Ttatf davolash ishi yo’nalishi


Download 102.65 Kb.
bet11/11
Sana05.01.2022
Hajmi102.65 Kb.
#225598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mikrobiologiya

Koʻkyoʻtal

  • Yoʻtal tutganda bolaning yuzi avval qizarib, keyin koʻkaradi, koʻzi yoshlanib, unga qon quyilishi mumkin, tili osilib ketadi, boʻyin tomirlari boʻrtadi. Ozroq balgʻam koʻchishi va koʻpincha qayt qilish bilan yoʻtal tutishi toʻxtaydi. Yoʻtal tutgan paytida bolani koʻtarib olish yoki oʻtirgʻizib qoʻyish lozim, ogʻizda yigʻiladigan shilliq ajralishini kamaytirish uchun boshini sal oldinga engashtirib ushlab turish kerak. Yoʻtal tutmagan paytda bola oʻzini yaxshi sezadi.

Koʻkyoʻtal

  • Bora-bora yoʻtal tutishi kamayadi, bolaning ruhi yengillashib, sogʻayish davri boshlanadi, budavr 1—3 hafta davom etadi. Bola kasallik boshlangan kunidan tortib 30 kungacha yuqumli hisoblanadi. K.ga qarshi ommaviy emlash tufayli K. ning yengilroq turi koʻproq uchraydi, bunda yoʻtal tutish davri juda yengil oʻtishi yoki yoʻtal tutmasligi ham mumkin. Emadigan va nimjon bolalarda K. ogʻirroq kechadi. K.ning ogʻir xilidan keyin koʻpincha burun qonashi, bronxit, zotiljam (aksari goʻdaklarda) kabi asoratlar kuzatiladi.

Koʻkyoʻtal

  • Oldini olish. Shu maqsadda AKDS (adsorbi rlangan kukyoʻtaldifteriyaqoqshol) vaksivasi qoʻllaniladi (bolalar 5, 6, 7 oyligida, keyin 1—2 yoshida va 6 yoshida vrach buyurganida emlanadi). Kasal boʻlmagan, lekin bemor bilan muloqotda boʻlgan bolalar maʼlum kungacha alohidalab qoʻyiladi.

Koʻkyoʻtal

  • Davosi. Kun tartibiga rioya qilish, sof havodan bahramand boʻlish, oz-ozdan, lekin dam-badam toʻyimli ovqat berib turish tavsiya etiladi. Bemorni vrach davolaydi. Ko’kyo’tal bir umrga immunitet qoldiradi.
  • Diagnostikasi: koʻp hollarda 2 stadiyada tashhis qoʻyiladi. Differential diagnoz asosan broxial astma, sil, surunkali obstruktiv oʻpka kasalliklari bilan qilinadi.

Koʻkyoʻtal

  • Davolash: kataral yoki konvulsiya davrida 2 hafta erytxromiysin yoki makrolidlar gruppasiga kiruvchi preparatlar beriladi. Koʻkyoʻtalning oldini olish uchun profilaktik emlov qilinadi. Hozirgi kunda kombinaciyalashgan emlov, yani koʻkyoʻtal, qoqshol, difteriya va poliomielitga qarshi emlov qilinadi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 102.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling