Tuberkulyozning turli shakllari va o'pka surunkali nospetsifik kasalliklarida yo'tal xarakteri. O'pka tuberkulyozi va o'pkaning surunkali nospetsifik kasalliklarining qiyosiy tashxisi


Download 180.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/24
Sana18.06.2023
Hajmi180.98 Kb.
#1570915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
8 - Nazariy materiallar

qolishi mumkin. 
Nafaqat yosh bolalarda, balki kattalarda ham uzoq muddat yo'talishning 
sababi ko'kyo'tal bo'lib hisoblanishi mumkin. Taxminiy diagnoz klinik 
ko'rinishi bo'yicha ko'yiladi, lekin u serologik testlar yordamida tasdiqlanishi 
kerak. Bronxial astmada yo'talning sababi bo'lib yallig'lanish va 
bronxospazm hisoblanadi. Klinik manzarasiga- hansirash, hushtaksimon 
nafas, yo'tal, bo'g'ilish xuruji xos (ammo yo'tal baъzan bronxial astmaning 
yagona simptomi bo'lib hisoblanadi). 
Nafas yo'llarining infilьtratsiyasi o'pka rakida, kartsinoidda, sarkoidozda, 
tuberkulyozda kuzatiladi. Nihoyat, doimiy kuchli yo'talning sababi
kattalashgan limfa tugunlari, ko'ks oralig'i o'smalari yoki aorta anevrizmasi 
bilan traxeya va bronxlarning ezilishi bo'lishi mumkin. 
Yo'talning sababi bo'lib o'pkaning parenximatoz kasalliklari: gistiotsitozX, 
zotiljam, o'pka abstsessi bo'lishi mumkin. 
Yo'tal ko'pincha yurak etishmovchiligida kuzatiladi (yaъni o'pkaning 
interstitsial va peribronxial shishi oqibatida). 


Undan tashqari dori preparatlarining nojo'ya taъsirlari oqibatida ham 
kuzatilishi mumkin. Masalan, APF ingibitorlari bilan davolash paytida
ko'pincha davolashning 1- haftasida, ayrimlarda kechroq bir necha oydan 
so'ng 5-20% bemorlarda yo'tal kelib chiqadi. Uning kelib chiqish mexanizmi 
oxirigacha aniqlanmagan. Ehtimol, u bradikinin va R moddasini parchalovchi 
APF blokadasi oqibatida ularning miqdori oshib ketishi tufayli kelib chiqadi. 
Yo'tal maъlum bir kasallikning maxsus belgisi hisoblanmaydi, lekin uning 
simptomi sifatidagi ahamiyati uning xususiyatlari va xarakterini, xususan 
uning kuchi, doimiyligi yo davriyligi, tembri va balandligi, og'riqliligi, 

Download 180.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling