Ttz-80 traktori va Keys -1200 pnevmatik ekichning ishiga eksplotatsion harajatlarni hisoblash


Tortishga (ilmoqdagi) solishtirma energetik sarflar


Download 52.51 Kb.
bet7/7
Sana02.01.2022
Hajmi52.51 Kb.
#186663
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-Amali mashg’ulotlar

Tortishga (ilmoqdagi) solishtirma energetik sarflar sarflangan Nil ilmoqdagi quvvat va Tish smena ish vaqtining sme-nada bajarilgan ish hajmiga nisbati bilan aniqlanadi (.m/ga);

il.ish= = = 104ka, (9.12)

bunda Wsm = VTish = Tish = ; ka = Ra/Bi. NilTishenergiya sarfi, kVt.soat; ka – solishtirma qarshilikning energetik xarakteristikasi (muayyan bajarilgan ishning energiya sig’imi) yoki agregatning solishtirma qarshiligi, N/m.



Energetik sarflarni kamaytirish yo’llari asosan qu-yidagilardan iborat: traktorlar va ishchi mashinalarning kons-truktsiyalarini texnik mukammallashtirish va texnik servis si-fatini yaxshilash natijasida ularning FIK ni oshirish; agre-gatning qarshilik kuchlarini (muayyan ishning energiya sig’imi-ni) kamaytirish; smena vaqtidan unumli va motorning quvva-tidan yaxshi foydalanish. Bu sohada, materiallarga ishlov berishning yangi printsiplarini ishlab chiqish natijasida solishtirma energetik sarflarni jiddiy kamaytirish mumkin.

Misol. MTZ-80 + SUPN-8 agregati bilan 1 gektar may-donga makkajo’xori ekishda bevosita ekspluatatsion xarajatlar aniqlansin. Boshlang’ich ma’lumotlar: traktorning balans narxi 2 100 000 so’m, ekkich – 1 400 000 so’m; traktorning yillik nor-mativ yuklamasi 1800 soat, ekkichniki – 70 soat; traktorning xo’-jalikda haqiqiy yilik yuklamasi 1200 soat, ekkichniki esa, 50 soat. Agregatning ish normasi 21 ga/smena (3 ga/soat); yonilg’i sarflash normasi 2,2 kg/ga ( q.-x. da bajariladigan ishlar haj-mi va yonilg’i sarflash namunaviy normalaridan olinadi); ish-larni ikkinchi klass traktorchi-mashinisti yordamchi ishchi-larsiz bajaradi.

Agregatning renovatsiya xarajatlarini (9.17) formuladan aniqlaymiz. tr – renovatsiyaga yillik ajratma koeffitsienti traktor uchun 0,1, ekkich uchun 0,125. Bu holda:



Sr = 0,1·6 300 000/(3·1200) + 0,125·4 200 000/(3·50) = 3675 so‘m/ga.

TS, JT, KT xarajatlarini (9.18) formula bo’yicha hisoblaymiz. Traktor uchun TS va JT ga ajratmalar koeffitsi-yenti 0,099, ekkich uchun esa, 0,04. Traktor uchun KT ajratmalari koeffitsienti 0,05 (ma’lumotnoma adabiyotdan olinadi).



St.s = (0,099 + 0,05) ·6 300 000/(3·1800) +

+ 0,04·4 200 000/(3·70) = 975 so‘m/ga.

Yonilg’i va moy materiallari xarajatlari (9.19) formu-ladan topidadi:

Syon.m = 2,2·1000 = 2200 so‘m/ga.

Maoshga sarflanadigan pul miqdori (9.20) formuladan hisoblanadi. Traktorchi-mashinistning kundalik tarif stav-kasi ekish ishlari uchun 7000 so‘m (malaka-tarif ma’lu-motnomasidan olinadi). Malaka klassiga 10% ustama qo’shi-ladi. Agregatning smenada haqiqiy ish unumi normativ ish unumi (21 ga/smena) ga teng. Bu holda :



Smaosh = 7000·1,1/21 = 367 so‘m/ga.

Agregat bo’yicha bevosita ekspluatatsion xarajatlar (asosiy va yordamchi materiallar xarajatisiz):



Sb = 3675 + 975 + 2200 +367 = 7217 so‘m/ga.
Download 52.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling