Difteriya - Difteriya tayoqchasining oʻrnashgan joyiga va koʻpayishiga qarab tomoq, burun, hiqildoq, koʻz, tashqi jinsiy aʼzolar va teri Difteriyasi kuzatiladi. Kasallikning inkubatsion davri 2—10 kun. Tomoq D.si holsizlanish va haroratning koʻtarilishi (38—39°) bilan boshlanadi.
- Tomoq ogʻrib jagʻ osti limfa tugunlari shishadi; tomoq shilliq pardasi qizaradi, murtak bezlari va yumshoq tanglay oq yoki kulrang parda bilan qoplanadi.
Difteriya - Difteriyaning toksinli shakli ham rivojlanishi mumkin, u tez avj oladi; temperatura 40° gacha koʻtariladi, yutinganda tomoq qattiq ogʻriydi, bemor qayta-qayta qusadi. Umuman darmonsizlanadi, boʻshashadi, yurak urishi tezlashadi, rangi siniqadi. Jagʻ osti limfa tugunlari sohasidagi teri osti kletchatkalari shishadi va u boʻyinga, baʼzan koʻkrak qafasiga tarqaladi.
- Tomoq shishi Difteriyaning ilk belgisi boʻlib, bunda murtak bezlari va yumshoq tanglay toʻqimalari bir-biriga deyarli jips yopishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |