Tuberkulyozning turli shakllari va o'pka surunkali nospetsifik kasalliklarida yo'tal xarakteri. O'pka tuberkulyozi va o'pkaning surunkali nospetsifik kasalliklarining qiyosiy tashxisi


bilan xarakterlanadi; ko'pincha yo'tal xurujlari qaytarilishi (repriz) va


Download 180.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana18.06.2023
Hajmi180.98 Kb.
#1570915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
8 - Nazariy materiallar

bilan xarakterlanadi; ko'pincha yo'tal xurujlari qaytarilishi (repriz) va 
qusish bilan kuzatilishi mumkin. Bunday yo'tal ko'kyo'tal uchun xos. 
Quruq yo'tal (taъsirlanishdan keyingi Y., foydasiz Y.) traxeyaning 
ekspirator stenozi, plevra jaroxatlanishi, ko'ks oralig'i, bronxlar atrofidagi 
patologik jarayonlar (ko'pincha yallig'lanishsiz), bronxlarning o'sma, 
kattalashgan limfa tugunlari, aorta anevrizmasi bilan ezilishlari, nafas 
yo'llariga yot jismlarning tushishida kuzatiladi. U ko'pincha og'ir bo'ladi, 
bemorlar qiynaladi. Quruq yo'tal deb odatda o'tkir laringit, traxeit, bronxit, 
pnevmoniya boshida kuzatiladigan yo'talga va bronxial astma xurujining
ekvivalentiga ham aytiladi. Ammo bu kasalliklarda ko'pincha kam balg'amli 
yo'tal hakida gap ketadi. 


Balg'amli yo'tal bronxial shilliqning gipersekretsiyasi, nafas yo'llarida 
ekssudat hosil bo'lishi bilan (bronxit, pnevmoniyada) yoki ularga suyuqlik 
tushishi (m-n, o'pkadagi parazitar kista yorilganida) bilan kuzatiluvchi 
kasaliklarda uchraydm.. Ko'p miqdordagi balg'am bronxlar bilan aloqada 
bo'luvchi bo'shliqlar bo'lganda kuzatiladi, bu bo'shliqlarda sekretsiya
ekssudatsiya, to'qima parchalari to'planadi (bronxoektaz, abstsess). Balg'amli 
yo'tal bronxlarda qo'zg'atuvchi modda (shilliq, yiring) to'planganda ham 
kuzatiladi va yo'talib bo'lgandan so'ng to'xtaydi. 
Yuqori nafas yo'llarining surunkali yallig'lanishli kasalliklarida, ayniqsa 
chekuvchilarda yo'tal ko'pincha ertalab kuzatiladi (yaъni kechkurun nafas 
yo'llarida to'planib qolgan balg'amni chiqarib tashlanadi). Kechki paytdagi 
yo'tal ko'pincha adashgan nerv tonusining fiziologik kuchayishi oqibatida 

Download 180.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling