Tuban sporali o’simliklarning tuzilishi,ko’payishi va ahamiyati
matijada tuproqqa, atmosferaga o'tuvchi yoki yuqori o'simliklar
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
botanika-7
matijada tuproqqa, atmosferaga o'tuvchi yoki yuqori o'simliklar
o*zlashtiradigan birmuncha oddiy moddalar hosil bo’ladi. Buning natijasida organik moddalar to'liq minerallashadi va suv,karbonat angidrid, ammiak, vodorod sulfid va boshqa ko rinishdagi oddiy birikmalar hosil bo' ladi.Shu bilan birga ko'pgina bakteriyalar patogen bo'lib, odam, hayvon va o'simliklarda og'ir, yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Odamda sil, tif, vabo, zaxm va boshqa og'ir kasalliklarni keltiruvchi mikroorganizmlar eng xavfli patogen bakteriyalardir. Madaniy va yovvoyi o simliklarning ba'zi kasalliklari ham bakteriyalar hisobiga zararlanadi. G'o'zaning gommoz, karam va bodringda bakterioz,pomidorda bakteriyali rak kasalliklari va boshqalar kiradi. • Hozirgi zamon olimlarining ma lumotlariga qaraganda, zamburug'lar mustagil eukariot (yadroli) organizmlar deb tan olinmoqda.Chunki ular o simlik va hayvonlardan farq qiladi. Zamburug’larningxarakterli belgilari quyidagilardan: hujayra po'sti yaxshi ajralgan,geterotrof holdaoziqlanadigan,so'ruvchan, harakatsiz,cheksi zo'sadigan, oziq to’plovchi moddasi glikogendan iborat.Zamburug’lar qadimiy bo'lib, silur, devon davrlardagi qazilmalardan topilgan zamburug’larning barcha vakillari, hozirgi davrdagi vakillariga juda o' xshash. Tabiatda ularning 100.000 dan ortiq turi uchraydi.Zamonaviy mikologlamrnng ma'lumotlariga qaraganda, zamburug' lar urvoqlilardan kelib chiqqan (rangsiz xivchinlilar). Zamburug' lar yig’ilgan guruh bo'lib, har xil taksonda paydo bo'lgan organizmlarni birlashtiradi.Ularni uchta bo'limga ajratish mumkin: haqiqiy zamburug’lar,oomitsetlar va lishayniklar. O'simliklar sistematikasida lishaynikla rsuvo'tlardan so’ng qo'yilgan, lekin hozirgi ma'lumotlarga qaraganda,o'simliklar qatoriga emas, ulari zamburug'lar qatoriga qo'shish maqsadga muvofiq, deb ta'kidlanmokda. Shuning uchun darslikda lishayniklar zamburug’lardan so'ng yoritiladi.Haqiqiy zamburug’lar beshta sinfga bo'linadi:1. Xitridomitsetlar (arxiomitsitlar) - Chytridomycetes (Archimycetes).Mitselliysi umuman yo'q yoki u murtak holatida bo lgan zamburug’lar;bu zamburug’larning eng qadimgi va primitiv sinfi hisoblanadi.2. Zigomitsetlar (fikomitsetlar) - Zygomycetes (Phycomycetes). Bu sinf vakillari hujayrasiz tuzilishli mitselliyga ega bo'lib, uning gifalari vegetativ holatida to’siqlari bo'Imaydi.3. Askomitsetlar - Ascomycetes yoki xaltachali zamburug’lar, ko’p hujayrali mitselliyga ega. Sporalari o’ziga xos xaltachalar (askalar)da rivojlanganligi uchun zamburug’larga shunday nom berilgan.4. Bazidiomitsetlar - Basidiomycetes. Bu sinf vakillarida ham ko’p hujayrali mitselliysi bor, sporalari tashqarida maxsus organlarda bazidiyalarda rivojlanadi.5. Takomillashmagan zamburug’lar - Fungi imperfecti. Ushbu sinf zamburug’lari ham ko’p hujayrali mitselliyga ega, jinssiz usulda rivojlanib, jinssiy ko’payishi noma’lum."Zamburug’larning tanasi asosan mayda mikroskopik tuzilishda, lekin ularning tanasi 1, 5 m gacha boradigan virik turlari uchraydi.Zamburug ‘ar tanasi mitseliy deyilib, ular ip shaklida shoxlanadigan gifalar vig'indisidan iborat. Ular asosan ustki tanasi orqali oziq moddalarni so'rib oladi. Ba 'zi zamburug 'lar tanasining bir qismi boshqa tirik tanaga kirib joylashib, undan oziqlanib parazit holda yashaydi.Zamburug’lar tanasining ayrim qismlari havoda bo'lib, ko'payishga xizmat qiladi. Tuban tuzilgan zamburug’larning hujayrasi bo' linmay, bir butun hujayrani tashkil qiladi va unda ko’p yadrolar mavjud. Murakkab tuzilgan zamburug’larning gifalari bo'lingan, ko'p hujayrali bo' lib, bitta yoki bir nechta yadroga ega.Ayrim gifalar juda zich birlashib sklerotsiylari hosil qiladi, ular soxta to’qima - plektenximadan iborat.Sklerotsiy hujayralari oziq moddalarga boy, shuning uchun qishda nobud bo'lmay saqlanib qoladi.Tuban tuzilgan zamburug’larning hujayra po'sti sellulozadan, yuksak zamburug’larniki esa hasharot xitiniga o’xshash azotli moddalardan tuzilgan. Zamburug’lar tanasining umri har xil bo' lib, bir necha haftadan (mog’or) to bir necha yilgacha (qo’zigorinlar) yashaydi.Zamburug’lar yuqorida qayd qilinganidek, parazit va saprofit oziglanib hayot kechiradi. Ular moddalar almashinuvi jarayonida turli oziq moddalarni oz bo' lsa ham polisaxaridlardan glikogen, sporalarida yog’lar, oqsillarni to’playdi.Zamburug’larning ko'payish yo'llari ham juda xilma- xildir. Bu hol ularning har xil ekologik sharoitda yashashga moslanishidan kelib chiqqan. Ular vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'llarda ko’payadi. Vegetativ, jinssiz ko'payish ustun turib, lekin jinsiy ko'payish suv zamburug’laridagina saqlanib qolgan. Zamburug’lar- Mycophyta (Fungi) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling