Difteriya - Kasallik asosan bemordan yuqadi, u butun kasallik davomida va, hatto, sogʻayib ketganidan keyin ham bir qancha vaktgacha atrofdagilar uchun xavfli hisoblanadi. Bemor yoʻtalganda, aksirganda, soʻzlashganda Difteriya mikroblari soʻlak, shilimshiq, balgʻam tomchilari bilan havoga chiqadi. Sogʻlom odam shunday havodan nafas olganida unga kasallik yukadi. Bakteriya tashuvchi kishi ham kasallik manbai boʻlishi mumkin.
Difteriya - Difteriya tayoqchasi koʻpincha burunhalqum, tomoq va yuqori nafas yoʻllari (qiqildoq, traxeyani) zararlantiradi. Difteriya tayoqchasi shilliq pardaga oʻrnashib oladi va oʻzidan toksin (zahar) ajratadi, u qon va limfa bilan butun organizmga tarqaladi. Difteriya toksini shilliq pardani yalligʻlantirib, unda zich parda — karash hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |