160 mm simob ustunigacha ko’tarilishi mumkin;
- - minimal arterial qon bosim tinch holatda 65-80 mm simob ustuniga teng bo’lgan bo’lsa, sinamadan keyin 50-30 mm gacha, bazida bundan ham pastga tushishi mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |